Meduzalar qanday hayvon?Yirtqich.
Meduzalar qaysi hayvonlar bilan oziqlanadi?Qisqichbaqasimonlar, baliq chavoqlari, chuvalchanglar va boshqa mayda suv hayvonlari bilan.
Meduzalar qanday oziqlanadi?O’ljasini otuvchi tolalari yordamida falajlab, og’iz atrofidagi paypaslagichlari yordamida.
Qutb meduzasi qayerlarda uchraydi?Shimoliy dengizlarda.
Ildizog’iz meduzasi qayerlarda uchraydi?Qora dengizlarda.
Qaysi meduzalar odam uchun havfli?Qutb meduzasi va ildizog’iz meduzasi.
Aureliya meduzasining 2-nomi?Dengiz likopchasi.
Qaysi meduza odam uchun zararsiz?Aureliya meduzasi.
Meduzalarning zararli tomoni?Baliq chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha zarar yetkazadi.
Bo’shliqichlilarning eng qadimgi hayvon ekanligini qanday belgilar ko’rsatadi?Tanasidagi hujayralarning kuchsiz ixtisoslashganligi va kuchli regeneratsiya qilish xususiyati bilan.
Gidrasimonlar qanday organizmlardan kelib chiqqan, gidrasimonlardanchi-?Qadimgi koloniya bo’lib yashovchi bir hujayralilardan, girasimonlardan esa korall poliplar va meduzalar kelib chiqqan.
Bo’shliqichlilarning bir hujayrali xivchinlilarda kelib chiqishini isbotlovchi dalil?Tanasida oziqni qamrab olib hazm qiladigan hujayralarning bo’lishi.
Bo’shliqichlilar qanday tuzilgan organizmlar va qanday organlari rivojlanmagan?Tuban tuzilgan ko’p hujayralilar, to’qima va organlari.
Yassi chuvalchanglar qanday tuzilgan organizimlar?Tanasi ikki yonlama simmetriyali ko`p hujayrali organizimlar.
Yassi chuvalchanglar tanasida qanday organlar rivojlangan?Hazim qilish,ayirish,sezgi,jinsiy organlar.
Yassi chuvalchanglar tipi qanday sinflarni o`z ichiga oladi?Ular kiprikli,so`rg`ichli va tasmasimon chuvalchanglar sinflarini.
Kiprikli chuvalchanglar tanasi qanday shaklda bo`ladi va nimalar b-n qoplangan? Tanasi bargsimon shaklda bo`lib, mayda kiprikchalar b-n qoplangan.
Kiprikli chuvalchanglar qayrlarda erkin yashaydi? Dengiz va chuchuk suvlarda
Kiprikli chuvalchanglarning tipik vakili qaysi hayvon?Oq planarya.
Oq planariya qayerlarda yashaydi?Daryo va ko`llarning tubida yashaydi.
Oq planariya o`zbekistonda qayerlarda uchraydi?Ayrim kichikroq soylarning tubidagi tosh,barg va cho`plar ostida.
Oq planariyaning uzunligi va rangi qanday bo`ladi?2 -3 sm,oqish yoki kulrang.
Oq planariyaning tanasining biroz kengaygan oldingi tomonida qanday organlar joylashgan?Ikkita srzgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi ko`zlar joylashgan.
Oq planariyaning tanasining keying tomoni qanday shaklda toraygan va uchi qanday bo`ladi?Konissimon va to`mtoq.
Tana sirti necha qavat va qanday hujayradan tashkil topgan?Bir qavat kiprikli epiteliy hujayralardan.
Planariya kipriklari yordamida qanday harakat qiladi?Sekin sirpanib, bazan suv yuzasiga ko`tarilib suzadi.
Oq planariya qanday simmetriyali hayvon?Ikki tamonlama simmetriyali.
Planaryaning og`iz teshigi qayerda joylashgan?Qorin tomonida.
Og`iz nima b-n tutashgan ? Qisqa halqum.
Uch shoxli ichak qayerdan boshlanadi?Qisqa halqumdan.
Ichaklar qanday yo`nalgan?Ulardan biri tananing oldingi tamoniga,ikkitasi tananing keyingi tomoniga yo`nalgan.
Oq planariyaning hazim qilish sistemasini tartib b-n sanang?Og`iz teshigi –halqum-shoxlangan ichak.
Planariyaning hazim qilish sistemasidagi qaysi organlari bo`lmaydi?Orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |