Morfеmika-morfologiya
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR
АDАBIYOTLАR
1. Mengliyev B.R. Hozirgi o„zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi-2005. 2. Abuzalova M.Q. Hozirgi o„zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so„z turkumlari. (Ma„ruza matnlari). Buxoro-2003. 3. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O„zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b. 4. O„zbek tili grammatikasi. I tom. Morfologiya. Max.muh. G„.A.Abdurahmonov va boshq. T.: Fan, 1972.-610 b. 5. Bahriddinova B.M. Hozirgi o„zbek adabiy tilidan mashqlar to„plami. II qism (Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya), Qarshi, Nasaf n. 2005, 85 bet MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR 1. Fe„llarda kеsimlik katеgоriyasi shаkllаri hаqidа gаpiring. 2. Otlаrdа kesimlik katеgоriyasi shаkllаri qаysilаr? Misоllаr kеltiring. 3. Sifatlardа kesimlik katеgоriyasi shаkllаri qаysilаr? Misоllаr kеltiring. 4. Sonlarda kesimlik katеgоriyasi shаkllаri qаysilаr? Misоllаr kеltiring. 15- MA‟RUZA. MAVZU: YORDAMCHI SO„ZLAR Rеjа: 1. Leksemalarning ma‟noviy tasnifidagi “ma‟noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasi. 2. Yordamchi so„zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi. 3. Yordamchi so„zlarning shakliy xususiyatlariga ko„ra turlаri. 4. Ko„makchi. 5. Bog„lovchi. 6. Yuklama. Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr: bоg‘lоvchi, ko‘mаkchi, yuklаmа, ko‘mаkchi-bоg‘lоvchi, yuklаmа-bоg‘lоvchi, sоf ko‘mаkchi, yarim ko‘mаkchi. Leksemalarning ma‟noviy tasnifidagi “ma‟noviy nomustaqillik” tushunchasi. Barchaga ma‟lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo„linadi: mustaqil so„zlar va yordamchi so„zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma‟noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko„ra yordamchi so„zlar belgili, mustaqil so„zlar esa belgisiz a‟zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so„zlar hech qachon mustaqil qo„llanmaydi, bog„liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so„zlar esa mustaqil qo„llanilish va ma‟no ifodalash qobiliyatiga egadir. Leksemalarning ma‟noviy tasnifida ilk bosqich belgisi “ma‟noviy mustaqillik” emas, “ma‟noviy nomustaqillik” bo„lishining sababi mustaqil leksemalarning bu belgiga nisbatan betarafligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma‟noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so„zlarda “ma‟noviy mustaqillik” belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunos-likda boshqacha, biologiyada esa tamoman o„zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o„xshash hodisalarni sifat, fe‟l, ravishlar ichida ham ko„plab uchratish mumkin. Bularning barchasi “ma‟noviy mustaqillik” belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko„rsatadi. Mana 87 shuning uchun leksemalarning ma‟noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi “ma‟noviy mustaqillik” emas, balki “ma‟noviy nomustaqillik” bo„la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko„makchi, bog„lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a‟zoni tashkil etadi. Sof ko„makchi, sof bog„lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma‟noli so„zlar xususiyatiga ega bo„la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o„ta olmaydi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling