Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda aqsh va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi Toshkent 2013


Manba: N. Grigory Mankiw “ Principles of Microeconomics”


Download 0.65 Mb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1582084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
iq

Manba: N. Grigory Mankiw “ Principles of Microeconomics”

  • Jamoa mulkchiligi

Davlatning monopoliyaga qarshi ko’radigan choralaridan yana biri jamoa mulkchiligiga o’tkazishdir. Tabiiy monopoliya sifatida faoliyat yuritadigan xususiy firmani nazorat qilgandan ko’ra davlat uni o’z tassarufiga olgan holda boshqarishi yengilroq.Bu kabi ko’rinishlar ko’pgina Yevropa mamlakatlarida kuzatilishini ko’rish mumkin, ya’ni u yerda davlat suv, elektrik, elefon tarmoqlarida monopol hokimiyatga ega bo’lib olgan.Lekin iqtisodchilar ko’proq xususiy firmalarning tabiiy monopoliya maqomini olishi yoqlaydilar.Asosiy sabablaridan biri bu boshqaruv bo’limi ishlab chiqarish xarajatlarini qay yo’sinda olib borayotganiga bog’liq.Masalan, xususiy firmalar iloji boricha ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirishga intiladilar, sababi yuqori foydani shu yo’sinda qo’lga kiritadi.Agar firma menejerlari o’z ishiga ma’suliyatsizlik bilan yondashayotgan bo’lsalar, firma ularni ishdan haydaydi. Lekin buni davlat tassarufidagi firmalarga nisbatan qo’llasak, menejerlarning bu yo’sinda faoliyat yuritib, xarajatlarni ko’paytirishi iste’molchilar va soliq to’lovchilar bu yerda ziyon ko’radilar.

  • Hech qanday chora ko’rmaslik2

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarning har biri ijobiy jihatlarga ega bo’lishi bilan birga salbiy tomonlari ham mavjud.Shu sababli ayrim iqtisodchilar davlatning monopol narx o’rnatilishiga aralashishini qoralab chiqishadi.



II Bob. Monopoliyaga qarshi kurashishda AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlarining (Germaniya, Fransiya) tajribasi va uni o’ziga xos ko’rinishlari

2.1. Yevropa Ittofoqi (Germaniya, Fransiya misolida)


Germaniyada tarmoqqa oid siyosatni amalga oshirishda Iqtisodiyot vazirligi faoliyat olib boradi ( butun boshqaruvni o’z qo’lida jamlaydi), kartellar bo’yicha Federal organ (aniq vazifalarni amalga oshiradi), Antimonopol komitet (ekspertlar komiteti bo’lib, antimonopol siyosat olib borishda tavsiyalar beradi).
Bu yerda nazorat quyidagi holatlarda olib boriladi: 1.korxona aktivlarini to’liq egallanishi oqibatida; 2. firma aksiyasining 25, 50 va undan ortiq foiz aksiyalarini sotib olishi natijasida; 3. firmaga boshqa firmalar ustidan hukmonlik qilish imtiyozini beruvchi har qanday kelishuv; 4. Agar firma boshqa bir korxona aksiyalarining kamida 25% iga egalik qilsa va bu sotib olayotgan firma tomonidan korxonaning raqobatbardoshlik jihatlariga ziyon yetkazsa.Germaniya antimonopol qonunchiligi boshqa bir korxonalardan xolding yoki kooperativ tuzish ishlarini ko’rib chiqadi (firma-onasi va firma-qizi ko’rinishlarini muvofiqlashtirgan holda). Bunda firmani quyidagi baholash mezonlari qo’llaniladi, hukmronlik holatining yuzaga kelishi yoki kuchayishi. Hukmronlik mavqeiga ega bo’lgan firmalar o’zida quyidagi holatlarda bozordagi ahvolni namoyon qiladi:
agar firmaning raqobatchilari yoki kuchli raqobatchisi yo’q bo’lsa;
agar firma o’zining boshqa raqobatchilariga nisbatan bozorda ko’proq ulushga ega bo’lsa;
firmani o’z hukmronlik mavqeidan kelib chiqqan holda analiz qilish quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
bozor ulushini;
iqtisodiy ko’rsatkichlarni (foyda, daromad, xarajat);
boshqa korxonalar bilan munosabatini;
bozorga kirish to’siqlarini;
o’rinbosar tovarlarning bo’lish darajasini;
boshqa yetkazib beruvchilarga nisbatan mijozlarning munosabati.
Firmaning bozorda hukmronlik qilish darajasini quyidagilar belgilab beradi:
1) firma bozorning 1/3 qismini:
2) 3 ta firma uchun bozorning 50% ini
3) 5 ta firma uchun bozorning 2/3 qismini egallagan bo’lsa.
Germaniyada raqobatni cheklashga qarshi qaratilgan Qonunchiligi hamda firmalar birlashishi ishi bo’yicha mezonda birlashuvlar amalga oshishiga yo’l qo’yilmaydi, qachonki u hukmronlik holatini vujudga keltirsa yoki kuchaytirsa.Federal kartel xizmati firmalar birlashuvi tahlilini amalga oshirayotganida barcha kriteriyalarni kompleks baholashni amalga oshirishga mas’ul, shunday ekan Germaniya qonunchilik tizimi shunday postulatga amal qiladiki, unga ko’ra garchi firmalar birlashuvi samaradorlikka imkoniyat tug’dirgan taqdirda ham, raqobat o’zining boshqaruvshilik va nazoratchilik vazifasini yo’qotadi, agar bu samaradorlik narx shakllanishi yoki hukmron firma kuchayishi orqali amalga oshsa. Mos ravishda samaradorlik raqobatga aloqasi bo’lmagan so’roq tarzida qaraladi. Germaniyaning raqobat qonuni agar hatti –harakatlar nemis bozoriga o’z ta’sirini o’tkazadigan bo’lsa, Germaniyadan tashqarida sodir bo’ladigan harakatlarga ham qo’llanaveradi. Masalan, agar hattoki chet el firmasi Germaniyada mahsulot ishlab chiqarmasa ham uni sotmasa ham, nemis firmasi va chet el firmasi o’rtasidagi qo’shiluv bekor qilinishi mumkin.3
Fransiyaning antimonopol siyosati o’ziga xos xususiyatlarga ega. Fransiyada urushdan keying davrda davlat siyosati asosida har bir tarmoqda 1 yoki 2 ta yirik korxona (hukmron korxonalar) tuzish nazarda tutildi va ularning maqsadi kichik va o’rta korxonalarni himoya qilishdan iborat edi. Qonuniy agentliklar ushbu tuzilgan korxonalarni qo’llab quvvatlash, masalan bankrotlik holatlaridan chiqishida yordam berish uchun tuzilgan. 80-yillarda milliy liderlarga (hukmron firmalarga) alohida bozor sektorlarida ekspert rolini olib boradi va bu ularga bozorning alohida bir sohasida raqobotbardosh bo’lish imkoniyatini berdi. 90-yillar “nish” siyosati sifatida ta’riflanadi: davlatning alohida tarmoqlarga vertikal oqim ishlab chiqarishini ta’minlash maqsadida Hukumat siyosati firmalar birlashishini taqdirlashga, ilmiy izlanishlarni va ixtirolarni mukofotlash, eksport uchun ishlab chiqarish. Davlat investitsiyalarni, ishchi kuchi tayyorlashni, xususiy firma mahsulotlarini sotib olish iqtisodiy ta’minlaydi.Antimonopol siyosat u qadar ahamiyatga ega emas. Quyidagi holatlarda antimonopol qonunchilik tizimi buzilgan hisoblanadi: kollektiv holda savdo jarayonlarini chegaralaganda, hukmronlik holatini suiste’mol qilganda, chakana narx darajasini nazorat qilganda, iste’molchilar diskriminatiyasi amalga oshirilganda.

Antimonopol boshqarishni Fransiyada iqtisod ishlari bo’yicha ministr raqobat ishlari bo’yicha kengash (16 a’zodan iborat bo’lib, 6 yil muddatga saylanadi) bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Kengash – hukumat organi organi bo’lib, ministrga hisobot beradi va sud organlari bilan ishlaydi. Kengash huzurida doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi. Ishlab chiqarishning markazlashuvi muommosi va mahsulot sotilishi mos tarmoqdagi boshqaruvchilarni diqqat e’tiborini tortadi. Bundan tashqari mamlakatda iste’molchilar huquqini himoya qiladigan Milliy kengash ham faoliyat yuritadi.
Hukumat har qanday yangi qonun proyekti bo’yicha Kengash bilan maslahatlashishga majbur. Kengash muhokama jarayoni erkin tarzda bo’lib va chiqarilgan qarorga ministr veto qo’llay olmaydi.
Oxirgi yillarda monopoliya ustidan nazorat o’rnatish butun Yevropa darajasiga ko’tarilgan. Yevropa Ittifoqida moponopoliyaga qarshi huquqiy boshqaruv rivojlanishi hech bo’lmaganda 2 xil usulda olib boriladi: milliy va yuqori darajadagi milliy va ularga asoslangan holda aniq ,lo’nda qonuniy , konvension choralar ko’riladi. Hozirgi kunda Yevropa Ittufoqiga 27 davlat kiritilib, ularning har biri o’zining alohida mustaqil antimonopol boshqaruv usuliga ega.






Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling