Monorels transport tizimi
Download 0.68 Mb.
|
9-10 монорелс
- Bu sahifa navigatsiya:
- I toifa yo‘llar
- II-toifa yo‘llar
- III-toifa yo‘llar
Asosiy me’yoriy holatlar
Yo‘l tarmoqlari bo‘lgan ajratish punktlarini loyihalashda qurilish me’yorlari va loyihalash qoidalari, temir yo‘llarda bekat va uzellarni loyihalashga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi texnik shartlar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalardan foydalaniladi. Sanoat korxonalarining ichki shoxobcha yo‘llarini loyihalashda sanoat trasportini loyihalash tartib va qoidalariga rioya etiladi. Bekatlar va uzellar ular joylashgan temir yo‘l darajasiga qarab mos me’yorlar bo‘yicha loyihalanadi. Temir yo‘l liniyalari va shoxobcha yo‘llar ularning vazifasi, xarakteri va harakat miqdorlariga qarab loyihalash me’yorlari bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tabaqalanadi: I toifa yo‘llar – mamlakat ichidagi tashishlarni ta’minlovchi yoki boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarni ta’minlovchi temir yo‘l liniyalari hamda uning tarkibiy uchastkalari bo‘lib, u quyidagi ko‘rsatkichlardan biriga ega bo‘lishi kerak: yukli yo‘nalishda 5-yil yuklanganligi 12 mln.t.km/km yoki 10-yil ishlatilishida yuklanganlik 20 mln.t.km/km dan oshsa; 5 – yilda yo‘lovchi poyezdlar harakati sutkasiga 12 juftdan ortiq yoki shaharatrof poyezdlari soni 50 dan ortiq bo‘lsa; yo‘lovchi poyezdlari harakat tezligi 200 km/s dan oshgan bo‘lsa. II-toifa yo‘llar – asosan mamlakat ichida hududlararo yoki boshqa davlatlar bilan aloqalarni ta’minlovchi temir yo‘l liniyalari yoki ularning tarkibiy uchastkalari quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa: 5 – yilga yuklanganlik 7 – 12 mln.t km/km yoki 10 – yilda 10 – 20 mln.t km/km ni tashkil qilsa; yo‘lovchi poyezdlari harakati 5 – yilda 5 – 12 juft poyezdni tashkil qilsa. III-toifa yo‘llar – mahalliy temir yo‘l liniyalari quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa: 5 – yilga yuklanganlik 3 – 7 mln.t km/km yoki 10 – yilga 5 – 10 mln.t km/km tashkil etsa; yo‘lovchi poyezdlari soni 5 – yilda 4 juft poyezddan oshmasa. IV-toifa yo‘llar – mahalliy temir yo‘l liniyalari bo‘lib yuklanganligi 5 – 7 yilda 3 mln.t km/km dan kam yoki 10 – yilda 5 mln.t km/km dan kam hamda yuk poyezdlari tezligi 40 km/s oshmaydigan shoxobcha yo‘llar. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling