Tufelkada hazm bo’lmagan qoldiq moddalar nima orqali tashqariga chiqadi? Tanasining keyingi tomonidagi teshikcha orqali.
Tufelka nima orqali nafas oladi? Suvda erigan kislorod yutib CO2 chiqaradi.
Tufelkaning qisqacharuvchi vakuolasi nechta va uning vazifasi nima? 2 ta, keraksiz modda va suvni tashqariga chiqarish.
Tufelkaning ko’payishini tushuntiring?2 ga bo’linib.
Tufelkada nechta yadro bo’ladi?Katta va kichik yadro.
Tufelkaning katta yadrosining shakli qanday?Loviyasimon.
Tufelkaning kichik yadrosining shakli qanday?Dumaloq.
Tufelka hujayrasi qobig’ining ostida nima joylashgan?Kuydiruvchi tayoqchasimon tana.
Tufelkaning otiluvchi hujayrasining vazifasi nima?O’zini himoya qilish.
Tufelkaga nima ta’sir ettirilganda kuydiruvchi hujayralari otilib chiqib halok bo’ladi?Sirka kislota.
Odam, chochqa va boshqa sutemizuvchilar yo’g’on ichagida parazitlik qiladigan infuzoriya?Balantidiy.
Tufelkaning tanasidagi oldingi va keyingi qisqaruvchi vakuollar har necha minutda galm-gal qisqarib turadi?20 -25 min.
Sporalilar qancha mikroskopik hayvonlarni o’z ichiga oladi? 4 ming
Sporalilarning qaysi organi bo’lmaydi?Harakatlanish, hazm qilish va ayirish.
Bezgak paraziti odamga nima yuqtiradi?Bezgak chivini.
Bezgak paraziti qayerda parazitlik qiladi?Qon hujayralarida.
Bezgak paraziti qayerda tez ko’payadi?Qizil qon tanachalarida.
Bezgak paraziti bilan kasallangan odamda qachon tana harorati ko’tarilib bezgak huruji tutadi?Qon hujayralarini yemirib, qon plazmasiga chiqqanda.
Bir hujayralilarning qancha turi bor?40 000.
Tut ipak qurti va asalarida parazitlik qiladigan sporali sodda hayvon?Nozema.
Bir hujayralilar nimadan kelib chiqqan?Yashil xivchinlilardan.
Bo’shliqichlilar qanday tuzilgan organizmlar hisoblanadi?Tanasi 2 qavat bo’lib joylashgan hujayralardan iborat soda tuzilgan ko’p hujayrali organizmlardir.
Bo’shliqichlilarning tana bo’shlig’i nima vazifani bajaradi?Ichak vazifasini.
Bo’shliqichlilar tipi qanday sinflarga bo’lingan?Gidraoid poliplar,ssifoid meduzalar, korall poliplar.
Chuchuk suv gidrasi qaysi sinfga kiradi?Gidroid poliplar sinfiga.
Gidra qayerlarda hayot kechiradi?Tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida va akvariumlarda.
Gidraning uzunligi va tana tuzilishi qanday? 5 – 7 mm, silindrsimon shaklda.
Gidra tanasining ostki tomoni nima deb ataladi?Tovon.
Gidraning ostki tomoniga qarama-qarshi tomonida qanday organlar joylashgan?Paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz teshigi.
Gidra qaysi organi bilan suv ostidagi narsalarga yopishib turadi?Tovoni.
Polip deb nimaga aytiladi?Suv tubidagi narsalarga yopishib hayot kechiradigan bo’shliqichlilarga.
Gidraning tanasi qanday simmetriyali?Radial ya’ni nurli simmetriyali.
Gidraning tana devori necha qavat hujayradan tashkil topgan va ular qaysilar?2 qavat, tashqi-ektoderma, ichki-endoderma.
Gidraning tashqi va ichki qavatlari nima bilan ajralgan?Yupqa parda.
Gidaraning tana devori nimani o’rab turadi?Ichki tana bo’shliqini.
Tashqi qavat asosan qanday hujayralardan tahkil topgan?Teri-muskul, otuvchi, nerv, oraliq hujayralardan.
Do'stlaringiz bilan baham: |