Movarolnnahr va xorazmning madaniy hayotida yangi davr


Dars yakunlarini chiqarish


Download 45.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1547365
1   2   3   4
Bog'liq
MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTIDA

Dars yakunlarini chiqarish: 5 daqiqa.
1. O’quvchilar bergan savollarga javob berish;
2. Baholarni e’lon qilish.


Uyga vazifa: 2 daqiqa.
1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash;
2. Mustaqil ishlash uchun berilgan vazifani daftarda tayyorlab kelish.


MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTIDA YANGI DAVR (IX-XIII ASR BOSHLARI)


Madaniy va ma'naviy uyg'onish
IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik hukmronligi tugab, Somoniylar boshqaru-vining qaror topishi bilan madaniy hayot-ning rivoji uchun keng yo'l ochiladi. Movarounnahming madaniy hayotida uyg'onish davri boshlandi.
Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi mar-kaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do'konlari qurilgan. Movaroun-nahr va Xorazm jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk siymolarni o'z bag'rida tarbiyalab kamolotga yet-kazdi.
1004-yil «Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi») —? «Ma'mun akademiyasi» shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Abulxayr ibn Hammor (991-1048), Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tashkil etgan.
1017-yil Mahmud G'aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan so'ng «Dorul hikma va maorif» faoliyati tugatilgan, olimlarning ko'pchiligi G'azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to'g'risida»gi farmoni chiqdi. 2006-yil kuzida Respublikamizda «Xorazm Ma'mun akademiyasi»ning 1000 yilligi nishonlandi.


Abu Nasr Farobiy
Abu Nasr Farobiy 873-yilda Aris suvi-ning Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug"ilgan. U avval ona shahrida, so'ngra Samarqand, Buxoro va Bag'dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan. Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoshk, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan.
U 160 dan ortiq asar yozib, o'rta asr ilm-fan va madaniyatiga ulkan hissa qo'shdi. Bular orasida «Arastuning «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi». «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a'zolari haqida». «Fozil odamlar shahri) va boshqa ko'pgina asarlari muhum ahamiyatga ega bo'lgan. Farobiy Sharqda Arastudan (Aristotel) keyingi yirik mutafakkir — «Muallimus-soniy» nomi bilan shuhrat topdi.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling