Monopol raqobat va bozor samaradorligi Reja Raqоbatlashgan mоnоpоl bоzоri. Raqobatlashgan bozor muvozanati


Download 267.04 Kb.
bet5/8
Sana09.02.2023
Hajmi267.04 Kb.
#1179612
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5411208959560264359

Kurno modeli. Ikki raqobatlashuvchi firma o’rtasidagi munosabatlarni duopoliya sharoitida 1938 yil birinchi bo’lib o’rgangan fransuz iqtisodchisi O.Kurno hisoblanadi. Bu munosabatni o’rganishda quyidagilar faraz qilinadi: ikkala firma ham bir xil tovar ishlab chiqaradi va bu tovarlarga bo’lgan bozor talabi chizig’i ularga ma’lum. Ikkala firma ham bir vaqtning o’zida mustaqil ravishda tovar ishlab chiqarish bo’yicha qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish bo’yicha qaror qabul qilinganda, har bir firma shuni bilish kerakki, uning raqobatchisi ham ishlab chiqarish bo’yicha qaror qabul qiladi va mahsulotning pirovard narxi ikkala firma tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmiga bog’liq bo’ladi. Kurno modelida har bir firma mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha qaror qabul qilganda, raqobatchi firma tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini o’zgarmas deb qaraydi. Kurno modelini misolda ko’rib chiqamiz (4-rasm).
Faraz qilaylik, ikkinchi firma mahsulot ishlab chiqarmaydi. U holda birinchi firmaning talab chizig’i (birinchi firma mahsulotiga talab) bozor talab chizig’i bilan ustma-ust tushadi. 4-rasmda bu chiziq . Faraz qilaylik, birinchi firmaning chekli xarajatlari o’zgarmas. Birinchi firmaning talab chizig’iga mos keladigan chekli daromad chizig’i ham rasmda keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, birinchi firmaning foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish xajmi 60 birlikka teng ( bilan chiziqlari kesishgan nuqta ).
4-rasm. Birinchi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini
ikkinchi firmaning ishlab chiqarish hajmiga ko’ra optimallashtirish grafigi.


Agar birinchi firma, ikkinchi firma 60 birlik mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsa, u holda birinchi firmaning talab chizig’i 60 birlik chapga siljigan bozor chizig’i sifatida keladi. Rasmda bu talab chizig’i bilan ifodalangan, bu talab chizig’iga mos chekli daromad chizig’i bo’ladi. Bunday holda birinchi firmaning foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi 30 birlikga teng (bu nuqta va chiziqlari kesishgan nuqta). Agar birinchi firma ikkinchi firma 90 birlik mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsa, birinchi firmaning yangi talab chizig’i oldingisiga nisbatan chapga 30 birlik siljiydi. Bu chiziq rasmda . Endi birinchi firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi 15 birlikka teng. ( bo’lgan nuqta). Va nihoyat, birinchi firma ikkinchi firmani 20 birlik mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsin. U holda birinchi firmaning talab va chekli daromad chiziqlari vertikal ordinata o’qini kesib o’tadi (bu rasmda keltirilmagan) va birinchi firma umuman mahsulot ishlab chiqarmaydi. Agar biz birinchi firmaning maxsulot ishlab chiqarishini ikkinchi firmaning ishlab chiqarishdan bog’liq holda qanday o’zgarishni grafikda (12.5-rasm) ko’radigan bo’lsak, birinchi firmaning ikkinchi firma ishlab chiqarishdan bog’liq ishlab chiqarish chizig’ini olamiz, ya’ni bunday bog’liqlikni funktsiya ko’rinishida ifodalashimiz mumkin.





Download 267.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling