Movarounnahrning chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayoti”


Download 195.97 Kb.
bet1/11
Sana03.11.2023
Hajmi195.97 Kb.
#1744289
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Мовароуннаҳрнинг Чиғатой улуси таркибидаги сиёсий ҳаёти


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


Qo‘lyozma huquqida
UDK: 001.32(02)(32.1)


QURYAZOV IZZAT BAXRAMBOYEVICH

MOVAROUNNAHRNING CHIG‘ATOY ULUSI TARKIBIDAGI SIYOSIY HAYOTI”


70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) mutaxasisligi


Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTATSIYASI


Ilmiy rahbar: ____________________ t.f.n., dots. Sh.Q. Nurillayeva


Tarix kafedrasi mudiri:__________________DSc., dots. U.I. Abdullayev


Urganch – 2023 yil


MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3
I BOB. CHIG‘ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI JARAYONIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYAT
I.1. XIII asr birinchi yarmida Movarounnahr va Chig‘atoy ulusining tashkil topishi..................................................................................................................9
I.2. Chig‘atoy ulusi nisbiy mustaqil davlat sifatida………………………….17
I.3. Movarounnahrdagi siyosiy jarayonlardamahalliy amirlar roli…………..25
II BOB. CHINGIZIYLAR DAVRI MAʼMURIY- BOSHQARUV TIZIMI VA BOSHQARUVDA YUZ BERGAN O‘ZGARISHLAR II.1. Chig‘atoy ulusining maʼmuriy-hududiy tuzilishi………………………..40
II.2. Chingiziylarda markaziy idora usuli va uning Markaziy Osiyo hududlarida joriy etilishi……………………………………………………….53
II.3. Chingiziylar davrida Movarounnahrning anʼanaviy boshqaruvidagi o‘zgarishlar…………………………………………………………………….66
XULOSA............................................................................................................78
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘ YXATI...............................80


KIRISH
Mavzu dolzarbligi: Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng tariximizga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Zero o‘z o‘tmishini yaxshi bilgan undan to‘g‘ri xulosalar chiqargan xalqgina kelajak sari xotirjam qadam tashlay oladi. Mustaqillik yillarida tariximizga bo‘lgan e’tibor hukumat darajasigacha ko‘tarildi desak aslo xato bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyuldagi – O‘z FA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaroridan so‘ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e‘tibor berish, qo‘yilgan muammolarni soha mutaxassislari tomonidan hal etilishi, mavjud muammolar yechimini ilmiy asoslash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz birinchi prezidenti I.A. Karimov O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab vatanimiz tarixini qaytadan tiklash ishlariga shaxsan bosh-qosh bo‘lganlariga tarix guvoh. Bu borada birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning 1998-yilda bir guruh tarixchi-olimlar bilan qilgan suhbatida tarixchi-olimlarimiz oldiga bir qator ilmiy-nazariy va amaliy dolzarb muammolarni hal etish vazifasini qo‘ygan edi. Bu uchrashuvdan keyin tarixchi-olimlarning mas‘uliyatlari yanada oshdi. Shu jihatdan Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, tarix fanining muhim mavzulari boʻyicha ilmiy izlanishlarni tashkil etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, “ xalqlarimizning boy madaniy merosini chuqur oʻrganish, turli tadqiqotlar olib borish hamda jahon miqyosida targ‘ib qilish katta ahamiyatga ega”. Bu, oʻz navbatida, turlicha yangi ilmiy-amaliy vazifalarni echish zaruratini talab etmoqda.
Davlatchilik va boshqaruv tarixining iqtisodiyot bilan bog‘liqligi shundaki, iqtisodiy fanlar jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqaruvchi xo‘jalik sohalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishini, moliya masalalarini, jumladan, dehqonchilik, hunarmanchilik, mahsulot ayirboshlash, tovar pul munosabatlari, soliqlar tizimi, savdo-sotiq tarixi kabilarni tadqiq etishda o‘ta muhimdir. Shuningdek, davlatchilik va boshqaruv tarixini o‘rganishda siyosatshunoslikning ham ahamiyati beqiyosdir. Ma’lum bir davlatning taraqqiyoti yoki tanazzuli o‘sha davlatda olib borilgan siyosatga bog‘liqligi sir emas. Undan tashqari, turli davrlardagi norozilik harakatlari, bosqinchiliklar, qo‘zg‘olonlar va urushlar tarixi ham siyosat bilan bevosita bog‘liqdir. Shuningdek, davlatchilik va boshqaruv tarixini o‘rganishda sotsiologik tadqiqotlaming ham ahamiyati kattadir. Sotsiologiya fani mavjud jamiyatni bir butun yaxlit holatda, uyushgan tizim sifatida tadqiq etadi hamda mavjud jamiyat a’zolarining davlatga bo‘lgan turli munosabatlarini, ularning mavjud davlat haqidagi mulohazalarini o‘rganadi.
Xullas, barcha davlatlarda bo‘lgani kabi o‘zbek xalqi davlatchiligi va boshqaruvi tarixini tadqiq etish ham turli fan sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bir umumiy geografik mintaqa – O‘rta Osiyoda yashab kelgan qo‘shni xalqlar, elatlar va qabilalarni bir-biriga yaqin bo‘lgan madaniyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlar, umumiy va madaniy etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham qadimgi davrlardan boshlab O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri bir-biriga uzviy bog‘langan. Shu bois Movarounnahrning Chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayoti, ulusning tashkil topish jarayonlari, ma’muriy-hududiy bo‘linishlari, boshqaruv tizimida mahalliy amaldorlarning o‘rni kabi masalalarini koʻrib chiqish va umumlashtirilgan holda xulosalar chiqarish mintaqa tarixini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini beradi.
Yuqorida qayd qilingan muammolarning ilmiy echimini topish uchun ushbu mavzu tanlab olindi.

Download 195.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling