Bo’g’imoyoqlilarning qancha turi bor? 1,5 mln.
Bo’g’imoyoqlilar qanday sinflarga bo’linadi?Qisqichbaqasimonlar,o’rgimchaksimonlar,hasharotlar sinflariga.
kolorado qo’ng’izi tuxumini qayerga qo’yadi?Barg ostiga.
Kolorado qo’ng’izining g’umbagi qayerda rivojlanadi?Tuproqda.
Parazit va kasallik tarqatuvchi hasharotlar?Burga,bit,oddiy chivin bezgak chivini.
Burganing rivojlanish ketma-ketligi?Qurt,g’umbak,voyaga yetgan davr.
Bitning rivojlanish ketma-ketligini ayting?Sirka,voyaga yetgan davr.
Tuban tuzilgan xo’rdali hayvon?Lansetnik..
Lansetnik qayerlarda keng tarqalgan?Tropik mo’tadil iqlimli dengizlarda,asosan qora dengizda.
Lansetnikka ta’rif bering?Tanasi och pushtu rangli shaffof,tanasining uzunligi 4-8 sm bo’lib, 2 yoni yassi, oldingi va keyingi tomoni biroz ingichkalashgan,teri burmalari bilan qoplangan,dum suzgichi esa qo’sh tig’li jarrohlik asbobi lansetga o’xshaydi.
Lansetnik hayotining ko’p qismini qayerda o’tkazadi?Gengiz tubida qumga ko’milgan holda.
Qumdan lansetnikning faqat qaysi tomoni chiqib turadi?Og’iz tomoni.
Og’iz teshigi atrofida necha juft paypaslagichlar bilan o’ralgan?10 – 20 juft.
Lansetnik tanasining orqa tomoni bo’ylab o’tgan pishiq o’q nima deyiladi?Xorda..
Xo’rda qanday hujayradan tashkil topgan va uning vazifasi?Tig’iz joylashgan maxsus hujayralardan,ichki organlarga tayanch va tanani egiluvchan qilib turadi.
Lansetnikning xo’rdasi qancha vaqt saqlanadi?Butun hayot davomida.
Lansetnik qanday tipga kiradi?Bosh skeletsiz xo’rdalilar.
Bosh skeletsiz xo’rdalilar kenja tipiga kirishiga sabab nima?Bosh miya va bosh skelet bo’lmasligi.
Lansetnikning muskullarini ayting?Tananing ikki yon tomoni bo’ylab, uzun tasmasimon shaklda joylashgan.
Lansetnik qanday harakatlanadi?Juda oddiy, tanasini u yoki bu yonga burib suzib yuradi, yoki qumni yorib kiradi.
Lansetnimning og’iz teshigi qayerda joylashgan?Maxsus chuqurchada – og’iz oldi voronkasida joylashgan bo’lib, paypaslagichlar bilan o’ralgan.
Ovqat hazm qilishda paypaslagichlarning vazifasi qanday?Og’iz bo’shlig’iga suvni haydash.
Mayda planktonlar suv oqimi bilan og’iz orqali o’tib, qayerda ushlanib qoladi?Halqum devorlarida.
Oziq halqumdan qayerga tushib hazm bo’ladi?Ichakka.
Oziq bilan kirgan suv qaysi organ orqali chiqarib yuboriladi?Jabra teshiklari.
Lansetnikning qaysi organlari yordamida nafas oladi?Jabralar.
Lansetnikning jabralari qayerda joylashgan?Halqumning ikki yonida.
Jabra teshiklarini tashqi tomondan qoplab turadigan teri burmalari nimani hosil qiladi?Jabraoldi bo’shligini.
Teri burmalarining vazifasi?Jabralarga qum kirishidan saqlaydi.
Lansetnik qon aylanish sistemasi qanday?Yopiq.
Qon aylanish sistemasi qanday tomirlardan iborat?Qorin orqa tomirlari,kapillar qon tomirlaridan,
CO2 bilan to’yingan qon qaysi qon tomir orqali jabra kapillarlariga oqadi?Qorin aortasi.
Kislorod bilan to’yingan qon qaysi qon tomir orqali harakatlanadi?Orqa aorta.
Orqa aorta tomirlaridan qaysi qon tomir orqali to’qimalar qon bilan ta’minlanadi?Kapillar.
Tomirlarda qon qanday jarayon hisobiga oqadi?Yirik tomirlar devorlarining qisqarishi.
Lansetnikning qaysi organi halqali chuvalchanglarnikiga o’xshaydi?Ayirish sistemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |