Monetar siyosat va uning davlat moliyasini samarali boshqarishdagi ro‘li


-rasm. Markaziy bankning pul-kredit ko‘rsatkichlari.3


Download 182.76 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi182.76 Kb.
#1037513
1   2   3   4
Bog'liq
KS maqola

1-rasm. Markaziy bankning pul-kredit ko‘rsatkichlari.3
Markaziy Bank mutaxassislarini fikricha, davlat ulushiga ega banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirishni muvaffaqiyatli yakunlash kelgusi yillarda davlat budjetidan banklar kapitaliga pul kiritish zaruratini keskin kamaytiradi. Bank tizimining bozor munosabatlari asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi, banklar kapitalini xorijiy investitsiyalar va xususiy investorlar mablag‘lari hisobidan oshirib borish va shu orqali iqtisodiyotda pul oqimlarining samarali taqsimlanishi natijasida istiqbolli loyihalarni kreditlash ko‘lamining kengayishiga sharoit yaratiladi.
Kelgusi yillarda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi 2022 yildan bosqichma-bosqich fiskal konsolidatsiya boshlanishini taqozo qiladi va fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023-2024 yillarda 2,0-3,0 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda4. Yuqorida keltirilgan omillar va tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish darajasidan kelib chiqib inflyasiya sur’atlarining 2022 yilda 8-9 foizga tashkil etishi, 2023-2024 yillarda esa 5 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Makroiqtisodiy rivojlanishning muqobil ssenariysi shartlari sifatida jahonda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning keskinligicha qolishi sababli tashqi sharoitlarning noqulay shakllanishi va iqtisodiy faollikni pasayishi kabi ehtimollar asos qilib olingan. Ushbu ssenariy bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2022 yilda 3-4 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Vaziyatning normal fazaga o‘tishi bilan 2023 yildan iqtisodiy faollik va yalpi talabning tiklanishi kuzatilib, 2023 yilda 4,8-5,8 foizni va 2024 yilda 5,5-6,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Bunda, ichki iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun 2022 yilda ham fiskal rag‘batlantirishlar davom ettiriladi va umumiy fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 4-5 foiz atrofida bo‘lishini taqozo etishi mumkin. 5Fiskal konsolidatsiya 2023 yildan boshlanib, fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023 yilda 3-4 foizgacha, 2024 yilda esa 2,0-2,5 foizgacha pasayishi baholanmoqda. Makroiqtisodiy rivojlanish shartlari muqobil ssenariy bo‘yicha shakllangan holatda tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi kelgusi davrlarga kechiktiriladi. Natijada, ushbu ssenariy shartlari ro‘y bergan sharoitda umumiy inflyasiya darajasi 2022 yilda 7,5-8,5 foizni tashkil etishi va 2023 yilda esa 5,6-6,6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Xulosa
Qаyd etish lоzimki, monetary siyosаtni аmаlgа оshirish yondаshuvlаrining qаytа ko‘rib chiqilishi dаvridа shаkllаnаyotgаn yangi vоqеliklаrdа pul-krеdit sоhаsidаgi o’zgаrishlаrning аhоli vа tаdbirkоrlik subyеktlаri tоmоnidаn to‘g’ri qаbul qilinishi vа qo’llаb-quvvаtlаnishi muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.

Download 182.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling