Movarounnahrning chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayoti”


II.3. CHingiziylar davrida Movarounnahrning an’anaviy boshqaruvidagi o‘zgarishlar


Download 195.97 Kb.
bet9/11
Sana03.11.2023
Hajmi195.97 Kb.
#1744289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Мовароуннаҳрнинг Чиғатой улуси таркибидаги сиёсий ҳаёти

II.3. CHingiziylar davrida Movarounnahrning an’anaviy boshqaruvidagi o‘zgarishlar
Mo‘g‘ullarning jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot yoki din kabi turli sohalarida faol ishtirok etishi imperiyaning barcha hududlarida XII asrning oxiridan tortib XIV asrga qadar kuzatish mumkin. Ushbu hududlarning aksariyatida xonlarning taxt uchun kurashi davlatchilikning turli sohalarida yondashuvlar asosida namoyon bo‘lgan.
Xuddi shunday, Mo‘g‘ullar hukmronligi va uning kengayishi cho‘qqisida Chig‘atoy ulusi xonlari tomonidan ham taxt turli siyosiy usullar hamda yondashuvlar asosida boshqarilgan. Shu sababdan, XIII-XIV asrlarda xonlarning hokimiyatga ko‘tarilishdagi yoki boshqaruvda legitimlikni saqlab qolishdagi siyosiy qarashlari va “o‘yin”lari xususan, diniy qarashlar hususidagi tahlillar ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bo‘lib, bu jarayonlar hususida ma’lumot beruvchi yozma manbalar, nashrlar va tadqiqotlar asosidagi qarashlar bilan xulosalar qilinadi.
Shunday tig‘iz bir vaziyatda ulusning amaldagi yoki bo‘lg‘usi hukmdorlari siyosiy boshqaruvni qo‘lga kiritish maqsadida shakllanib qolgan turli xonadonlarning qarashlariga bo‘lgan yondashuvi orqali yoki mustaqil siyosati paydo bo‘lgan. Manbalarning guvohlik berishicha, XIII asrda allaqachon ulus ichida turli qarashlarga ega guruhlar mavjud bo‘lgan. Ularning har biri bo‘lg‘usi xonlarni homiysi sifatida qo‘llab-quvvatlaganlar. Garchi manbalarda Ulusning dastlabki yillardagi boshqaruvi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa-da, ulus tarixida sodir bo‘layotgan siyosiy holatlar XIII asrning 70-yillaridan manbalarda zikr etila boshlandi. Misol uchun, boshqaruvda diniy qarashlar tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga ko‘proq qaratdi. Bir gurux olimlar islomni ahamiyati Ulus xonlarini hokimiyat boshqaruvidagi o‘rni haqida alohida ahamiyat kasb etgani haqida ko‘p e’tirof etishadi. Lekin Ulusning Movaraunnahrdagi hukmronligi davrida biror diniy tanglik va qarama-qarshiliklar qayd etilmagan. Sharq manbalarining ma’lumot berishicha, Chig‘atoy xonligida birinchi musulmon hukmdori oltinchi xon Muborakshoh (1266) nomi bilan bog‘liq. Uning vorisi Baroq (1266-1271) esa vafoti arafasida, 1270 yilda katta harbiy mag‘lubiyatdan so‘ng islomni qabul qilgani haqida aytiladi. Har ikki holatda ham, bu xonlarning islomiy siyosatiga oid hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Zero, Abu al-G‘oziy Baroqning e’tiqodi davlat boshqaruvida Chig‘atoylarga hech qanday ta’sir qilmaganligini ta’kidlaydi. XIV asrning boshlarida yana bir musulmon xon Baligu (tax. 1308-1309) Chig‘atoy taxtini qo‘lga kiritadi. U o‘zining lashkarboshilari e’tiqodini o‘zgartirishga ko‘p urinadi. Bu siyosat bilan u, o‘zining Duva xonadoni vakili bo‘lmagani tufayli tezda taxtdan ag‘darilishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, islomlashuv siyosati XIV asr boshlarida taxtga da’vogar bo‘lgan Chig‘atoy shahzodasi Yasavur nomi bilan ham bog‘liq. Umuman, muallifi noma’lum hisoblangan “Mu’iz al-ansab” va Rashid ad-Dinning “Shuab-i panjgona” asarida Chig‘atoylar shajarasida ko‘plab shahzodalar muslim sifatida zikr etilgan. Bunda ayniqsa, Tarmashirin avlodlari va undan oldingi ajdodlar orasida Chig‘atoylarning bir nechta shahzodalari allaqachon musulmon bo‘lganligi haqida aniq zikr etilgan. Bu jarayon mo‘g‘ul qo‘mondonlariga ham tegishli edi. Al-Umariy so‘zlariga ko‘ra, Tarmashirin qo‘mondonlari ichida unga qadar ham islomni qabul qilganlari bo‘lgan. Mu’iz al-ansab asarida shuningdek, Kesh hududidan o‘rin olgan Barlos qabilasidan bo‘lgan musulmon Chig‘atoy qo‘mondonlarining to‘liq ro‘yxati ham keltiriladi.
Sharq manbalari ayniqsa, Tarmashirinning o‘z e’tiqodini o‘zgartirishi Movaraunnahrda Chig‘atoy xonligining umumiy islomlashuviga yo‘l ochdi deb ta’kidlaydi. Shunga qaramay, manbalar o‘rtasida Tarmashirin hukmronlik qilgan sana va u boshqargan saltanatining hududiy chegarasi haqida ma’lumotlar aniq emas, bori ham baxsli. Tadiqotda arab, fors va boshqa turdagi manbalarga asoslanib tadqiqot olib boriladi. Jumladan, arab manbalaridan Jamol al-Qarshiyning “Al-Mulhaqot bi-s-Suroh”, al-Umariyning “Masalik al-absar fiy mamalik al-amsar”, Maqriziyning “Kitob-al-mavaiz va-l-i’tibar fi zikr al-xitat va al-asar”, Ibn Battutaning “Sayoxatnoma” asarlari hamda fors manbalaridan Rashid ad-Dinning “Jome’ at-tavorix” solnomasi va “Shuab-i panjgona” va “Nasabnoma-i muluk” asarlari, Yaqub al-Haraviyning “Tarixnoma-i Hirot”, Abdulloh Vassofning “Tarixi Vassof”, Abu al-Qosim al-Qashoniyning “Tarixi O‘ljaytu”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Hafizi Abruning “Majmu at-tavorix”, Mirzo Ulug‘bekning “Ulusi arba’-yi Chingiziy” va “Mu’iz al-ansab” asarlari hamda turkiy (chig‘atoy) tildagi “Tavarix-i guzida-i nusratnoma” asarlari. Shuningdek, mavzuga doir xorijiy va mahalliy tadqiqotlardan foydalaniladi, tahlil etiladi.
Tadqiqotda Chig‘atoy ulusi xonlari, xususan Tarmashirin hukmronligini yoritish orqali xonlik boshqaruvida diniy aspektlarning ahamiyati hususida turli qarashlar, xulosalar taqdim etiladi. Jumladan, yasa qonunlari mo‘g‘ul xonadoni vakillarining g‘ayridinlikni qoralasa-da, nima sababdan xonlarning, xususan Tarmashirinning islomni qabul qilgani haqida turli ya’ni, “uning ulusni islomlashtirish islohotlari tashqi va ichki siyosatga qanday ta’sir qilgan?”, “uning bu qarashlari qanday natijalarga olib kelgan?” kabi savollarga holislik, yetarli tahlilga qaratilgan tarixiy faktlar va voqealarni baholash hamda tanqidiy taxlil qilish, qiyoslash, biografik, xronologik, retrospektiv metodlar asosida xulosalar chiqariladi. Chig‘atoylarning umumiy islomiylashuviga yo‘l ochib bergan Chig‘atoy xoni – Tarmashirin manbalardagi ma’lumotlarni o‘qir ekansiz uning o‘ta sirli shaxs bo‘lgani ayn bo‘ladi. Ayni bir paytda arab va fors manbalarida Chig‘atoy xonadoni vakillari orasida islomning o‘rnatilishi uchun uning islomlashtirilishi muhimligi ta’kidlangan bo‘lsa-da, ba’zi manbalarda bir vaqtning o‘zida Tarmashiringa qarshi qo‘zg‘olon uning aynan islomiy siyosati tufayli kelib chiqqanligi haqida aytilgan. Tarmashirin mashhur Chig‘atoy xoni Duvaning farzandi (1282-1307) va uning o‘limidan so‘ng qariyb 30 yil davomida Chig‘atoy xonligini boshqargan xonadon vorislardan so‘ngisi edi. Tarmashirin 726/1326 yilda Chig‘atoy hukmdori, ukasi Kebek (1318-26/27) tomonidan Afg‘onistonning G‘azna shahriga noib etib tayinlanadi. Kebek vafotidan so‘ng, uning ikki akasi – Eljigidey va Dura Temur Tarmashirindan oldin taxtga o‘tirishdi. Manbalarda u ikkisining taxtni qisqa vaqt davomida boshqargani hususida aytiladi. Mu‘izz al-ansabda bu hususida quyidagicha ma’lumot beriladi: “Tarma-Shirin ibn Duva akasi Dura-Timurning o‘limidan so‘ng 721/1321-1322 yilning oylaridan birida taxtga o‘tirdi. U 727/1326-1327 vafot etdi. Iordaniya xotiralari sanalmish “Sharq mo‘jizalari”da (1328-1330 yillarda yozilgan), hindistonlik rohib chig‘atoy xonlaridan Eljigideyning hukmronlik davri haqida eslatib o‘tiladi. Xotirada Eljigidey hukmronligi davrida Tarmashirin xonlikning g‘arbiy qismini boshqargani hamda uning qarorgohi taxminan Termizda bo‘lgani kabi ma’lumotlar mavjud. Bu davrda Tarmashirin akasi Eljigideyning 1328-1329 yillarda Yuanda jang olib borayotganidan foydalanib taxtni egallamoqchi bo‘lgan. Biroq, Eldjigidey o‘rnini Tarmashirin emas, balki boshqa akasi Dura Temur (1330-1331) egallaydi. Shu bois, 1330 yildagi Yuan xaritasida Chig‘atoy ulusining Sharqiy Turkistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar “Dura Temur yerlari” deb tasvirlangan.
Numizmatik materiallarga ko‘ra, Tarmashirin 731/1330-1331 yillarda o‘z nomidan otasining tamg‘asini davom ettiruvchisi sifatida tangalar zarb ettira boshlaydi. Ammo bu uzoq davom etmagan. Dehli sultoni Muhammad ibn Tug‘luqning Movaraunnahrning din ulamolari, hunarmandlar, askarlar va “shariat dushmanlarining qatag‘onlik xatti-harakati qurbonlari”ni Hindistonga ko‘chib o‘tishga taklifi haqidagi mana shunga ko‘ra bu yil oxirida (1334 yil yoz) Tarmashiringa qarshi qo‘zg‘olon boshlangan. Qo‘zg‘olonni Tarmashirinning jiyani, Dura Temurning o‘g‘li Buzan boshqargan hamda bunda uni Chig‘atoy xonligining sharqiy qismi qo‘mondonlari qo‘llab-quvvatlagan. Tarmashirin G‘aznaga qochishga uringan, ammo 735 yil boshida (1334 yil yoz-kuz) Kesh yaqinida (yoki Naxshabda) tutib o‘ldirilgan. Manbalarga ko‘ra, Tarmashirin Naxshabda (yoki Samarqand) atrofidagi joylardan birida dafn qilingan. Xo‘sh, Tarmashirinning diniy e’tiqodi va islohotining ulus boshqaruvidagi ahamiyati qanday bo‘lgan va u nimalarni ko‘zlagan? Ismiga ahamiyat bersak, unga ko‘ra, Tarmashirin buddist sifatida tug‘ilgan.
O‘z dinini o‘zgartirgandan so‘ng, u ismini Ala ad-Din Muhammadga o‘zgartirib, Sulton al-A’zam (eng yuksak sulton) unvonini qabul qilgan. Tarmashirin Islomni chamasi, 30 yoshlarda qabul qilgan. 24 Biroq, voqea 725/1325 yillarda, ya’ni siyosiy sahnada paydo bo‘lishidan oldin-mi yoki 729 / 1328-29 yillarda Hindistonga tashrifidan so‘ng bo‘lib o‘tganligi aniqlash mushkul. Al-Umariy o‘zining 1340 yil boshlarida bitgan asarida keltirishicha, 725/1325 yildan keyin Chig‘atoy hukmdorlari Islomni qabul qilishni boshlaganlar va Tarmashirin ularning ichida birinchisi bo‘lgan. 25 Ibn Xaldun ham al-Umariyning ma’lumotlarini sarhisob qilar ekan, mazkur jarayon aynan shu yilda bo‘lib o‘tganligini ta’kidlaydi. Ushbu nuqtai nazar ba’zan zamonaviy tadqiqotchilarning ishlarida ham aks etgan. Biroq Dehli sultonining 729/1328-29 yilda Elhoniy Abu Said nomiga yozgan xatini inobatga olsak, bu sana bir oz shubhali. Bois maktubda Muhammad ibn Tug‘luq Abu Saidni Xorosondagi g‘ayridin Chig‘atoy hukmdorlariga qarshi islom nomi bilan kuchlarni birlashtirish kerakligi haqidagi harakatlar zikr etiladi. Maktubda Tarmashirinning nomi uchramaydi, ammo Siddiqiy aytganidek, ehtimol bu uning 729/1328-29 yilda Hindistonga bo‘lgan istilosiga nisbatan munosabati bilan bog‘liq. Shu asosda Siddiqiy Tarmashirin haqiqatan 729/1328-29 yilda dinni qabul qilgan degan xulosaga keladi. Madomiki shunday ekan, Ibn Battuta ta’kidlab o‘tganidek, Tarmashirin uchun Dehli Sultoni bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga va unga qarshi rejalashtirilgan urushning oldini olishda bu ayni muddao edi. Shuni ta’kidlash kerakki, M.N.Fedorov topgan va tadqiqot olib borgan O‘trorga tegishli 729 yilgi noma’lum tangadagi “al-Sulton al-az’am, xallada Allah mulkahu” (Eng buyuk Sulton, Parvardigor uning hukmronligini abadiy qilsin) sharqoniy formulasini Tarmashirin nomi bilan bog‘liq deb ta’riflaydi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, ushbu kungacha Tarmashirin allaqachon musulmon bo‘lgan. Bizningcha, agar Tarmashirin islomni haqiqatan ham 729 yil oxirida qabul qilgan bo‘lsa, Dehli bilan munosabatlarini yaxshilashdan tashqari, u Chig‘atoy ulusi taxtini olish uchun kurashda o‘z imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan harakatlar bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Afsuski, bizda bu haqida tasdiqlovchi dalillar yo‘q.
Albatta, Tarmashirin qachon e’tiqodini o‘zgartirganini hamda uni kim
o‘zgartirganini haqida ma’lumot beruvchi manba yo‘q. Biroq bir nomzod bor-ki, u ham bo‘lsa mashhur Kubraviya tariqati so‘fiysi shayx Yahyo Abu al-Mafaxir Boxarziy (v.e. 1336) nomi bilan bog‘liq. Boxarziy nihoyatda badavlat va Chig‘atoy xonadoni sultonlari hamda hukmdorlari tomonidan katta hurmatga sazovor shaxs bo‘lgan. U XIII asrning o‘rtalarida Oltin O‘rda xoni Berkani (1257-1267) islomni qabul qilishda yordam bergan shayx Sayf ad-Din Boxarziyning nabirasi edi. Binobarin, Berkaxon Islomni qabul qilgan birinchi mo‘g‘ul shahzodasi hisoblanadi. Boharziy tashkil etgan shifoxonada bo‘lgan Ibn Battuta Tarmashiringa yaqin bo‘lgan ikki (noma’lum) din arboblarini eslatib o‘tadi: xon bilan oilaviy rishtalar orqali bog‘langan shayx Xasan hamda O‘trorlik fakih va shayx Husam ad-Din Yog‘iy. Shubhasiz, ikkinchisi xonga aniq ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, Ibn Battuta, u Tarmashirini ko‘z yoshiga qadar qanday tanbeh berganini tasvirlaydi. Lekin na uni, na boshqa biron bir kishini xonning dinini o‘zgartirgan deb hisoblamaydi. Ammo, biz Tarmashiringa ta’sir ko‘rsatgan diniy shaxslar doirasini aniqlashda Ibn Battutaning ma’lumotlaridan foydalanishimiz mumkin. “Shayx” nomi odatda so‘fiylarga ustozlik qilgan shaxslarga tegishli bo‘lib, Xusam ad-Din ham “Xudoning muqaddas xizmatchilaridan biri” sifatida ta’riflangan. U zohidlik ni qabul qiladi. Ibn Battuta Tarmashirinning zikr haqida so‘z yuritishi so‘fiylarning xonga ta’sirini ko‘rsatadi deb yozadi. Ammo Al-Umariyning Movaraunnahrni islomni qabul qilishida imomlar, din ulamolari, shayxlar va sodiq odamlar (atqiya) yoki huquqshunoslar (fuqaho) va darveshlar (fuqaro) yordamida amalga oshirilganligi haqidagi umumiy da’volar so‘fiylarning katta hamkorlik qilganligini anglatishi mumkin.
Umumiy qilib aytganda, Tarmashirinni aynan kim e’tiqodini o‘zgartirgani va bu qachon sodir bo‘lgani aniq bo‘lmasada, ayon bo‘ladiki, u 1331 yilda Chig‘atoy ulusi taxtiga musulmon hukmdor sifatida ko‘tarilgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Tarmashirin musulmon hukmdori sifatida ulusni qanday boshqardi? Natija nimalarga olib keldi? Birinchi navbatda shuni aytish mumkin-ki, Tarmashirin hukmronligi xonlikning tashqi va ichki siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Tarmashirinning yangi e’tiqodi uning Dehli sultonligi bilan munosabatlarini yaxshilashi mumkin edi. Bu, shubhasiz, uning Misr Mamluklari bilan iqtisodiy aloqalarini ham yaxshilagan. U islomni qabul qilganidan so‘ng, Movaraunnahr Misr va Suriya savdogarlari uchun ochiq edi va xon ularga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Shubhasiz, Tarmashirinning shariyat tomonidan ruxsat etilmagan tijorat majburiyatlarini bekor qilishi ushbu savdogarlar (va boshqalar) uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil bo‘lgan. Uning bu siyosati qo‘shni Muhammad bin Tug‘luq va Ilxon Abu Sa’id tomonidan olib borilgan siyosatga to‘g‘ri kelishi mumkin edi. Tarmashirin unchalik yaqin bo‘lishmasa-da, Mamluk sultonligi bilan diplomatik aloqalarni saqlab turdi. Ehtimol, Tarmashirinning murojaati uning boshqa musulmon davlatlari, Elhoniylar va Oltin O‘rda bilan aloqalariga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, biroq bizda bu haqida ma’lumot beruvchi manbalar yoki hujjatlar yo‘q. O‘zining ichki siyosatida Tarmashirin o‘z saltanatining islomiy xususiyatini kuchaytirish uchun ko‘p harakatlarni amalga oshirdi. U ulus bo‘ylab yangi dinni faol ravishda isloh qildi. O‘z qo‘mondonlari va askarlarini dinga chaqirdi hamda musulmon jangchilarni g‘ayridin jangchilari oldida ko‘p ma’qulladi. Shuningdek, u besh vaqt namozni jamoat bo‘lib o‘qishni buyurdi. Ibn Battutaning ta’kidlashicha, Tarmashirinning vorisi xristianlarga ibodatxonalarini qayta qurishga ruxsat bergan. Ammo Tarmashirin misolida cherkovlar va ibodatgohlarning vayron bo‘lishi yoki boshqa monarxlarning manzillarining muhim qismini tashkil etuvchi buddaviylik, ruhoniylarining o‘ldirilishi to‘g‘risida biron bir dramatik tasvir biz bilgan manbalarda keltirilmagan. Zero, buddist va xristian jamoalari, hatto ba’zi yahudiylar uning hukmronligi davrida ulusda mavjud bo‘lgan.
Tarmashirinning diniy sohadagi islohotlari uni mahalliy musulmon fuqarolariga yaqinlashtirdi. U o‘z armiyasiga aholiga zarar yetkazmaslik haqida buyruq berdi va o‘z fuqarolariga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishini va’da qildi. As-Safadiyning qayd etishicha, Tarmashirin akasi boshqaruvi ostidagi biron bir shahar aholisi uning xatti-harakati ustidan shikoyat qilishganda, Tarmashirin ularga moliyaviy badal taklif qilgan. Biroq, ular yanada qattiqroq jazo talab qilishganda, u ularning talabini bajarib, akasini qatl etgan. As-Safadiyning bu yozganlari tarixiy haqiqat bo‘lsa, unda Tarmashirin o‘z fuqarolarining iltimosiga binoan xolislik holatlaridan tashqari o‘z raqiblarini yo‘q qilish uchun bahona sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan.
Yana bir jihat shuki, manbalar ayniqsa Tarmashirinning hukmronligi davrida shariat bilan ish ko‘ragani haqida aytiladi. Biroq, bu siyosat mo‘g‘ullarning Yasa qonunlariga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik edi. Ayniqsa, Chig‘atoylar xonadoni uning ashaddiy qo‘riqchilaridan biri bo‘lganligi hisobga olsak, Tarmashirin, Ibn Battutaning so‘zlariga ko‘ra, Yasaning ma’lum o‘ziga xos qonun-qoidalarini bekor qildi. Ammo as-Safadiyning so‘zlariga ko‘ra, u yasani butunlay bekor qilgan va hatto uni “eng jirkanch siyosiy tizim” deb atagan. Ehtimol, uning bu harakatlari sabab keyinchalik uni taxtdan ag‘dardilar. As-Safadiyning so‘zlariga ko‘ra, Tarmashirin ag‘darilmadi, aksincha o‘z ixtiyori bilan undan voz kechgan. Hukmronligi oxirida o‘ta dindor bo‘lib, u o‘z hukmronligidan voz kechishni va baland tog‘larda yashirinishni afzal ko‘rgan. Biroq, o‘sha joyga yetib borishdan oldin, uni ma’lum bir qo‘mondon qo‘lga olindi va yangi xonning buyrug‘i bilan qatl qilindi. Biroq, bu ma’lumotni boshqa manbalar ta’kidlamaydi. Masalan, Ibn Battuta uni o‘z fuqarolari va qo‘shinlariga nisbatan ma’muriy hamda huquqiy majburiyatlarini vijdonan bajaradigan hukmdor sifatida tasvirlaydi. U ko‘proq ovga qiziqqanini aytadi. Yazdiy, Tarmashirinni taxtdan ag‘dargan Buzan islomni qabul qilmagan chig‘atoylardan bo‘lganiligi, shu sababdan uni to‘ntarish uchun diniy islohotlari hamda yasaga qarshi chiqqanlikdagi ayblovlardan unumli foydalanganligini ta’kidlaydi.
Buzanni “buzuq va yovuz musulmon” deb ta’riflagan Ibn Battuta Buzan va Tarmashirin o‘rtasidagi qarama-qarshilikning sabablarini aniqroq keltirib o‘tadi. Tarmashirin Chingizxon asos solgan yasani bekor qildi, har yili o‘tkaziladigan, ya’ni xonni qoldirish yoki ag‘darish huquqiga ega bo‘lgan shahzodalar va zodagonlar yig‘ini hisoblangan qurultoyni amalda yig‘madi. U o‘zining sharqiy hududlarini va ayniqsa Ili daryosidagi Chig‘atoylarning sobiq poytaxti Olmaliqni to‘rt yil davomida ya’ni, uning butun hukmronligi davrida biror martta ham yo‘qlamagan. Shu tufayli qo‘zg‘olon muqarrar edi. Biroq, Tarmashirin taqdirini oydinlashtiradigan boshqa omillar ham bor. Birinchidan, Tarmashirin hukmronligining boshidanoq omadsiz holatda edi. U Duva xonadonining oxirgi vakili edi. Bu barcha sobiq xonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodlari taxtga bu xonadon vakillarini tugatib yangilari uchun ayni imkoniyat mavjudligini anglatardi.
Darhaqiqat, uni ag‘dargan ham Dura Temurning o‘g‘li Buzan edi va uning qatorida Tarmashirinning boshqa jiyanlari bor edi, masalan, Kebekning o‘g‘li Yangi, Ebug‘onning o‘g‘illari Jankeshi va Yesu Temur. Tarmashirinni hokimiyatdan chetlatilishi, as-Safadiyning biz yuqorida aytib o‘tgan zikri bo‘lsa, ikkinchisiga ko‘ra, Tarmashirin mo‘g‘ullarni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur etganida edi. Ya’ni, u ko‘chmanchilikdan ko‘ra ko‘proq o‘troq hayot tizimini ma’qulladi. Bu ham yasaning navbatdagi zid qonunlaridan biri edi. Darhaqiqat, Ibn Battutaning Samarqand, Balx, G‘azna va Marvda tasvirlangan vayronagarchiliklari, shuningdek, 1326 yil Buxoroda bo‘lib vayronagarchiliklarga tez-tez murojaat qilinishi Chig‘atoy ulusida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish zarurligini anglatar edi.
1326 yilga kelib, Chig‘atoylarning bir qancha amirlari Buxoro yaqinidagi yerlarga yoki bog‘larga egalik qilishgan, ammo bu ularning qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanganligini anglatmaydi, albatta. Umuman olganda, Chingizxondan keyin yuz yil o‘tgach, mo‘g‘ullarning qishloq xo‘jaligiga munosabati avvalgidan ancha murakkablashdi. Ammo, agar as-Safadiy haq bo‘lsa va Tarmashirin Chig‘atoylarni tuproqni o‘stirishga majbur qilgan bo‘lsa, uning bu siyosati o‘z joniga qasd qilish bilan barobar edi.
Shunday qilib, Tarmashirinni taxtdan ag‘darish uchun bir nechta sabablar bor edi. Va bularning barchasi uning dini yoki hatto diniy siyosati bilan bog‘liq emas. Uning yasa bilan munosabati, oilaviy holati va qishloq xo‘jaligi siyosati uyg‘unligi yetarlicha kuchli bo‘lar edi hamda ko‘pchilik raqiblarining xonlikning sharqiy qismida alohida geografik bazaga ega ekanligi, shubhasiz, unga yordam bermadi. Shuning uchun Tarmashirin ag‘darilgani ajablanarli emas. Buzanning qisqa hukmronligidan so‘ng taxtga Jenkeshi o‘tirdi. U aksincha Olmaliqdagi xristianlarga xayrixoh bo‘ldi. Natanzi uni dindor buddist sifatida tasvirlaydi. Biroq uning davrida zarb etilgan tangalarda u islomiy nomi bilan uchraydi. Buddist ruhoniylarining tavsiyalariga binoan Jenkeshi ko‘plab budda ibodatxonalarini qurdi va har bir masjidga butlar o‘rnatdi. Buning ajablanarli tomoni shundaki, qisqa vaqt hukmronlik qilganiga qaramay, unga qarshi to‘ntarish uning saltanatidagi islomlashuvni o‘zgartira olmadi. Xulosa tariqasida aytish mumkin-ki, ko‘chmanchi mo‘g‘ullar hech qachon yagona dunyoviy va umumbashariy din yaratmagan, balki mafkuraviy va madaniy, shuningdek iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror jamiyatlarga tayangan. Ko‘chmanchilarning o‘troq jamiyatlarga iqtisodiy qaramligi va ularga siyosiy moslashuvning turli usullari, tegishli mafkuraviy oqibatlarga olib kelgan. Ko‘chmanchi iqtisodiyotni qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan to‘ldirish kerak bo‘lganidek, ko‘chmanchi madaniyati ayniqsa siyosiy mafkuralar, shu jumladan diniy mafkuralar bilan bog‘liq bo‘lgan davrlarda, taqqoslash, taqlid qilish yoki rad etish uchun ko‘chmanchi madaniyatlar manba, tarkibiy qism yoki shu tusdagi modelga muhtoj bo‘lishgan. Bu siyosat Chig‘atoy ulusining keyingi rivojlanishi kerak bo‘lsa, boshqaruvni qo‘lda saqlab qolishi, mahalliy xalqning simpatiyasiga erishishi va eng muhimi taxtga qonuniy egalikni (legitimlikni) saqlab qolishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, tariximizda Mo‘g‘ullar sulolasi va ularning istilolari hamda Chig‘atoy ulusi, uni tashkil topishi, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy sohalarni rivojlanishi va Movarounnahrga tasirini yoritib berilishiga harakat qilindi. Mazkur ish asosan mo‘g‘ullarning XII – XIV asrlardagi hayotini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yortilishiga hissasini qo‘shadi. Mo‘g‘ullar haqida manba va adabiyotlar tahlili, ushbu davr ustida faoliyat olib borgan olimlar hamda ularning ishlari, turli tillarda yozilgan manbalar haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Bundan tashqari bu jarayonda mo‘g‘ullarning Movaraunnahr va Turon zaminga yurushlari davomida olib borilgan jarayonlar, urushlarda xalqning vatanparvar shaxslari ko‘rsatgan fidoyilik, dushmanga qarshi nafrat, yuksak vatanparlik g‘oyalarini tarannum etuvchi insonlar e’tirof etildi. Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi kurashda musulmonlarning suyangan tog‘i edi. Biroq, uning davlati musulmon hukmdorlari o‘rtasidagi ichki ziddiyatlar tufayli zavol topdi. Uning bemahal halokati tufayli esa islom dunyosi boshiga mo‘g‘ul bosqinchilarining yangi-yangi kulfatlari yog‘ildi.
Chingizxon o‘zi yaratgan ko‘plab imperiyani boshqarishdagi tartib-qoidalari farzandalari davrida qattiq rioya etildi. Biroq ularning vafotidan ko‘p ham o‘tmay imperiyada bosh-bashdoqlik sezildi. Bunda aynan Botu bilan Tulu va O‘qtoy hamda Chig‘atoy xonadonlari o‘zaro hamkorlikda bir-birlariga qarshi chiqa boshladilar. Bu esa tomonlarning ko‘proq yutuqlarga ega bo‘lishi ilinjida kerak bo‘lsa avlodlar qadriyatidan ham voz kechish holatiga shuningdek, uluslarning ichki hayotiga bilvosita aloqador bo‘lgan boshqaruvini amalga oshirish tomon zamin tayyorladi.
Chingizxon va uning davomchilari o‘z davri va undan keyingi hukmdorlar uchun o‘ziga xos boshqaruv tizimini meros qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mo‘g‘ullar buyuk va qudratli davlat tuza oldi. Amir Temur ham mo‘g‘ullarning qonuni yasoq qonuni asosida davlat boshqaruv ishlarida foydalangan. Bu jarayon uzoq vaqtlar davom etgan. O‘z fikrimizning tasdig‘i sifatida dastlab Chingizxon o‘zi yaratgan ko‘plab imperiyani boshqarishdagi tartib-qoidalari farzandlari davrida qattiq rioya etildi. Biroq ularning vafotidan ko‘p ham o‘tmay imperiyada bosh-bashdoqlik sezildi.
Mo‘g‘ullarning jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot yoki din kabi turli sohalarida faol ishtirok etishi imperiyaning barcha hududlarida XII asrning oxiridan tortib XIV asrga qadar kuzatish mumkin. Ushbu hududlarning aksariyatida xonlarning taxt uchun kurashi davlatchilikning turli sohalarida yondashuvlar asosida namoyon bo‘lgan.
Xuddi shunday, Mo‘g‘ullar hukmronligi va uning kengayishi cho‘qqisida Chig‘atoy ulusi xonlari tomonidan ham taxt turli siyosiy usullar hamda yondashuvlar asosida boshqarilgan. Shu sababdan, XIII-XIV asrlarda xonlarning hokimiyatga ko‘tarilishdagi yoki boshqaruvda legitimlikni saqlab qolishdagi siyosiy qarashlari va “o‘yin”lari xususan, diniy qarashlar hususidagi tahlillar ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bo‘lib, bu jarayonlar hususida ma’lumot beruvchi yozma manbalar, nashrlar va tadqiqotlar asosidagi qarashlar bilan xulosalar qilinadi.
Ko‘chmanchi mo‘g‘ullar hech qachon yagona dunyoviy va umumbashariy din yaratmagan, balki mafkuraviy va madaniy, shuningdek iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror jamiyatlarga tayangan. Ko‘chmanchilarning o‘troq jamiyatlarga iqtisodiy qaramligi va ularga siyosiy moslashuvning turli usullari, tegishli mafkuraviy oqibatlarga olib kelgan. Ko‘chmanchi iqtisodiyotni qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik bilan to‘ldirish kerak bo‘lganidek, ko‘chmanchi madaniyati ayniqsa siyosiy mafkuralar, shu jumladan diniy mafkuralar bilan bog‘liq bo‘lgan davrlarda, taqqoslash, taqlid qilish yoki rad etish uchun ko‘chmanchi madaniyatlar manba, tarkibiy qism yoki shu tusdagi modelga muhtoj bo‘lishgan. Bu siyosat Chig‘atoy ulusining keyingi rivojlanishi kerak bo‘lsa, boshqaruvni qo‘lda saqlab qolishi, mahalliy xalqning simpatiyasiga erishishi va eng muhimi taxtga qonuniy egalikni saqlab qolishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.



Download 195.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling