Morfologiya(ot,sifat,son,ravish) proba 2019


Download 45.5 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1250166
Bog'liq
Morfologiya


Morfologiya(ot,sifat,son,ravish) proba 2019

1.Holat ravishi qaysi gap tarkibida qo’llangan?



  1. G’ulomjon otasi yoniga turib atrofga qaradi. B) Kechasi topshiriq o’z vaqtida bajarildi. S) Oyqiz uning qo’qqisdan g’oyib bo’lgani to’g’risida o’ylab,vahimaga tushdi. D) U noilojlikdan birinchi qatorga kelib o’tirdi.

2. Rahim yugurib uyga keldi-yu,birpas nari-beri shoshib ovqatlandi-da,shu ondayoq chiqib ketdi. Ushbu gapdagi yasama ravishlar qaysi qatorda berilgan?
A) Yugurib,shoshib,birpas B) Birpas,nari-beri,shu ondayoq
S) Shu ondayoq D) Yugurib,shoshib,birpas, shu ondayoq
3) Quyidagi qo’shimchalarning qaysilari ravish tarkibida yaxlitlanib qolishi mumkin? 1)-ga; 2)-dan; 3) –da; 4) –i(-si); 5) –lar
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 S) 1,2,3 D) 1,2,4,5
4) 1. Partalarni nari-beri surdik. 2. Akbar nari-beri dars qildi. Ushbu gaplardagi nari-beri so’zi haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) 1-gapda o’rin ravishi,2-gapda holat ravishi B) 1-gapda holat ravishi,2-gapda o’rin ravishi S) Har ikkala gapda holat ravishi D) Har ikkala gapda o’rin ravishi.
5) Kunduzi o’ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. Ushbu gapda nechta ravish ishtirok etgan va ularning turlarini toping?
A) 1-ta: daraja-miqdor ravishi B) 2-ta: o’rin va daraja-miqdor ravishi
S) 3-ta: payt,o’rin va daraja-miqdor ravishi D) 2-ta: payt va daraja-miqdor ravishi
6) Qaysi qatordagi ravish yasalmagan? A) Ertalab B) Dastlab S) Bittalab D) Saharlab
7) O’z tilingizda fikrlashga,toza gapirishga,nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o’zgarishiga qarab almashtirilsa,Kishi boshqa tilda bilimli bo’la oladi, ammo faqat o’z tilida barkamol bo’lishi mumkin. Ushbu gapdagi yasama so’zlar sonini toping?
A) 9 ta B) 6 ta S) 8 ta D) 7 ta
8) Ham otlashgan, ham fonetik o’zgarishga uchragan yasama so’z qatnashgan qatorni toping? A) Og’ziga kelganni demoq- nodonning ishi. B) Ikkalasi ham shahrimizdagi o’zgarishlarni ko’rib lol qolishdi. S) So’z bilan o’ynaydiganladan yuragim bezillaydi. D) To’pidan ayrilganni bo’ri yer.
9) Voqealar tizimidan sal ilgarilab ketdim,shekilli, bu haqda maktubimning keyingi sahifalaridan birida alohida to’xtab o’tarman. Berilgan gapda mustaqil so’z turkumlaridan qaysi biri ishtirok etmagan? A) Sifat B) Son S) Olmosh D) Mustaqil so’z turkumlarining barchasi ishtirok etgan
10) Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarni esga olaman. Bolalikdagi o’ynoqi damlarni eslab quvnayman.Meni o’tloqlarda dumalatgan,chang ko’chalarda o’ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.Ushbu parchadagi tovush tarkibi o’zargan so’zlar qaysi so’z turkumiga mansub?
A) Ot, olmosh B) Fe’l,olmosh S) Ot,fe’l,sifat,olmosh D) Ot,sifat,ravish
11) Avval vataningni yuragingda qur, so’ng yerga ko’chirsin uni qo’llaring.She’riy parchada qaysi so;z turkumi ishtirok etmagan?
A)ravish B) fe’l S) ot D) sifat
12) Qaysi ravish yasovchi qo’shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega qo’shimchalar sanaladi? 1)-lab; 2)-larcha; 3)-lay; 4)-siz; 5)-chasiga;
6)-ligicha. A) 1,2,4 B) 1,2,3,4,6 S) 1,2,5 D) 1,2,6
13) Ertasiga ertalab Nayman ona yana yo’lga tushdi.Uyur bu yerdan xiyla uzoqlashib ketgan edi.Izlab,aylanma yo’llardan ehtiyotkorona o’tib,uzoq yo’l bosdi.Ushbu gapdagi ravishlar sonini aniqlang?
A) 6 B) 7 S) 8 D) 5
14) Qaysi javobda payt ravishlari ko’rsatilgan? 1) bugungi; 2) buguncha; 3) hozirgi; 4) hozirgacha; 5) so’nggi; 6) so’ngra.
A) 2,4,6 B) 1,2,3,4 S) 1,2,3,4,5,6 D) 1,3,5
15) Qaysi javobdagi gapda bir xil turdagi ikkita ravish qatnashgan?
A) Abduqodir bu yerdan tezda chiqib ketish payiga tushdi. B) Ko’p o’tmay hamma ichkariga taklif etildi. S) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar.
D) Ko’p yaxshi o’ylabsiz,ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak.
16) Qaysi qatordagi gapda ravish yasovchi qo’shimcha sifat yasovchi qo’shimchadan keyin qo’shilgan yasama ravish berilgan? A) Mardlarcha yashayman,qo’rqoqlikka yo’l qo’ymayman. B) Qishin-yozin bir xil kiyimda
S) Qiz onasining so’zlariga itoatkorona quloq tutardi. D) Ertaga kutubxonaga boorish kerakligi butunlay yodimdan chiqibdi.
17) Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashmagan? A) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqirilib,katta ziyofat berilibdi. B) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi S) Chol va kampir behad sevinishibdi D) Hammasida ravish qatnashgan
18) Asarning bosh g’oyasi atrofida markazlashgan davlat qurish,insonparvarlik,mehnatsevarlik,tinchlikparvarlik,adolat,ezgulik,halollik,mardlikni sharaflab,qonli janglarni qo’zg’ash,yovuzlik,munofiqlikni qoralash g’oyalari ham ilgari suriladi. Ushbu gapda nechta yasama ot mavjud?
A) 8 B) 9 S) 7 D) 10
19) Qaysi javobda keltirilgan gapda narsa otlari yasovchi qo’shimcha mavjud? A) Zargarlik tarozisi ota meros aslida. B) Mashinada kichkina sovitkich ham bor edi. S) Opasi savatda olma,behi,anor olib kirdi.
D) Baqqollar,nosvoychilar jazirama oftob tig’ida o’tirishardi.
20) Vatan mening jon-u tanim,sajdagohimdir,u menning to’lin oyim,tinch-omonim,izzatim, sharafim, Ka’bam, qiblam hamda gulistonimdir.(A.Fitrat)
Berilgan she’riy parchadagi yasama so’zlar haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang? A) 1ta ot, 2 ta sifat B) 2 ta ot, 2 ta sifat S) 2 ot, 3ta sifat D) 2 ta ot, 1 ta sifat
21) Qaysi javobda quyidagi gapdagi sifatlar haqida noto’g’ri fikr bildirilgan?
Bu bog’lar ichida qizg’ish,nafis,havorang marmardan qurilgan ko’rkam binolar,ko’shklar,kichik saroylar ko’zga tashlanadi. A) gapda sifatlarning tuzulishiga ko’ra ikkita turi ishtirok etgan. B) gapda bitta qo’shma sifat,to’rtta soda sifat mavjud. S) gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi
D) gapda beshta sifat qatnashgan .
22) Har ikkala qismi ham yasama so’zdan hosil bo’lgan juft sifatlar ko’rsatilgan qatorni aniqlang. 1) ilmiy-ommabop; 2) aqlli-hushli; 3)uyma- uy; 4) meva-chevali; 5) qishin-yozin.
A) 1,2,5 B) 1,3,5 S) 2,4,5 D) 1,2
23) O’rin ravishi qaysi gapda ishtirok etgan? A) Jiydazordan hozirgina keldim. B) Yarim kechadan keyin bog’da yotgan Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi. S) Ular yerni kovlab kirolmadilar,lekin bir zumda allaqancha yerni o’yib yuboribdilar. D) Sherqo’ziga nari ketishni buyurdi.
24) Daraja-miqdor ravishi qo’shma fe’lga ergashib kelgan kelgan gapni aniqlang. A) U O’rmonjonga, Bo’taboyga, Kanizakka ko’pdan ko’p salom aytdi. B) Xadicha xola xiyla o’ylanib turdi. S) To’lagan aka zo’rg’a kelgan ekan. D) Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak.
25) Qaysi gapda uch o’rinda yasama ravish ishtirok etgan? A) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so’ng uning tarhini yaxshilab qog’ozga chizajagini aytdi. B) Tinglar edim betinim, uzun tunlar yotib jim.
S) Shu payt uydan- yotog’imizdan bolalar ham birin-ketin ko’zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. D) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo’lmasa ham, ko’nglimga tasalli, o’z-o’zini aldash deysizmi –shularning biri edi.
26) G’afur akaning bola tabiatini juda yaxshi bilardim. Sal narsadan quvonib, sal narsaga mo’lt-mo’lt yosh to’kkanini ham ko’p ko’rganman. Obbo, shu tobda yig’lab yuborsa nima qilamiz? Ushbu parchada nechta ravish turkumiga oid so’z qatnashgan?
A) 3 ta B) 6 ta S) 4 ta D) 5 ta
27) _ Eskirgani uchun orqasi chiribdi,_ deb g’udrandi otasi, bolaning yonidan sal nari yurib,_ endi suvga kiradi. Yigit bo’lib qolding, o’ylagin-da! Erta- indin to’y qilamiz, hademay maktabga borasan. Berilgan parchada nechta ravish qatnashgan? A) 4 B) 5 S) 3 D) 6
28) Qaysi ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini bildiradi? A) qo’qqisdan, to’satdan B) birdan,birdaniga S) qo’qqisdan,to’satdan,birdan D) qo’qqisdan,to’satdan,birdan,birdaniga
29) Ravish ishtirok etgan qatorni belgilang? A) Olimjon jo’rttaga qattiq ovoz bilan gapirdi. B) Zalga shoshib Zunnunoy kirib keldi. S) Moviy osmonda kulrang bulutlar sayr qilmoqda. D) Qiz ona bilan samimiy salomlashdi
30) Ravish tarkibida qaysi egalik qo’shimchalari yaxlitlanib kelishi mumkin?
A) II shaxs birlik qo’shimchalari B) I shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari
S) barcha egalik qo’shimchalari D) III shaxs birlik qo’shimchalari
31) Asosi omonimlik xususiyatiga ega bo’lgan olmosh asosli yasama ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan? A) Yarim kechadan keyin Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi. B) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi. S) Tuxumni xomligicha yutib bo’lmaydi.
D) Kampir o’zicha g’udrandi
32) Orttirma darajadagi yasama sifat egaga bog’langan gapni toping?
A) O’ynab yog’ayotgan qor tip-tiniq shudring tomchisiga aylandi
B) Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi. S) Inson tabiatning eng ongli farzandi.
D) Hozir ular uchun eng bexatar yo’l Toshkent edi.
33) Butunning qismini bildirish uchun ishlatiladigan yasama o’lchov so’z qaysi qatordagi gapda qo'llangan?
A) Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdi. B) Ikki tovoq palov hash-pash deguncha yo’q bo’ldi. S) Non yopish uchun bir quchoq terib keldik. D) Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to’rt piyola choy ichdi
34) Iymon nuri oqib turar, bir gavhar bor qonimizda, ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda. Ushbu parchada so’zlar nechta sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar bilan bog’langan? A) 9 B) 8 S) 7 D) 6
35) Qaysi qatordagi gapda tovush o’zgarishi faqat kelishik qo’shimchalari bilan bog’liq? A) Vatanim, senning yutug’ing menning ham yutug’umdir.
B) Ko’nglim siniq,bo’yim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim.
S) Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi.
D) Sening xayolingmi tonggi shabnamlar, borlig’ingni chulg’ar shirin xayollar.
36) Fe’ldan yasalgan otlar berilgan qatorni toping?
A) uloq, yo’ldosh,pishiqchilik, qarsak B) qisqich, kiyim, tepki, bezak
S) asrdosh, ginachi, suyanish,qurilish D) qahqaha, toshloq, oromgoh,miskar
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling