Monopoliyaga qarshi kurashish
Download 21.75 Kb.
|
Monopoliyaga qarshi kurashish
Monopoliyaga qarshi kurashish — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2019-yilda unga bir qator vazifalarni berilishi bilan tashkil etilgan. Qanday maqsad hamda vazifalar belgilab olindi va nimalar amalga oshirildi? — Ha, zamonaviy formatdagi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2019 yilda tashkil etildi. Bu "Yangi O‘zbekiston" da tuzilgan monopoliyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi yagona vakolatli davlat organi hisoblanadi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, 1996 yilda mamlakatimiz Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etilgan va bu yil Qo‘mitamiz o‘zining chorak asrlik faoliyatini nishonlamoqda. O‘tgan 25 yil davomida Qo‘mita murakkab va shu bilan qiziqarli o‘zgarishlarga boy yo‘lni bosib o‘tdi. Sodir bo‘lgan tarkibiy o‘zgarishlar va taraqqiyotning har bir bosqichi o‘sha davrning islohot talablariga mos keldi. Masalan, 2000 yilda monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish vakolati bilan Davlat qo‘mitasi sifatida Moliya vazirligidan ajratilgan edi. 2005 yilda esa, raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi vakolatlar berildi. 2010 yilda ikki davlat idorasi birlashishi natijasida Qo‘mitada yana bir o‘zgarish sodir bo‘ldi va o‘sha yilda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2019-2020 yillardagi so‘nggi o‘zgarishlar ham zamon talabiga bog‘liq. Prezidentimiz rahnamoligida boshlangan islohotlar iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarni talab etardi, “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini alohida davlat tashkiloti sifatida ajratish maqsadga muvofiq deb topildi hamda “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Prezidentga hisobdor qilib belgilandi. Men bu holatni monopoliyaga qarshi siyosat sohasi rivojlanishiga va Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish yo‘lidagi oldinga tashlangan katta qadam deb hisoblayman. Qo‘mitaning yutuqlari haqida gapirsak, so‘nggi 8 oy davomidagi amaliy faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin. Masalan, tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhitining holatini tizimli tahlil qilish, ustun mavqeini suiiste’mol qilish va uni oldini olish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshirilgan nohalol raqobat holatlari bo‘yicha joriy yil boshidan beri ustun mavqega ega bo‘lgan va davlat reyestriga kiritilgan korxonalar ya’ni 102 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 897 ta shartnomalar o‘rganib chiqildi. Natijada Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan 25 ta holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Davlat xaridlari sohasida raqobatni ta’minlash maqsadida esa, 11340 tender savdolari o‘rganildi va 4887 ta holatda qonunbuzulish holatlari aniqlandi, ularni bartaraf etish uchun barcha qonun bilan belgilangan choralar ko‘rilgan. Shuningdek, bir nechta monopol tovarlarga bo‘lgan narxlarni pasaytirishga erishildi. Masalan, formalin 20% ga, polietilen 40% ga, polipropilen 15% ga, kalsiylangan soda 18% ga. Shu bilan birga urug‘larni sertifikatlashni 18% ga, hisoblagichlarni tekshirishni 6% ga, temiryo‘l shablonlarini solishtirishni 15% ga kamaytirishga erishildi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning manfaatlari yo‘lida yer osti kollektori orqali o‘tkazilgan optik tolali liniyalar uchun ketadigan harajatlarni 50% ga arzonlashtirib, oldindan hisoblab olingan 2 milliard 147 million 100 ming so‘mni 29 ta tadbirkorlarga qayta hisob-kitob qilishga muvaffaq bo‘lindi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, sement mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida Qo‘mita tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2020 yil 23 iyulda Vazirlar Mahkamasining 450-sonli qarorini ishlab chiqdi va qabul qildi. Unda birja savdolarida bir tadbirkor tomonidan xarid qilinishi mumkin bo‘lgan sement miqdoriga cheklov o‘rnatildi (114 tonna). Natijada, sement narxi 2020 yil sentyabr oyida 663,5 ming so‘mgacha (-268,3 ming so‘m) tushdi. Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling