Monetarizm va neoliberalizm evolyutsiyasi. Nomukammal bozor taʻlimotlari


Download 18.11 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi18.11 Kb.
#1732654
Bog'liq
Monetarizm va neoliberalizm evolyutsiyasi. Nomukammal bozor taʻlimotlari


Monetarizm va neoliberalizm evolyutsiyasi. Nomukammal bozor taʻlimotlari
2. Monetarizm (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-asr ning 50-yillarida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va boshqa asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni afzal koʻradilar. M. iqtisodiyot nazariyasidagi neoliberalizm oqimiga kiradi, taʼminlash va iktisodiy oʻsish mexanizmini yaratish muammolari bilan shugʻullanadi va bu mexanizmda asosiy eʼti-borni pulga qaratadi.
3. M.ga koʻra, iqtisodiy jarayonlarda, xoʻjalik yuritishda muomaladagi pul miqdori va pul massasi bilan tovar massasi oʻrtasidagi aloqalar belgilovchi oʻrinda turadi. Monetaristlar pul emissiyasini tartibga solish, milliy pul birligining valyuta kursi, kredit foizi, soliq stavkalari va boj tariflarini iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatishning asosiy usullari deb biladilar. Fiskal siyosat oʻrniga faol pul-kredit siyosatini qoʻllash taklif etiladi. 1963-yil Fridmen tomonidan"AQShning 1867—1960-yillarda pul tarixi" kitobi (Anna Shvars bilan hammualliflikda) bosilib chikdi. Bu kitobda M. konsepsiyasi uzining ishonchli tasdigʻini topdi. Mazkur kitobda AQShdagi Buyuk depressiyaning asosiy sababchisi Markaziy bank ekanligi kursatilgan. Monetar konsepsiya AQSH amaliyotida yaxshi natija berdi. M. gʻoyalari 20-asrning 80-yillaridan Gʻarb mamlakatlarida davlat iqtisodiy si-yosatiga singdirildi, uning tavsiyalari amaliyotga joriy qilindi. AQShda "reygonomika" (AQSH prezidenti R. Reygan nomi bilan bogʻliq) siyosati shu tavsiyalar asosida ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Natijada AQSH iqtisodiyoti 70-yillarda yuz bergan tanglikdan chiqib rivojlanish yulga utdi.
4. Neoliberalizm (inglizcha „neoliberalism“) — liberalizmning bir turi bo‘lib, siyosiy va iqtisodiy falsafaning 1930-yillarda vujudga kelgan va 1980-90 yillarda mafkura sifatida shakllangan yo‘nalishidir[1].
5. Terminning o‘zi birinchi marta 1938-yilda Valter Lippmanning Parij kollokviumida ishlatilgan. Terminning mualliflari fransuz iqtisodchisi Bernar Lavern va uning nemis hamkasbi Aleksandr Ryustou hisoblanadi.
6. Neoliberalizm paydo bo‘lganidan so‘ng, avvalo, davlatning iqtisodiy jarayonlardagi roliga munosabat o‘zgardi[2]. Neoliberallar o‘z vazifalari qatoriga erkin tadbirkorlikni faol himoya qilishni ham kiritadi. Davlat monopoliyaga qarshi qonunchilikni o‘rnatdi, kichik biznesni qo‘llab-quvvatladi, mulkdorlar sonini kengaytirdi, iqtisodiy rivojlanishning yagona strategiyasini ishlab chiqdi, mulkchilik shakllarining plyuralizmini va fuqarolarni ijtimoiy himoya qildi. Bundan tashqari, rahbarlar va hokimiyatdagilarning siyosiy rollarini qatʼiy taqsimlash siyosatning muhim vazifasi sifatida barcha siyosiy kuchlarning kelishuvi bilan almashtiriladi. Liberalizm Gʻarb demokratlarining mafkuraviy asosiga aylandi.
7. Neoliberalizm klassik liberalizmdan farqli boʻlib, davlatning iqtisodga aralashuvi va uni tartibga solishini to‘liq inkor etmaydi, ammo o‘z funksiyasida faqat raqobat tamoyillari va erkin bozor qonunlarini o‘rnatish vazifasini qoldiradi. Bunda erkin bozor va cheklanmagan raqobatni asosiy vosita deb biladi. Neoliberalizmda taraqqiyotni taʼminlash va ijtimoiy adolatga erishish mumkin bo‘lgan barcha narsa yalpi ichki mahsulot bilan o‘lchanadigan iqtisodiy o‘sishga asoslangan.
8. Manbalar
9. Oldingi boblarda ko‘plab raqobatdosh korxonalar va bitta Monopoliya korxonasiga ega bozorlarni o‘rgandik. Mukammal raqobatdosh bozorlarga narx doim mahsulotning chegaraviy harajatiga teng. Shuningdek, ko‘rdikki, uzoq muddatda kirish va chiqish iqtisodiy foydani nolga tenglashtiradi. Shundan kelib chiqib narx umumiy xarajatiga tenglashadi. Biz Monopolistik korxonalar qanday qilib narxlarni chekli harajatdan yuqori ushlab turishi va bu pozitiv musbat iqtisodiy foydaga olib keladi va jamiyatda yo‘qotishlarga olib keladi. Mukammal va Monopolistik raqobat bozor tuzilmasining eng ohirgi shakllaridir. Raqobat bozorda ko‘plab korxonalar deyarli bir hil mahsulotlarni taklif qilayotganda yuzaga keladi. Monopoliya esa bozorda faqat bitta firma bo‘lsa paydo bo‘ladi
Mukammal raqobat va monopoliya bozorlar holatlari qanday ishlashi haqida bir necha kerakli fikrlarni tasvirlasada, iqtisoddagi ko‘plab bozorlar ikkala holat elementlariga ham ega. Shunga ko‘ra, har biri ham to‘la tasvirlanmagan. Tipik firma iqtisodiyot raqobatga yuz tutadi, biroq raqobat korxonani narx oluvchiga aylantiradigandek qattiq qo‘l emas. Tipik korxona shuningdek, ma’lum darajada bozor kuchiga ega, lekin uning bozor kuchi Monopoliya modelida aniq ko‘rsatilgan korxona kabi unchalik qudratli emas. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab tarmoqlar mukammal raqobatning markaziy holati va monopoliya o‘rtasida turadi. Iqtisodchilar bu hodisani nomukammal raqobat deb atashadi.
Nomukammal raqobatli bozorning bir turi bu Oligopoliya, unda bozor faqat bir necha sotuvchilarga ega va har biri boshqa sotuvchilardan unchalik farq qilmaydigan yoki o‘xshash mahsulotlarni taklif qiladi. Iqtisodchilar bozor hukmronligini statistik ataladigan konsentrasiya koeffitsientiga ega korxonalarning kichik guruhlari orqali o‘lchashadi.
Download 18.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling