Butli o’rgimchakning qaysi bo’limining hamma bo’g’imlari qo’shilib ketgan?Qorin bo’limining.
Butli o’rgimchak deb nomlanishiga sabab?Qornining orqa tomonida butsimon, oqish dog’i bo’lganligi uchun.
Butli o’rgimchakda nechta o’rgimchak so’gallari mavjud?3 juft.
Butli o’rgimchakning 3 juft o’rgimchak so’gallari qayerida joylashgan?Qorin bo’limining keyingi uchida.
Butli o’rgimchakning bezlarining yo’llari qayerga ochiladi?3 juft o’rgimchak so’gallariga.
Butli o’rgimchakning bezlaridan ajralib chiqayotgan suyuqlik qanday xususiyatga ega?Havoda qotish va ipga aylanish.
Butli o’rgimchak qaysi organlari yordamida 1ta yaxlit ip hosil qiladi?Taroqqa oxshash, tirnoqlari yordamida.
Butli o’rgimchaklarning hosil qilgan iplaridan qaysi jinsli o’rgimchak tutqich to’r toqiydi?Urg’ochisi.
Butli o’rgimchak tutqich to’rining shakli qanday va qayerlarda uchraydi?G’ildirak shaklda bo’lib,butalar va baland bo’yli o’tlar orasida tik tortilgan.
Butli o’rgimchak qanday ov qiladi?Tutqich to’r yasab, markazidan tortilgan ipdan keluvchi signal orqali o’ljasini sezadi.
Butli o’rgimchakning ovqat hazm qilish sistemasi qayerdan boshlanib qayerda tugaydi?Tashqaridan boshlanib, ichakda tugaydi.
Butli o’rgimchak qaysi hasharotlar bilan oziqlanadi?Pashsha, kapalak va boshqa mayda hasharotlar bilan.
Butli o’rgimchak o’ljasini qanday o’ldiradi?Ustki jag’larning o’tkir tirnoqlari bilan zaharlab.
Butli o’rgimchak zahari tarkibida qanday suyuqlik bo’ladi?Hazm suyuqligi.
Butli o’rgimchakning ozig’i nima ta’sirida parchalanib suyuq holatga keladi?Hazm suyuqligi.
Butli o’rgimchak o’ljasidan nima qoladi?Xitin po’sti.
Butli o’rgimchakning zahari qanday organizmlarga ta’sir qilmaydi?Odam va umurtqali hayvonlarga.
Butli o’rgimchakning daryo qisqichbaqasiga o’xshashligi?Qon aylanish,nerv,ayirish sistemasi.
Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlarining yurish oyoqlariga o’xshashligi?Bo’g’imli bo’lishi.
Butli o’rgimchaklarning nechta o’pkasi bor?1 juft.
Butli o’rgimchakning o’pka haltalari nimalardan tashkil topgan?Ko’plab varaqsimon o’simtalardan.
Butli o’rgimchaklarning qoni qaysi organlarda harakatlanadi?O’pkadagi varaqsimon o’simtalarda.
O’rgimchaaklarning ingichka naysimon nafas olish organlari?Ikki tutam traxeyalar.
Orgimchaklarning traxeyasi nima bilan bog’langan?Atmosfra havosi bilan.
Butli o’rgimchakning erkagi va ug’ochisini farqi?Urg’ochisi erkagiga nisbatan yirikroq bo’ladi.
O’rgimchak tuxumlarini qayerga qo’yadi?Toshlar va daraxt po’stlog’i ostiga.
O’rgimchaklar tuxumlarini nima ichiga qo’yadi?Pilla.
Yosh o’rgimchaklar qachon tuxumdan chiqadi?Bahorda.
O’rgimchaksimonlar ichida zaharlilari?Biy va qoraqurt.
Qoraqurt qayerlarda uchraydi?O’rta Osiyo,Kavkaz,Qrimning dasht va cho’llarida.
Qoraqurt erkagi va urg’ochisining farqi?Urg’ochi qoraqurtning qorni ustida qizg’ish dog’lari bo’ladi.
Qaysi o’rgimchaksimon tuproqdagi chuqurlar ustiga, toshlar ostiga tutqich to’r to’qiydi?Qoraqurt.
Qoraqurt nimalar bilan oziqlanadi?Chigirtka, qo’ng’iz,qandala va boshqa hasharotlar bilan.
Qoraqurt zahari qaysi hayvonlarga juda kuchli ta’sir etadi?Tuya va otlarga.
Eng yirik o’rgimchak va uning uzunligi?Biy, 3 -4 sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |