Momiq mo‘yna xom ashyosining sinflani reja


Download 136.24 Kb.
bet3/6
Sana11.01.2023
Hajmi136.24 Kb.
#1088936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MO‘YNA XOM ASHYOSINING TAVSIFI

Mo‘ynabop qo‘y terilarining charm to‘qimasi tavsifi. Mo‘ynabop qo‘y terilarining charm to‘qimasi bo‘sh, kollagen tolalari halqasimon joylashgan. G‘uddali qavat derma umumiy qalinligining taxminan 58 % ni tashkil etadi. Soch ildizlarining yo‘nalishi junning bir jinslilik darajasi va ingichkaligiga bog‘liq; jun qancha dag‘al bo‘lsa, soch ildizlarining qiyaligi shuncha katta bo‘ladi. Soch piyozchalarining har xil chuqurlikda o‘rnashishi dermaning g‘uddali va to‘rli qavatlari orasida etarlicha mustahkam bog‘lanishni ta’minlaydi.

Jun qoplamining tavsifi


Mo‘ynabop qo‘y terilari sifatini baholashda jun qoplamining sifati muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu terilardan buyumlar, jun qoplamini tashqariga qaratib tayyorlanadi (telpak, yoqa, palto). Mo‘ynabop qo‘y terilariga qo‘yiladigan talablar charm to‘qimasiga emas, balki ko‘proq jun qoplamining sifatiga tegishli. Mo‘ynabop qo‘y terilarining jun qoplami mayin, tig‘iz va juda buralgan momiq sochlardan tashkil topgan. Jun qoplami bir jinsli, ingichkaligi va qalinrok bo‘lishi lozim. Agar jun qoplami o‘zaro zich birikkan tolalardan tashkil topgan bo‘lsa, yopiq yonog‘i, kuchsiz birikkan tolalardan tashkil topgan bo‘lsa – ochiq yonogi deyiladi.
Junning zich joylashganligi (tig‘izligi) qo‘y terilarining sifatiga bevosita bog‘liq: jun qanchalik mayin bo‘lsa, u shuncha tig‘iz bo‘ladi va mo‘ynabop qo‘y terisining sifati ham shuncha oshadi. Har xil topografik qismlarda jun tig‘izligi har xil.
Qo‘y terilarining jun qoplamida ahamiyatli miqdorda yog‘ moddalari saqlanadi. Masalan, mayin junli va duragay qo‘y terilarining tozalanmagan yonog‘ida faqat 30 % atrofida toza jun, qolganlarini esa, yog‘li kislotalarning suvda eruvchan tuzlari (30 % atrofida) tashkil etadi. Ko‘p miqdorda yog‘ning borligi va sochning ifloslanganligi mo‘ynabop qo‘y terilarini ishlov berishda yog‘sizlantirish va jun qavatini pardozlash (sochni tekislash) jarayonlariga alohida e’tibor berishi talab etadi.
Junda navalning bo‘lishi, yog‘langanlik va sarg‘ishlik (oq rangli qo‘y terilari) yarim mahsulot sifatini juda pasaytiradi va qo‘shimcha ishlov berish zaruratini keltirib chiqaradi. Jun qoplamining tabiiy rangi ishlab chiqarish partiyalarini yig‘ishda e’tiborga olinadi. Toza va oq junli qo‘y terilarini har xil rangga bo‘yash mumkin. Jun qoplami pigmentatsiyali qo‘y terilari och ranglarga bo‘yab bo‘lmaydi.
Nisbatan bir jinsli jun mayin junli qo‘y terilardan olingan terilarda bo‘ladi. Ammo ularda ham kam miqdorda bo‘lsada qalinroq yoki ingichkarok tolalar mavjud. Har xil topografik qismlarda junning ingichkaligi har xil bo‘ladi: yon tomonlari, kurak va orqa qismida mayinroq, son qismida – esa dag‘alrok. Qo‘chqorlarning juni sovliqlarga nisbatan dag‘alroq. Jun ingichkaligining yana bir belgisi uning buralganligi hisoblanadi: jun qancha dag‘al bo‘lsa, shuncha kam buralgan bo‘ladi. Mayin junli qo‘y terilarining tolalari yaqqol ifodalangan yarim aylana shaklga ega . Juni bir tekisligi bilan, ya’ni tolalarning yo‘g‘onligi va uzun qisqaligiga ko‘ra bir xillik, bir biriga o‘xshashligi darajasi bilan ajralib turadi.
Junning tig‘izligi, ingichkaligi va har xil tipdagi tolalarning nisbati mo‘ynabop qo‘y terilari jun qoplamining qayishqoqlik kabi belgilarini aniqlaydi. Jun qoplamining qashishqoqligi me’yorida bo‘lgan terilarda xavo qatlamlari yaxshi saqlanadi, o‘z navbatida issiqlikni himoya qiluvchi xossalari ham oshadi.
Mo‘ynabop qo‘y terilarining sifati junning charm to‘qimasi bilan bog‘lanish mustahkamligiga, cho‘ziluvchanlik, mustahkamlik, qashishqoqlik, elastiklik va jun tolalarining yaltiroqligiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 136.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling