Movarounnahrning chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayoti”


Download 195.97 Kb.
bet2/11
Sana03.11.2023
Hajmi195.97 Kb.
#1744289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Мовароуннаҳрнинг Чиғатой улуси таркибидаги сиёсий ҳаёти

Tadqiqotning maqsadi movarounnahrning Chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayotidagi o‘rni masalasini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:

  1. XIII asr birinchi yarmida Movarounnahr va Chig‘atoy ulusining tashkil topishi masalalarini koʻrib chiqish;

  2. Chig‘atoy ulusi nisbiy mustaqil davlat sifatida tarixini yoritish

  3. Movarounnahrdagi siyosiy jarayonlarda mahalliy amirlar o‘rni masalasini yoritish

  4. Chig‘atoy ulusining maʼmuriy-hududiy tuzilishi tarixini tahlil qilish

  5. Chingiziylarda markaziy idora usuli va uning Markaziy Osiyo hududlarida joriy etilishi masalalarini koʻrib chiqish

  6. Chingiziylar davrida Movarounnahrning anʼanaviy boshqaruvidagi oʼzgarishlar tarixini ochib berish

Tadqiqotning davriy chegarasi. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi, mustaqil davlat sifatida shakllanish tarixini, ya’ni XIII asr dastlabki davri va Movoraunnahrda Amir Temurning hukmronliki o‘rnatilishigacha bo‘lgan davrni – XIV asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Muammoning oʻrganilganlik darajasi va manbaviy asosi.
XIII asrdagi mo‘g‘ul istilosi shu davr kishilari hamda ularning yaqin avlodlari shuuriga shu qadar ta’sir o‘tkazdiki, mo‘g‘ul xalqini va uning tarixini o‘rganish deyarli istilo bilan bir paytning o‘zida boshlanib ketdi. Kutilmagan fojiaga yo‘liqqan Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari xalqlari – arab, fors, rus, arman, gruzin, lotin, polyak, xitoy, venger, nemis kabi tillarda mo‘g‘ul yurishlari, ularning jang olib borish usullari, mo‘g‘ul qo‘shini tuzilishi, odamlarni shafqatsiz va ommaviy tarzda qirish, vayron etilgan shahar-qishloq, buzib tashlangan kanallar, bog‘-rog‘lar haqida chuqur afsus bilan yozilgan xabarlar ko‘p. Istilodan so‘ng o‘rnatilgan mo‘g‘ullar boshqaruv tizimi haqidagi ma’lumotlar ham o‘ta muhim. Mo‘g‘ullar dunyoqarashi, turmush tarzi xususida mufassal xotiralar hamda hikoyalar ham diqqatga sazovor. Mazkur manbalarning o‘ziga xosligi shundaki, zabt etilgan mamlakatlarning bu mavzuda yozgan barcha mualliflari hamda ularning yaqin avlodlari o‘zlari guvoh bo‘lib yoki ota-bobolaridan eshitganlari haqida yozar ekanlar, mo‘g‘ul istilosini xalqlar qismatiga tushgan buyuk bir musibat sifatida turlicha baho berganlar. Holbuki, mualliflarning ba’zilari sharoit taqazosi bilan mo‘g‘ullar xizmatida turgan holda ular tarixining guvohi sifatida ijod qilganlar. Ibn al-Asir (1160-1234), Abul-Fazl ibn Muhammad Jamol ad-din Al-Qarshiy (1234-1301), Juvayniy (1226-1283), Fazlulloh Rashid ad-din (1247-1318), kabi tarixchi olimlar shular jumlasidandir.
Movarounnahrning Chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayotidagi o‘rni masalasini o‘rganishda arab, fors va boshqa turdagi manbalarga asoslanib tadqiqot olib boriladi. Jumladan, arab manbalaridan Jamol al-Qarshiyning “Al-Mulhaqot bi-s-Suroh”, al-Umariyning “Masalik al-absar fiy mamalik al-amsar”, Maqriziyning “Kitob-al-mavaiz va-l-i’tibar fi zikr al-xitat va al-asar”, Ibn Battutaning “Sayoxatnoma” asarlari hamda fors manbalaridan Rashid ad-Dinning “Jome’ at-tavorix” solnomasi va “Shuab-i panjgona” va “Nasabnoma-i muluk” asarlari, Yaqub al-Haraviyning “Tarixnoma-i Hirot”, Abdulloh Vassofning “Tarixi Vassof”, Abu al-Qosim al-Qashoniyning “Tarixi O‘ljaytu”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Hafizi Abruning “Majmu at-tavorix”, Mirzo Ulug‘bekning “Ulusi arba’-yi Chingiziy” va “Mu’iz al-ansab” asarlari hamda turkiy (chig‘atoy) tildagi “Tavarix-i guzida-i nusratnoma” asarlari. Shuningdek, mavzuga doir xorijiy va mahalliy tadqiqotlardan foydalaniladi, tahlil etiladi.
Bundan tashqari Juvayniyning “Tarixi jahonkushoy”, Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk”, Nasaviyning “Al –komil fit - tarix”, “Siyrat as -sulton Jaloliddin Mankburni” shu va boshqa bir qancha olimlar o‘z asarlarida yozib qoldirgan. Ushbu ishning tarixshunosligiga oid juda ko‘plab asarlar bo‘lib, ular, Bosvortning “Musulmon sulolalar tarixi”, B. Ahmedov “Tarixdan saboqlar”, Iso Jabborovning “Buyuk Xorazmshohlar”, Eshov “O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi”, Sagdullayev A, Mavlonov O‘ “O‘zbekistonda davlat boshqaruv tarixi”, Akbar Zamonovning “O‘rta asr tarixiy shaxslarining ayrim noma’lum sahifalari” boshqa ko‘plab asarlarda ushbu ish tadqiq etilgan.
Mavzuga oid tadqiqotlar natijalari va ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, koʻchmanchi chorvador massaget qabilalarining tarixi alohida tadqiqot ob’ekti sifatida yetarli darajada oʻrganilmagan va umumlashtirilmagan.

Download 195.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling