Morfologiyaga oid darslar metodikasi
Download 77.04 Kb.
|
TAQDIMOT 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning borishi
Mavzu:Botanika o'qitish metodikasi xususiy masalalari : jumaladan Gul,meva va urug'lar mavzusini o'rganish metodikasini ishlab chiqish Morfologiyaga oid darslar metodikasi. Mashg’ulotning maqsadi va vazifalari: A) ta’limiy maqsad: Biologik tushunchalar, oddiy va murakkab, maxsus va umumbiologik tushunchalarni rivojlantirish, morfologiyaga oid dars metodikasi bilan tanishtirish. B) tarbiyaviy maqsad: Biologik tushunchalarni o’rganish ulardan foydalanish, xamisha tushunchalar xarakatini, ularning aloqadorligini, ularning bir-biriga o’tishlarini o’rgatish orqali ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishdan iborat. V) rivojlantiruvchi: tushunchalarni rivojlantirish o’quv fanining shakli va mazmuni, o’qitishning metod va shakllarini, shuningdek o’quvchilar tafakkuri va mustaqilligini tarkib toptirish. Mashg’ulotning borishi 1. Biologik tushunchalar xaqida umumiy ma’lumot. 2.“ Gulli o’simliklar” bo’limidan morfologiyaga oid tushunchalar sistemasini aniqlash 3. “ Ildiz”,”Poya”, “Barg” bo’limlari bo’yicha morfologiyaga oid darslarni aniqlash 4. Morfologiyaga oid darslarda ishlatiladigan tarqatma materiallar bilan tanishtirish. 1. Biologik tushunchalar xaqida umumiy ma’lumot. O’qitishning maqsadi – o’quvchilarga tushunarli, sistemali va puxta bilim berishdir. O’qitish jarayonida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini to’g’ri tashkil etish ularga yuqori saviyada bilim berishning xal qiluvchi sharti xisoblanadi. Mashg’ulotning borishi 1. Biologik tushunchalar xaqida umumiy ma’lumot. 2.“ Gulli o’simliklar” bo’limidan morfologiyaga oid tushunchalar sistemasini aniqlash 3. “ Ildiz”,”Poya”, “Barg” bo’limlari bo’yicha morfologiyaga oid darslarni aniqlash 4. Morfologiyaga oid darslarda ishlatiladigan tarqatma materiallar bilan tanishtirish. 1. Biologik tushunchalar xaqida umumiy ma’lumot. O’qitishning maqsadi – o’quvchilarga tushunarli, sistemali va puxta bilim berishdir. O’qitish jarayonida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini to’g’ri tashkil etish ularga yuqori saviyada bilim berishning xal qiluvchi sharti xisoblanadi. Tushunchalar insonga uning dunyoni idrok etishidagi intilishlarida yordam beradi. Biologiya o’quv fani sifatida mantiqiy izchilliklikda rivojlantiriladigan va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar sistemasidan iborat. Bu tushunchalar oddiy va murakkab, maxsus ( xususiy) va umumbiologik bo’lishi mumkin. Xar bir tushuncha asta-sekin rivojlanadi, murakkablashib boradi. Bilimning bir elementini o’z ichiga olgan oddiy, dastlabki tushuncha boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib murakaab tushunchani xosil qiladi. Bir kurs doirasida rivojlantiriladigan tushunchalarni maxsus tushunchalar deyiladi. Masalan.botanikadan faqat o’simliklarga taaluqli ma’lumotlar. Butun tabiatga, barcha tirik organizmlarga taaluqli biologik qonuniyatlar to’g’risidagi va ayrim biologik kurslarning maxsus tushunchalarini umumlashtiruvchi tushunchalar umumbiologik tushunchalar xisoblanadi. Bundan tashqari tushunchalar bo’lishi mumkin morfologik, anatomik, fiziologik, ekologik, sistematik, agronomik, gnoseologik va boshqa. Mashg’ulotning maqsad va vazifasi: a) ta’limiy maqsad: Botanikadan DTS, darslikning taxlili, botanika o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalar bilan tanishtirish. b) tarbiyaviy maqsad: Botanikadan DTS, darslikning taxlili, botanika o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalar bilan tanishtirish orqali talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish. v) rivojlantiruvchi maqsad: DTS talablari asosida uzluksiz ta’lim jarayoni uchun o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini muntazam takomillashtirish va fan-texnika, ishlab chiqarish talablari asosida yangilarini yaratish. 1. Botanikadan DTS va uning taxlili. Botanika – o’simliklarning xayoti, tashqi va ichki tuzilishi, taraqqiy etishi, tarqalishi, muxit bilan ьog’liqligi, xalq xujaligidagi axamiyati, o’simliklardan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilish usullarini xamda insonlar xayotidagi va tabiatdagi rolini o’rgatuvchi fan. Botanika ta’lim standartidagi “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar” o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart bo’lgan ko’rsatgichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’mnlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Berilgan ko’rsatgich va talablar biologiya ta’limining asosiy sifatlarini baxolashda o’lchov bo’lib xisoblanadi. O’quvchilarning botanikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar quyidagilardan iborat: Download 77.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling