XULOSA - Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so'zlovchidan alohida bir munosabatni va mas'uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda ta'kidlab o'tilganidek, umumiy bo'lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so'zlanadigan nutqning qolipi — rejasi bo'lishi. Qayerda va qanday vaziyatda so'zlanishidan qat'i na-zar, har bir nutq ma'lum reja asosida bo'lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, nutq so'zlashdan ma'lum maqsad bo'lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta'sir o'tkazish, ta'sir o'tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o'zini tutishning ham ta'sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |