Movarolnnahr va xorazmning madaniy hayotida yangi davr


Somoniylar davrida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko'tarilish key inchalik Xorazmning yuksalishi, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi


Download 45.5 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1547365
1   2   3   4
Bog'liq
MOVAROUNNAHR VA XORAZMNING MADANIY HAYOTIDA

Somoniylar davrida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko'tarilish key inchalik Xorazmning yuksalishi, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi.


Abu Ali ibn Sino
Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, fal-safa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o'rganadi. O'n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo'yicha Sharq va G'arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o'rgandi. Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalan Gippokrat va Galen hamda o'rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (865-925)-ning asarlarini puxta o'rganadi.
Ibn Sino o'n yetti yoshidayoq e'tiborli hakim va olim bo'lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansumi davolab tuzatgach, somoniylaming saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir hukmi bilan Gurganch (Urganch) dagi Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037-yilda vafot etadi va Hamadonda dafh etiladi.
Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik «Al-qonun Jit-tib» («Tib qonunlari») nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o'simliklar va dori-darmon-laming xususiyatlari, parhez, inson salomatligi uchun jismoniy tar-biyaning ahamiyati kabi tabobatning g'oyat muhim masalalanga alohida e'tibor berilgan. Uning «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo'llanma sifatida foydalanilgan.
Abu Ali ibn Sino Sharqda «Shayx ur-rais», G'arbda esa «Avisenna» nomlari bilan shuhrat topdi.


Beruniy
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Xorazmning Kat shahrida tug'ilib, Urganchda ta'lim olgan. Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun II saroyida to'plangan olimlar bilan birgalikda Ma'mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G'azna shahriga olib ketiladi va umnning oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048-yilda G'aznada vafot etadi.
Beruniy astronomiya, geografiya, mutematika va tarix fanlari bo'yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hin-diston». «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o'zining astronomiyaga oid asarlarida Kopemikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqi-dagi fikmi o'rta asrlarda birinchi bo'lib il-gari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo'shil-gan ulkan hissa bo'ldi.
Qoraqalpog'istondagi shahar, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat Texnika universiteti Beruniy nomiga qo'yilgan. Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etilgan.

Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling