Monopoliyalarning mohiyati va turlari
Download 144.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMONOPOLIYALARNING MOHIYATI VA TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish
MONOPOLIYALARNING MOHIYATI VA TURLARI REJA: KIRISH ASOSIY QISM 1. Monopoliyaning tarixiy va nazariy jihatlari. 2. O’zbekiston iqtisodiyotida hozirgi monopoliyaning xilma-xilligi. 3. Monopoliyaning jahon davlatlari iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi xususiyatlari. 4. O’zbekiston Respublikasida yirik monopol tashkilotlarining davlat bozor iqtisodiyotiga ta’siri XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida mulk egalari qo’liga topshirilgan taqdirda, ko’p tarmoqli iqtisodiyot va raqobatchilik muhiti vujudga keladi. Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bunday shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda mavjud bo’lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini ham bildiradi. Iqtisodiy subyektlarning qulay mavqega ega bo’lish, daromad olishga intilishlari natijasida raqobat kelib chiqadi. Raqobat tarixiy taraqqiyot mahsuli bo’lganligi uchun uning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari mavjuddir. Raqobatda inson manfaatini aks ettiruvchi barcha xususiyatlar, ya’ni ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy kabi qator boshqa jihatlar asos sifatida yuzaga chiqadi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr mobaynida o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan. Bunday holat asta-sekin erkin raqobat muhitining tashkil bo’lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi. Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi: 1) ishlab chiqarish(tarmoq)ni boshqa qonunlar. Bu qonunlarga ko’ra, hech bir korxona(korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishga haqli bo’lmaydi; 2) barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasligi kerak; 3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish. Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi. Yuqorida keltirilgan qisqacha ma’lumotlarga asoslanib, hozirgi vaqtda “Xalqaro monopoliyalar” mavzusi dolzarb ekani va shuning uchun u ushbu hujjatda taqdim etilishi aniq. Monopoliyaning ko’plab ta’riflari mavjud, chunki bu ko’p o’lchovli tushuncha. Bundan tashqari, ushbu kontseptsiya shunchalik muhimki, jahon iqtisodiy nazariyasida monopoliya nazariyasi kabi tushuncha mavjud. Ushbu nazariya doirasida monopoliyaga trioxal aspektlar prizmasi orqali qaraladi: bozor tuzilishi nuqtai nazaridan; bozor xatti-harakatlari nuqtai nazaridan; bozor natijalari bo'yicha. Download 144.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling