Moodle tizimida nazorat testlari yaratish Reja


Yopiq turdagi kо‘p tanlovli testlarni yaratish


Download 1.14 Mb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1251440
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moodle tizimida nazorat testlari yaratish

Yopiq turdagi kо‘p tanlovli testlarni yaratish


Bunday testda talaba test savollariga bir nechta tо’g„ri javobni topib belgilaydi. Testni tuzishdan oldin test parametrlarini

о’rnatamiz, ya‟ni yuqoridagi oyna parametrlari tо’ldiriladi, faqat


«Bir yoki bir necha javoblar» bо’limidan «Kо’p tanlovli javoblarruxsat yetiladi» bandini tanlaymiz, qolgan amallarni barchasi xuddi, yopiq turdagi bir tanlovli testdagi kabi bо’ladi. Tо’g`ri javob variantlaridan bittani emas, bir nechtani kiritamiz.
Javoblarning ixtiyoriy ketma-ketligidan «ha» ni belgilasak har bir urinishda javoblarni о’rni almashib chiqadi, ya‟ni birinchi marta testni ishlaganimizdagi test javoblarini о’rni ikkinchi marta testni ishlaganimizda almashib beriladi. Bundan kо’zlangan maqsad, talabalar test topshirish jarayonida bir-birlaridan kо’chirmasliklarini
oldini olishdan iborat. Testni ishlash jarayonida ushbu oynadagi kvadratchalar ichiga tо’g`ri javoblarni belgilaymiz, keyin yesa
«Jо’natish»bandini tanlaymiz, ya`ni quyidagicha qilib:
Bu yerda testni javobi sifatida formula yoki tasvir lar bо’lishi mumkin. Buning uchun javob maydonida shu tasvir ga gipersillka qо’yiladi, ya‟ni HTL tegi kо’rinishidagi gipermurojat qо’yiladi. Rasmlar oldindan kursning fayl bо’limiga yuklangan bо’lishi kerak. Rasmlarni savol о’rnida ishlatish ham mumukin ya`ni ushbu rasm nimani ifodalaydi degan ma`noda. Rasmlarni javob о’rnida ham ishlatish mumkin.


TESTLARNI TAHRIRLASH


Testlarni tahrirlash uchun ushbu oynadan:
Tahrir qilish bо’limini tanlaymiz u holda bizda quyidagi darcha hosil bо’ladi:

Yangi Kategoriya nomi ostida savollar yaratishimiz, Kategoriyani nomini о’zgartirishimiz va shunga о’xshash amallarni bajarishimiz mumkin. Tahrir qilish bо’limining о’zida ham bir qancha bandlar bor bular:

  • Test;

  • Savollar;

  • Kategoriyalar;

  • Import;

  • Eksport.

Test bandida biz yaratgan savollarni qayta kо’rib chiqishimiz, test savollariga yangisavollarni yaratib qо’shishimiz, testlarning xatolarini tо’g`irlashimiz mumkin.
Savollar bandini tanlasak ushbu oyna hosil bо’ladi:

Bu oynada yangi savol yaratishimiz, kategoriya nomini kо’rishimiz, yeski savollarni ham kо’rishimiz mumkin. Bundan tashqari, savolni testga о’tkazishimiz, testni ishlatib kо’rishimiz, uni tahrir qilishimiz, savolni boshqa kontekstga о’tkazishimiz, savolni о’chirib tashlashimiz mumkin bо’ladi. Bunda quyidagi uskunalardan foylalaniladi:



1- belgi savolni testga qо’shadi 2- belgi savolni ishlatib kо’rish imkonini beradi3- belgi savolni tahrir qiladi
4- belgi savolni boshqa kontekstga о’tkazadi5- belgi savolni о’chirib tashlaydi
6- belgi ichiga belgi qо’yib uni birinchi belgi orqali testga qо’shamiz. Agar Kategoriyalar bandi tanlansa quyidagicha oyna hosil bо’ladi:


Bu oynada biz shu vaqtni о’zida qaysi kategoriya nomi ostida ishlayotganimizni kо’rishimiz, yangi bir kategoriya yaratishimiz, shu kategoriya haqida ma‟lumot berishimiz mumkin. Yangi kategoriya ma`lumotlarini kiritib bо’lgach, Kategoriya qо’shish buyrug„ini tanlaymiz.



Yuqoridagi oyna yesa Import bо’limini tanlaganda hosil bо’ladi. Bu oynada Fayl formati, Asosiylar bо’limi bо’ladi. Asosiylar bо’limida Fayldan kategoriya olish, Fayldan kontekst olish kabi buyruqlari bor.
Agarda Eksport bо’limi tanlansa quyidagicha oyna hosil bо’ladi:

Bu oynada Fayl formati, Asosiylar kabi bandlar bо’ladi. Asosiylar bandida Kategoriya nomi, Kategoriyani faylga yozish, Kontekstni faylga yozish kabi buyruqlari hamda Fayl nomi kabi darchalari bor. Bularning barchasi Tahrir qilish bо’limining funksiyalariga kiradi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling