82
B) 8 ta
C) 7 ta
D) 9 ta
601 Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari qatnashgan?
A) Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
B) Bilim o‘qish va takrorlash mevasi bo‘lib, har ikki dunyoda insonni
ulug‘laydi
C) G‘ulomjon yillar o‘tgach ham, Hayotxonning so‘nmas chehrasi
ko‘z oldidan ketmasligiga amin bo‘ldi.
D) Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganib, hamma sohalardan
xabardor bo‘lgandagina asrlarga tatiydigan asarlar yarata oladi.
602. Qaysi qatordagi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari qatnashgan?
A) Bizni xushlagan va xushlamaganlarga, maktubimizni kutgan va kutmaganlarga tez
kunlarda diydor ko‘rishmoq umidida ushbu xatni yozuvchidan alangali salom!
B) Yiqilgan otingdan yurma o‘pkalab, G'anim ranjidan ham chekmagin alam.
C) Hammamiz orziqib kutgan kunni munosib qarshilash asosiy maqsadimizga aylandi.
D) Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki
ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi.
603 Qaysi gapda vazifa shakliga ko‘ra o'zaro bir turga mansub bo'lgan fe’llar ikki
o‘rinda qatnashgan?
A) Qo‘ziboy ishga aralashuvini ham, chiqib ketishini ham bilmadi.
B) Orqa tomonda o'tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirladi.
C) Kitobni o‘qigach, anglagani shu bo‘ldiki, hali juda ko‘p shug‘ullanishi kerak ekan.
D) Mehmonlar Matqovulning qistashiga qaramasdan ichkariga kirishmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: