Motivatsiya haqida umumiy tushuncha Mavzu rejasi


Download 0.86 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1640503
Bog'liq
127475 1-мавзу

Motivatsiya haqida umumiy tushuncha

Mavzu rejasi:

  • Inson faolligi, uning shakllari va determinantlari.
  • Ehtiyoj, motiv va motivatsiyani aniqlash.
  • Ehtiyojlarning klassifikatsiyasi.
  • Motivatsiya modellari.

Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirida namoyon bo’ladi.

  • Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirida namoyon bo’ladi.
  • (M.Davletshin)

  • Faollik - shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir.
  • (Q.Turg‘unov)

  • Faollik - shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir.
  • (V.Karimova)

    Faollik – insonning tevarak-atrof bilan o‘zaro ta`sir jarayonidir.

    (Ensiklopediya)


Inson faolligi

Inson faolligi shakllari


Ixtiyoriy faollik – anglanganligi, aniq maqsadga yo‘nalganligi, nazorat qilinishi bilan farqlanadi.
Ixtiyorsiz faollik – tashqi shart –sharoit ta`sirida, anglanmagan tarzda to‘satdan yuzaga keladi.
Psixik (ichki) faollik – mazmuniga ko‘ra kognitiv, emotsional, irodaviy; anglangan yoki anglanmagan; shaxsiy yoki shaxsiy bo‘lmagan ko’rinishlarga ega.
Tashqi (xulqdagi) faollik – ichki faollikni tashqi faollikka, reallikka ko’chishi.
Passivlik – tashqi reallik subyektga faol ta`sir qilganda uning psixikasi va xulqidagi faollik darajasi nolga teng bo’lgan holat. Hayotda bunday holat kuzatilmaydi.
Reaktivlik – tashqi reallik subyektga ta`sir qiladi, subyektning psixik holati nolga teng bo’ladi, lekin subyektda tashqi reaksiyalar kuzatiladi. Bu bexiviorizmda uchraydi.
Shaxsiy faollik - tashqi reallik subyektga ta`sir qiladi va psixik holatni o’zgarishiga olib keladi. Bu model freydizm va gumanistik psixologiyada uchraydi.
Shartlangan faollik - tashqi reallik subyektga ta`sir qiladi natijada uning tashqi xulqi va ichki holati o’zgaradi, shaxsiy tajriba ortadi. Bu model neofreydizm va faoliyatli yondashuvda uchraydi.
TASHQI FAOLLIKNING MODELLARI
Shaxs faollik darajasini oshiruvchi omillar
Ichki
Fizilogik omillar: ONF tipi, qondagi gormonlar miqdori, vegetative balans, temperament
Psixologik omillar: ustanovkalar, qiziqishlar, motivlar, dunyoqarash, e`tiqod, amalga oshmagan ehtiyojlar.
Tashqi
Faollik motivatsiyasi omillari: ma`naviy va moddiy.

A.Maslouning ehtiyojlar piramidasi


O’z-o’zini qaror toptirish ehtiyoji
Tan olinishga bo’lgan ehtiyoj
Yaqinlik tuyg’usiga ehtiyoj
Xavfsizlika nisbatan ehtiyoj
Fiziologik ehtiyojlar
Jismoniy va ma’naviy rivojlanish uchun kerak bo’lgan ongli zaruriyat
Ehtiyojlar
Qondirilish uslubiga ko‘ra
Individual
Jamoaviy
Qondirilish vositasiga ko‘ra
Moddiy
Ma`naviy
Kelib chiqishiga ko‘ra
Birlamchi, fiziologik
Ikkilamchi, madaniy
Ehtiyoj turlari

Motiv – bu insonni aniq xatti-harakatga olib keluvchi barqaror psixologik kuchdir (Aniq reaksiya). Motivatsiya inson xulq-atvori, uning boshlanishi, yo‘nalganligi va faolligini tushuntiruvchi tashkilotchilikni, yo‘nalganlikni, tashabbus kabi psixologik xarakterdagi omillarni o‘zida mujassamlashtirgan xulq-atvorni psixologik boshqarishning ichki dinamik jarayonidir. Inson faoliyati motivatsiyasida muhim tushunchalardan biri – bu uning xatti-harakatlarining sabablarini tushuntirishdan iborat.


INSONNI NIMA HARAKATGA KELTIRADI
Ehtiyoj (bilish)
Motiv (bilimga egalik)
Maqsad (oliy ma`lumotli bo‘lish)
faoliyat
harakat

Ehtiyoj

Motivlar

Ehtiyoj – tanqis bo`lgan, etishmayotgan narsalar yoki zarar berayotgan narsalardan qutilishgazaruriyati

Agar ehtiyojlar faqatgina psixik faollik jarayonini yaratsa, motiv uni tegishli yo’nalishga yo’naltiradi.

Ehtiyoj – ichki zo’riqish (psixik faollik) sifatida his etiladi, o’y-hayollar, orzu. Bular insonni ehtiyoj predmetini izlashga undaydi, lekin faoliyatni ularni qondirishga yo’naltirmaydi.

Motiv qo’yilgan maqsadga erishish yoki undan qochishga undovchi kuch bo’lib, aniq faoliyatni amalga oshirishni ta`minlaydi. Motiv ijobiy yoki salbiy emotsiyalar bilan kechadi

Motivatsiya modeli (mazmuniy va protsessual)
Ehtiyoj
Qiziqish - Kutuvlar
Motivlar
Xulq-atvor
Maqsad
Natija
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling