Monopoliya, uning turlari va ijtimoiy oqibatlari


Download 1.03 Mb.
bet4/4
Sana28.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1236728
1   2   3   4
Bog'liq
MONOPOLIYA VA RAQOBAT ASOSLARI

Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat ishlab chiqarishni boshqarishning ichki tashkillashtirish tizimini takomillashtirish, texnik qayta jihozlashga ta’sir ko‘rsatadi, ishlab chiqaruvchilarning fan va texnika yutuqlarini kuzatib borish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishini taqozo etadi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda raqobat va umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga doir samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari S.G‘afforov ta’kidladi.

  • Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat ishlab chiqarishni boshqarishning ichki tashkillashtirish tizimini takomillashtirish, texnik qayta jihozlashga ta’sir ko‘rsatadi, ishlab chiqaruvchilarning fan va texnika yutuqlarini kuzatib borish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishini taqozo etadi. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda raqobat va umuman iqtisodiyotni rivojlantirishga doir samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari S.G‘afforov ta’kidladi.
  • Yangi qo‘mita faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, monopoliyaga qarshi tartibga solish ishlari samaradorligini oshirish va real raqobat muhitini shakllantirish, fond bozori, ayniqsa, ikkilamchi fond bozorini jadal rivojlantirish hamda korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirishdan iborat.

Tabiiy monopoliya – bu tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs) ayni paytda tabiiy monopoliyaning subyektidir.

  • Tabiiy monopoliya – bu tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs) ayni paytda tabiiy monopoliyaning subyektidir.
  • Qonunga muvofiq tabiiy monopoliya subyektlarining faoliyati neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish, temir yo‘llar infratuzilmasidan foydalanish, umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari, suv quvurlari va kanalizatsiya xizmati, aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmatlari, transport terminallari xizmatlari kabi sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling