Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda aqsh va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi Toshkent 2013


Yevropa Ittifoqi va AQSH antimonopol siyosati va antimonopol qonunchilik tizimining qiyosiy tahlili


Download 0.65 Mb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1582084
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
iq

2.3. Yevropa Ittifoqi va AQSH antimonopol siyosati va antimonopol qonunchilik tizimining qiyosiy tahlili


Yevroittifoqning monopoliyaga qarshi qonuning bir qator dolzarb yo’nalishlari bilan AQSh qonunchiligidan farq qiladi. Birinchidan, AQSh qonuni katta trestlarning tahmin qilingan qonunbuzarligiga qarshi aks ta’sir sifatida ishlab chiqilgan bo’lsa, Komissiyaga bu borada mahalliy bozordagi iqtisodiy integratsiyalashuv va savdo daromadlariga xususiy biznes va milliy sanoat siyosati tomonidan to’siqlar qo’yilmasligini kafolatlaydigan siyosat ustidan nazorat qilish huquqi topshirildi.
Masalan, a’zo mamlakatlar tarifli va notarifli to’siqlarni olib tashlaganligi tufayli xususiy firmalar ichki savdo aylanmasida kartellar va vertikal kelishuvlar orqali bozorlarni geografik bo’lib tashlaydigan to’siqlarni vujudga keltirgan bo’lishlari yoki mahalliy hukumatlar savdo muhofazasini sudsidiyalar bilan almashtirgan bo’lishlari mumkin. 3-modda Ittifoq faoliyati quyidagilarni o’z ichiga olishini belgilab beradi:
(a) A’zo mamlakatlar bojxona bojlarini, mahsulotlar importi va eksporti hajmi bo’yicha miqdoriy cheklovlarni va boshqa shu kabi teng ta’sir kuchiga ega chora-tadbirlarni bekor qilishi;
(g) mahalliy bozorda sog’lom raqobatni ta’minlaydigan tizimni joriy etish;
Ikkinchidan, AQShda Sherman Qonuni amal qilgan paytda firmalarning hajmiga birlamchi masala sifatida qaralar edi, Rim Shartnomasi imzolangan dastlabki yillarda esa firmalarning hajmiga birlamchi masala sifatida qaralmas edi. Yevropa sanoati ko’p qismlarga bo’lingan edi (masalan, Italiya, Germaniya va Fransiyada bir emas, bir nechta yetakchi avtomobil ishlabchiqaruvchilari mavjud edi), va aynan shuning uchun ham siyosatchilar chegaraviy savdo siyosatisiz Yevropa firmalari Yevropada AQShning transmilliy korporatsiyalari (TMK) bilan raqobat qilish uchun yetarlicha hajmga ega bo’lmasligidan xavfsirashar edilar.
Uchinchidan, Rim Shartnomasi 3(g)-moddada belgilab berilgan maqsad Yevropa Ittifoqining sanoat siyosati va boshqa iqtisodiy va ijtimoiy siyosatlar orqali muvozanatga solishni talab etadi. Ushbu muvozanatni shakllantirishda Yevropa Ittifoqi mutasaddilari a’zo mamlakatlarning raqobat siyosati an’analaridagi, hukumatning bozorlarga aralashuvi darajasidagi va qonunlarning hududdan tashqaridagi ijrosidagi xilma-xillikka duch kelishdi. Har bir a’zo mamlakatga alohida to’htalib o’tiladigan bo’lsa, ularning ba’zilari AQShga o’xshab ketishini, boshqalari esa butunlay farq qilishini ko’rish mumkin.
To’rtinchidan, to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatish doktrinasiga binoan YeIning raqobat qonunchiligi unga a’zo mamlakatlarning sud tizimida o’z kuchiga ega va Komissiya esa ushbu sudlarda va mahalliy raqobat tashkilotlarida qonun amaliyotini desentralizatsiya qilishga harakat qilmoqda4. Komissiya qonunbuzarlikni nazorat qilish bo’yicha hududiy organlariga ega emas; bu borada Komissiya shikoyatlar va mahalliy monopoliyaga qarshi kurash agentliklarining faoliyatiga tayanishga majbur. Bundan tashqari, Xususiy hatti-harakatlar Yevropa Sudining birinchi instansiyasida ko’rib chiqilmaydi, bunday hatti-harakatlar a’zo mamlakat sudlarida YeI yoki a’zo mamlakat qonunchiligiga asoslangan tarzda ko’rib chiqilishi lozim. Yevropa Komissiyasi va sudlari mos bozorlarni aniqlashda tor chegaralardan foydalanishga harakat qilishadi5, va ular bozorlarda monopoliya o’rnatish maqsadida o’zlarining AQShlik hamkasblaridan6 ko’ra pastroq bozor ulushi standartlaridan foydalanishadi.
Yevropa Komissiyasi monopoliyaga qarshi kurash qonuni talablari ustidan nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish bo’yicha AQSh Adliya Vazirligi va FTCdan ko’ra ancha ustun turadi, chunki, xususiy hatti harakatlar cheklangan va fuqarolik huquqi esa xulosalarga ko’p hollarda ishonchsizlik bildiradi. AQSh tizimidan farqli o’laroq agar xususiy shaxslar Komissiya shikoyatidan norozi bo’lsalar odatda ular sudda huquqini himoya qilish uchun bir xil vositalarga ega bo’lmaydilar. Jebsen va Stevens tahlil qilgan fuqarolik qonunchiligiga asosan: “bizning YeI raqobati yurisprudensiyasi ustidan olib brogan tahlilimiz shunday xulosaga olib keldi…maxsus, oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan qonun. Umumiy qonunning faxri sanalgan aniqlik aslida har doim ham mavjud bo’lavermaydi.”7 Bundan tashqari, AQShda firmalar asosan ishlagan firmasi bilan hamkorlik qilish borasida yoki hamkorlikni rad etish borasida erkinlikka ega, faqatgina ular potensial raqobatchilarini yoki raqobatchilarini rad etmsalar bas. YeIda monopoliya shaklidagi firmalar bozor talablarini qondirishda katta majburiyatlarga egalar. AQShda qonunan monopoliyani qo’lga kiritgan firmalar ta’nimotda cheklovlar qo’yishi va narxlarni ko’tarishi mumkin, ammo YeI bunday hatti-harakatlarga yo’l qo’yilmaydi8.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling