Monopoliya, uning turlari va ijtimoiy oqibatlari


boshqaruv idoralari, ayrim mansabdor shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga tatbiq etiladi


Download 21.83 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi21.83 Kb.
#1492289
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biznes huquqi fanidan

boshqaruv idoralari, ayrim mansabdor shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga tatbiq etiladi.

  • 2. Yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining hududidan tashqarida sodir etayotgan xatti-harakatlar yoki tuzayotgan bitimlar respublika bozorida rakobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘layotgan hollarda ham ushbu Qonun qo‘llaniladi.
  • Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

    • Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish, raqobat muhitini izchil rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar korxonalari faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlarini faollashtirish maqsadida:
    • 1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilinsin.
    • 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hamda faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
    • monopoliyaga qarshi samarali siyosatni amalga oshirish, monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risidagi va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
    • respublikada raqobat muhitini rivojlantirish, tovarlar (xizmatlar, ishlar) bozorlarida, birinchi navbatda ichki iste’mol bozorida va reklama sohasida noinsof raqobatga chek qo‘yish, mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun huquqiy maydonni yanada takomillashtirish, jamoat tuzilmalari bilan chambarchas muvofiqlashtirilgan holda iste’molchilarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
    • iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati va raqobatbardoshligini chuqur tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tarkibiy o‘zgartirish va ularning bankrotligi sohasidagi funksiyalarni amalga oshirish, tarkibiy o‘zgartirish, sanatsiya va bankrotlik masalalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlarini ifodalash.

    • Download 21.83 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling