Morfologik so'z turkumlari ot so’z turkumi reja


Download 51.5 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1194416
  1   2
Bog'liq
MORFOLOGIK SO\'Z TURKUMLARI OT SO’Z TURKUMI


MORFOLOGIK SO'Z TURKUMLARI OT SO’Z TURKUMI
Reja:


1.O’quvchilarning orfografik bilimlarini yaxshilashda orfoepiyaning ahamiyati.
2.Fonetik, morfologik va shakliy yozuv tamoyillari asosida o’quvchilarning savodxonligini oshirish.
3.Orfografik mashg’ulotlar va ularga qo’yilgan talablar
4.O’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishda nazorat diktanti
5.Ona tili ta’limida “Imlo lug’ati” bilan ishlash
6.Shevaga xos xatolarni bartaraf qilish yo’llari

Tayanch tushunchalar
Orfografiya so’zlarning to’g’ri yozilishini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limi
Fonetik yozuv – so’z va qo’shimchalar qanday aytilsa, shunday yozish
Morfologik yozuv – so’z va qo’shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yozish
Shakliy yozuv – boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, shunday yozish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori asosida o’quvchilarga imloni o’rgatish uzluksiz tarzda olib boriladi.


Orfografiya tilshunoslikning fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis kabi bo’limlariga bog’liq holda o’tiladi. Bunday bog’lanish bositasida ham fonetika, morfologiya, sintaksisdan o’zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi, ham orfografik malakalar hosil qilinadi.
Avvalo maktabda orfografiya o’qitish o’quvchilarga tog’ri talaffuz qilish me’yorlarini o’rgatish bilan bog’lab olib borilmog’i zarur. Ayrim so’z va qo’shimchalar bir xil talaffuz qilinadi-yu, boshqacha yoziladi (ketti-ketdi). O’qitish jarayonida bu masalaga jiddiy e’tibor berish kerak.
Ko’ruv ham orfografiya o’qitishda katta ahamiyatga egadir. Odatda, talaffuzi bilan yozilishi bir-biriga mos kelmaydigan so’zlarning imlosini o’rgatishda ko’ruv mashqlaridan foydalaniladi. Yoki talaffuzi bir-biriga mos, ammo yozilishi boshqa so’zlarni aniqlashda quyidagi ish turidan foydalanish mumkin.
Berilgan so’zlarning ma’nosini izohlang. Bunda imloning tutgan o’rnini tushuntiring.
Xush-hush, tuzsiz-tussiz, yod-yot, xo’p-xo’b, saf-sof, bot-bod, ham-xam, yog’di-yog’du, judo-juda, sa’va-sava v.h.
O’quvchilarga imloning fonetik yozuv, morfologik yozuv, shakliy yozuv qoidalariga amal qilishini amaliy mashqlar orqali tushuntiriladi. Morfologik yozuv o’quvchilarni savodli yozishga o’rgatishda, ayniqsa, yozilishi bilan aytilishi farq qiladigan so’zlarning imlosini tushuntirishda katta ahamiyatga egadir. Masalan, o’quvchilar ko’p hollarda o’qibsan, o’qibdi kabi fe’llarda shaxs-son qo’shimchalaridan avval kelgan –b undashi o’rniga talaffuzga qarab –p, -di o’rniga –ti yozadilar. Bunday hollarda o’qituvchi morfologik yozuvga asoslanib, b+di shakllarining qanday aytilishidan qati nazar, asliga muvofiq yozilishini ta’kidlaydi. So’z va qo’shimchalar qanday aytilsa, shunday yozilishini ta’minlaydigan fonetik yozuv qoidasini tushuntirishda ham ko’plab ijodiy-amaliy mashqlardan foydalanish mumkin.
Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, o’sha shaklning saqlanishini taqozo etadigan shakliy yozuv qoidasini o’quvchilarga o’rgatishda quyidagi topshiriqni berish mumkin.
Quyidagi so’zlarning qaysi tillardan kirib kelganini aniqlang, ularning talaffuzi va imlosiga e’tibor bering. Fikr, zikr, taalluq, teatr, drama, trolleybus, zoologiya v.h.
O’quvchilarda mustahkam orfografik malakalarni hosil qilish muayyan bir tizimni va uzoq ishlashni talab qiladi. Orfografik mashg’ulotlarni uyushtirishda o’quvchilar imlo qoidalarini ongli bilishdan tashqari, bu bilimlarni malakaga aylantira olishlariga e’tibor berilishi kerak.
Orfografik mashg’ulotlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. so’z va qo’shimchalarning yozilishini kuzatish, qiyoslash va tahlil qilish;

  2. orfografik qoidalarni o’zlashtirish;

  3. bu qoidalarni yozuvda tatbiq qilish bo’yicha mashqlar olib borish.

O’qituvchi har bir sinf uchun imlosi qiyin so’zlarning lug’at-orfografik minumimini tuzib chiqishi kerak. Bunday so’zlar soni sinflar bo’yicha, taxminan, quyidagicha: 5-sinf uchun 180 so’z; 6-sinf 170 so’z; 7-sinf uchun 150 so’z; 8-sinf uchun 140 so’z; 9-sinf uchun 140 so’z. Bu miqdor o’quvchilarning bilim darajasiga qarab ozaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin. O’quvchilarda orfografik malaka quyidagi tamoyillar asosida hosil qilinadi:
1) orfografiyani ongli o’qitish;
2) orfografiya o’qitishni o’quvchining umumiy rivojlanishi bilan, jumladan, nutq madaniyatini o’stirish bilan bog’lab olib borish;
3) yozma va og’zaki nutq mashg’ulotlarini bir-biriga moslab olib borish;
4) o’quvchilarning mustaqil ishlashi;
5) orfografik qoidalarni o’zlashtirishda qabul qilingan usullarning bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lishi.
O’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishda turli yozma ish turlaridan, nazorat va boshqa xil diktantlaridan foydalaniladi. Yozma ishlar uchun tanlangan matn mazmun jihatidan ham, o’tilayotgan orfogrammaga boyligi jihatidan ham talabga javob berishi lozim. Orfografik mashqlar imloni ongli o’zlashtirishni ta’min etishi, izchil bo’lishi, o’quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga mos bo’lishi kerak.
O’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, imloviy savodxonligini oshirishda diktantining ahamiyati katta.
Nazorat diktanti matni pedagogik hamda lingvistik talablarga javob berishi bilan birga undagi so’zlar soni, taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:



Sinflar

V

VI

VII

VIII

IX

O’quv yili boshida

70

80

100

130

150

O’quv yili oxirida

80

100

130

150

170

Ona tili darslaridagi orfografik tahlil fonetik va morfologik tahlil bilan bog’lab olib boriladi. Orfografik tahlilda ma’lum orfogramma so’zning qaysi ma’noli qismini tashkil qilishi, orfogrammali so’z qaysi so’z turkumiga kirishi, so’zlarning aytilishi bilan yozilishi o’rtasidagi farq kabi masalalar asosiy o’rin egallaydi.
“Imlo lug’ati” bilan ishlash o’quvchilarni to’g’ri yozishiga o’rgatishning muhim vositalaridan biridir. Bu jarayonda o’quvchilarga xilma-xil topshiriqlar beriladi:
1.Talaffuzi bilan yozilishi mos kelmaydigan so’zlarni lug’atdan toptirish, ularni daftarlariga ko’chirtirish, ular ishtirokida gap tuzish.
2. “Imlo lug’ati” yordami bilan x va h, p va f, qorishiq j va sirg’aluvchi j undoshlari, tutuq belgisining yozilishini mustahkamlashga oid jadvallar tuzdiriladi, Masalan:
qorishiq j sirg’aluvchi j
jabr jandarm
javob janr
jadval jurnal
jazirama juri
3.Ruscha-baynalmilal so’zlarning, qo’shma va juft so’zlarning yozilishini mustahkamlashda “Imlo lug’ati” dan foydalanish o’quvchi nutqini o’stirishga yordam beradi.
4.So’zlarning yasalishi va o’zgarishiga oid ma’lumotni mustahkamlashda ham “Imlo lug’ati”dan keng foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, 2-3 xil shaklli qo’shimcha (ot yasovchi –g’ich, -gich, -kich)larning yozilishi bo’yicha lug’at bilan ishlanadi.
5.Biror so’zning tog’ri yozilishini aniqlash ehtiyoji tug’ilganda, ayniqsa, yozma ishlarda yozilishi qiyin yoki imlosi hali o’tilmagan so’zlar uchraganda “Imlo lug’ati”dan foydalaniladi.
O’quvchilarning maxsus imlo lug’ati daftari tutishi, maktabda esa lug’at doskasining bo’lishi ularning lug’at boyligini kengaytirishda, savodxonligini oshirishda ahamiyati kattadir. Lug’at daftari va lug’at doskasiga o’quvchilarning o’z yozma ishlarida ko’p xato qiladigan so’zlari hamda qo’llanma, badiiy asar va boshqa manbalarda uchragan imlosi qiyin so’zlar kiritiladi.
Ma’lumki, o’quvchilar maktabda asosan mahalliy shevada gaplashadilar. Bu hol ularning imlosiga ta’sir qilmay qolmaydi. O’quvchilarni adabiy talaffuz meyorlariga o’rgatish ularning dialektal xatolarini tugatishning asosiy yo’lidir. Ayrim shevaga xos xatolarni tugatish uchun maxsus mashqlar o’tkaziladi. Masalan, ko’pchilik qaysi qoidada dialektal xato qilgan bo’lsa, uni orfografik jihatdan to’g’rilab doskaga yoziladi. Buning talaffuzi bilan yozilishi qiyos qilinadi. Keyin shu so’z ishtirokida birikma va matnlar tuzdiriladi.



Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling