Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda aqsh va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi Toshkent 2013


Download 0.65 Mb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1582084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iq

1.4. Antimonopol siyosat


Biz ko’rib o’tganimizdek monopoliya sof raqobat bozoriga solishtirganda resurslarni to’g’ri taqsimlay olmaydi. Monopoliya talab qilinayotgan miqdordan kam mahsulot ishlab chiqaradi va buni natijasida uning bozor narxi mahsulot ishlab chiqarish narxidan oshib ketadi. Siyosatchilar monopoliyaga qarshi 4 xil usulda javob beradilar:

  1. Monopol sanoatni raqobatbardosh qilish

  2. Monopoliya xatti-harakatini nazorat qilish va boshqarish

  3. Xususiy monopoliyalarni davlat tassarufiga o’tkazish

  4. Hech qanday chora ko’ramaslik

Agar Coca-Cola va Pepsi qo’shilishni xohlasa bu albatta federal davlat tomonidan amalga oshishidan oldin ko’rib chiqiladi. Adliya boshqarmasi bu ikki firma birlashuvi mamlakatdagi ichimliklar sanoatida raqobatni kamaytirishi yoki aksincha ekanligi tekshiriladi, sababi bu mamlakat iqtisodiy holatini yomonlashtirishi mumkin.Agar shunday bo’lsa Adliya boshqarmasi bu birlashish ishini sudga topshiradi, agar sudya rozi bo’lsa, birlashishga ruxsat etilmaydi.Bunga misol sifatida 1994-yilda Microsoft kompaniyasining Intuitni sotib olishini oldini oldi. Antimonopol qonunlar savdo qoidasi bo’lgan erkin va to’siqlarsiz raqobatni ta’minlab beradigan mukammal nizomdir. Antimonopol qonunlar davlatga raqobatni oshirish va takomillashtirishga ko’p imkon yaratadi. Ular davlatga firmalar birlashuvini oldini olishga, yirik kompaniyalarni bo’lib yuborish yoki bozorda firmalar o’rtasida raqobatni kuchsizlanishiga olib keladigan faoliyatni aniqlashga yordam beradi.Antimonopol qonunlarning ijobiy tomonlaridan tashqari salbiy jihatlari ham mavjud. Ayrim hollarda kompaniyalar raqobatni kamaytirish uchun emas, balki birgalikda ishlashning samaraliroq yo’li natijasida narxlarning nisbatan arzonlashishiga erishishi ham mumkin. Bunday foydali birlashish turi sinergiya(synergy) deb nomlanadi. Masalan, AQSH banklarini misol qilib oladigan bo’lsak ularda olib boriladigan operatsiyalarni birlashtirilishi natijasida boshqaruv ishchilar sonini kamaytirishga erishilgan.Agarda antimonopol qonunlar ijtimoiy farovonliknita’minlashga qaratilgan bo’lsa, davlat qaysi firmalar birlashishi maqbul ekanligini muhokama qilishi zarur.Davlat bu birlashishdan keladigan ijtimoiy manfaat yoki kuchsizlantirilgan raqobat natijasida yetkaziladigan zararni solishtira olishi darkor.

  • Boshqarish

Davlatning monopoliya muommosiga qarshi qo’llaydigan yana bir usuli bu monopolist xatti-harakatini nazorat qilishdir.Bu nazorat turi ko’proq tabiiy monopoliya, ya’ni suv yoki elektr kompaniyalari bilan bog’liq.Bu kompaniya turlari o’z mahsulotiga xohlagan narxini o’rnata olmaydilar, ularning narxini davlat agentliklari nazorat ostiga oladilar.Davlat bu kabi monopoliyalar mahsulotiga qanday narx o’rnatadi?Bir ko’rinishda oson bo’lib ko’ringan bu savol javob topish u qadar oson emas.Bunga narx me’yoriy xarajatlarga teng bo’lganda erishish mumkin deb xulosa chiqarish mumkin. Agar narx MC ( me’yoriy xarajatlar) ga teng bo’lgan holatda iste’molchilar mahsulotdan TS (total surplus) ni maksimallashtiradigan darajada sotib oladilar va resurslarni oqilona taqsimlanishiga olib keladi. Lekin narxni MC(me’yoriy daromad) ga nisbatan belgilaganda 2 ta amaliy muommo tug’iladi. Bulardan biri quyidagi grafikda ifodalangan. Tabiiy monopoliyalarda bilamizki ATC (o’rtacha xarajatalar) kamayib borish tartibida bo’lib, yana shuni ham bilamizki agar ATC kamayib borsa MC undan kam bo’ladi. Agar boshqaruvchilar MCga teng bo’lgan narx o’rnatishsa, demak narx ATCdan kam bo’ladi va firma zarar ko’radi. Bunday narx o’rnatishdan ko’ra firma bozorni tark etadi. Bu muommoga boshqaruvchilar turlicha yondashadilar,masalan subsidiya berish orqali, ya’ni davlat MC-P (me’yorit xarajat-narx) siyosati natijasida yetkazilgan ziyonni qoplashni o’z zimmasiga oladi va bu albatta soliq orqali amalga oshiriladi. Yoki bo’lmasa boshqaruvchi narxni MC dan yuqoriroq o’rnatishi ham mumkin va bunday hollarda agar o’rnatilgan narx ATC ga teng bo’lsa firma o’ziga hech qanday foyda qilmaydi, ammo bu ham ijtimoiy zarar (davlatga) bo’lib xizmat qilishi mumkin.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling