Monopoliyaga qarshi kurashish
Raqobat muhitini rivojlantirish
Download 21.75 Kb.
|
Monopoliyaga qarshi kurashish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 39 foizga
Raqobat muhitini rivojlantirish— Harakatlar sirategiyasida iqtisodiy vazifalardan biri iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish va tovarlar hamda xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirishdir. Bu yo‘nalishda qanday ishlar qilinmoqda? — Bu yo‘nalishdagi Qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda raqobat muhitini yaratish mexanizmini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining "Raqobat to‘g‘risida" va "Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida" gi qonunlarini birlashtirish orqali yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Shuningdek, erkin raqobat muhitini yaratish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan monopol sohalarda xususiy sektorga kirishni ta’minlash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Umuman olganda, bu boradagi maqsad va vazifalar Prezidentning 2020 yil 6 iyuldagi "Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora -tadbirlar to‘g‘risida" gi qarorida aniq ko‘rsatilgan. Yana bir muhim nuqta. Farmon bilan tabiiy monopoliyalarning raqobat muhitiga ega bozorga o‘tishidagi to‘siqlarni bartaraf etish va vositalarni joriy etishga qaratilgan, Monopoliyaga qarshi qo‘mita tomonidan raqobatni cheklashning oldini olish uchun ishlab chiqilgan “2020-2024 yillarga mo‘ljallangan tovar va moliyaviy bozorlarda raqobatni rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu muammoni hal qilish uchun iqtisodiyotning 8 ta yetakchi sohasidagi raqobat muhitining holatini tahlil qildi hamda havo va temir yo‘l transporti, shuningdek, qora metallardan buyumlar ishlab chiqarish bozorida raqobatni kuchaytirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqdi. Agar havo transporti sohasida raqobat muhitini rivojlantirish haqida gapiradigan bo‘lsak, Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatning barcha hududlarida "ochiq osmon" rejimini joriy etish dasturlarini tasdiqlash, shuningdek, havo yo‘llari orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni kirib kelishini yo‘lga qo‘yish hamda arzon bo‘lgan milliy aviaqatnovlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqaro aviatsiyasi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident qarori qabul qilindi, unga muvofiq aeroportlarda ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va chakana savdo faoliyatini tashkil etish uchun ruxsat olish tartibi soddalashtirildi hamda xalqaro aeroportlar hududida barcha turdagi yo‘lovchi transport vositalarining kirishiga ruhsat berildi. Temir yo‘l sohasida, temir yo‘l transporti xizmatlari bozoriga shaxsiy tashuvchilarning o‘z transportlari bilan chiqish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Umuman olganda temir yo‘l sohasidagi xizmatlarni demonopolizatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan. — Qo‘mita tomonidan ustun mavqeini suiiste’mol qilish, "kartel" bitimlari va til biriktirishlar, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning nohalolraqobatini aniqlagan yoki oldini olganiga yorqin misollar keltirish mumkinmi? — Qo‘mita tomonidan yoz faslida o‘simlik yog‘i bozorining tahlili o‘tkazildi. Unda paxta-to‘qimachilik-klasterlari tomonidan birja savdolariga yetkazilayotgan texnik chigit g‘ajmi o‘rganildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar jarayonida birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib, sun’iy oshirish kabi holatlar mavjudligi hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Natijada, joriy yil may oyining 10-12 kunlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan boshlang‘ich narxlar tushirilib, sotish narxlari o‘rtacha 3,4 mln so‘m atrofida shakllandi, bunda chigitning boshlang‘ich narxi 39 foizga sotish narxi 31 foizga pasaytirishga erishildi. Tovar belgilaridan noto‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ham bir misolni keltirish mumkin, unda Toyota Jidosha Kabushiki Kaisha kompaniyasining huquqlarini himoyalandi. Shuningdek, nohalol raqobat qonunchiligini “doimiy buzuvchilar”i ham bor. Bunday vaziyat ko‘proq farmatsevtika sohasida uchraydi. Ularning nisbatan 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Murojaat etganlar asosan xorijiy farm-kompaniyalar Sanofi-Aventis Deutschland GmbH (Fransiya/Germaniya), BAYER AG (Germaniya), GSK (Velikobritaniya), BIONORISA SE (Germaniya), Biotact (Germaniya), OOO «Yuriya-Farm» (Ukraina)ni keltirish mumkin. Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling