Monopoliyaga qarshi kurashish
Qonunchilik ustidan nazorat
Download 21.75 Kb.
|
Monopoliyaga qarshi kurashish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monopoliyaga qarshi kurashish siyosatni ishlab chiqish sohasida hozir nimalar qilinmoqda
Qonunchilik ustidan nazorat— Qo‘mita oldida turgan vazifalar orasida - davlat organlari tomonidan raqobatni cheklovchi harakatlar amalga oshirilishi va qarorlar qabul qilinishini oldini olish ham mavjud. Bunday qaror va harakatlar tez-tez bo‘lib turadimi va bu holatlarda Qo‘mita qanday choralar ko‘radi? — Mazkur vazifasini amalga oshirish maqsadida MQKQ Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) takliflari asosida Ex-ante va Ex-post tamoyillari asosida ishlaydigan, Qonunchilikning raqobatga ta’sirini baholash metodikasini ishlab chiqdi. Birinchi tamoyil me’yoriy-huquqiy hujjatlar (MHH) loyihasiing raqobatga ta’sirini baholaydi; ikkinchisi-amaldagi (joriy) MHHlarning raqobatga ta’sirini baholaydi. Ushbu metodikaga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari (xokimiyatlar) tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan loyihalarni ham, amaldagi (joriy) MHHlarni ham ko‘rib chiqadi. Ma’lumot uchun: 2019-2020 yillar va 2021 yilning birinchi yarmida Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 1,678 xil turdagi MHH loyihalari qabul qilindi, ulardan 653 holatda (38,9%) raqobat to‘g‘risidagi qonun talablariga zid me’yorlar aniqlandi. Barcha faktlar bo‘yicha, qonunchiligiga zid bo‘lgan normalarni MHH loyihalaridan chiqarib tashlash bo‘yicha xulosalar berildi. Shuningdek, shu davr mobaynida AMK va uning hududiy boshqarmalari tomonidan vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan amaldagi hujjat va qarorlarda qonun talablarining buzilishi bo‘yicha 2,407 ta fakt aniqlandi va ular bo‘yicha buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi. Avvalo, buzilishlar ayrim xo‘jalik yurituvchi subektlarga asossiz ravishda imtiyozlar, preferensiyalar berish, shuningdek ularga tovar sotish yoki muayyan ishlar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mutlaq huquqlar berishga qaratilgan edi. — Monopoliyaga qarshi kurashish siyosatni ishlab chiqish sohasida hozir nimalar qilinmoqda? — Davlat ishtirokidagi korxonalarning tovar va xizmatlar narxlarini erkinlashtirishga, shuningdek, bozor narxlariga o‘tishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadida Qo‘mita tomonidan bir qator tovar va xizmatlar uchun narx va tariflarni davlat tomonidan tartibga solinishini bekor qilishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi. Xususan, dori-darmon va tibbiy maqsaddagi mahsulotlar, aholiga, shuningdek byudjet tashkilotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotiladigan benzin, iste’molchilarning ayrim guruhlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotiladigan dizel yoqilg‘isi; paxta mahsulotlari, don, mineral o‘g‘itlar; maxsus qog‘oz turlaridan tayyorlangan mahsulotlar (qimmatli qog‘ozlar, pasport, yo‘l hujjati va boshqalar.); jo‘natish xizmatlari (yuklar, jo‘natmalar); pullar inkassatsiyasi va tashish xizmatlari; darslik va metodik materiallarni nashr etish xizmatlari uchun. Shuningdek, xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, Qo‘mita doimiy ravishda tovar-moliya bozorlaridagi raqobat muhitining holatini tizimli tahlil qilib boradi. Hukmron mavqe’ni suiiste’mol qilish, "kartel" bitimlari va kelishuvlari aniqlangan holda, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning insofsiz raqobati, jumladan monopol jihatdan yuqori yoki past narxlardan foydalanish aniqlangan taqdirda Qo‘mita ular bo‘yicha ishlarni qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish huquqiga ega. Monopoliyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va raqobatni rivojlantirishning samarali usullarini ishlab chiqishning yana bir muhim fakti - xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va u bilan almashuvdir. Bugungi kunga kelib Qo‘mita tomonidan turli mamlakatlarning 20 ta xalqaro davlat va nodavlat tuzilmalari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Xususan, Qo‘mita monopoliyaga qarshi kurashish siyosatini va o‘z xodimlarining institutsional salohiyatini oshirish maqsadida Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YuNKTAD), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi va Jahon savdo tashkiloti (WTO) bilan birgalikda ishlab kelmoqda. Bundan tashqari, Qo‘mita MDH davlatlarining monopoliyaga qarshi kurashish organlari bilan birgalikda raqobat siyosatini rivojlantirish sohasida ular bilan imzolangan hamjihatlik va hamkorlik memorandumlari doirasida mustahkam hamkorlik qiladi. Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling