Movarounnahrning chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayoti”


Tadqiqotning nazariy uslubiy asoslari


Download 195.97 Kb.
bet3/11
Sana03.11.2023
Hajmi195.97 Kb.
#1744289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Мовароуннаҳрнинг Чиғатой улуси таркибидаги сиёсий ҳаёти

Tadqiqotning nazariy uslubiy asoslari. Mavzuni o‘rganish jarayonida yangicha fikrlash, hamda ilmiy tafakkurning umumbashariy tamoyillariga, bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘zaro dialektik aloqadorlikda deb qarashga asoslanildi. Mavzuni yoritishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga, milliy mafkura nuqtayi nazaridan yondashishga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqotda tarixiylik, xronologik uzviylik, tarixiy-qiyosiy tahlil metodlariga amal qilindi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagi holatlar bilan asoslanadi:
− Movarounnahrning Chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayoti tarixining o‘rganilishi natijalari hamda fanlararo (manbashunoslik, arxeologiya va numizmatika, tarixiy toponomika, tarixiy geografiya va etnik kartografiyasi) ma’lumotlariga tayangan holda mavzuning nazariy va ilmiy-amaliy jihatlari ochib berilgan;
− XIII asr birinchi yarmida Movarounnahrda Chig‘atoy ulusining tashkil topishi, nisbiy mustaqil davlat sifatida shakllanishi natijasida hududning siyosiy hayotida tubdan o‘zgarishlar bo‘lganligi va keyingi vujudga kelgan davlatlarning davlatchilik, boshqaruv tartiblarida ham buni ta’siri katta bo‘lganligi aniqlangan;
− tarixiy manbalar taxlili asosida Movarounnahrning Chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
− Mo‘gul chorvador xalqlari va oʻtroq vohalar ziroatkorlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar hamda siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning oʻzgarishi, tashqi migratsiyalarning O‘rta Osiyo etnomadaniy tarixi rivojiga ta’sir koʻrsatishi, siyosiy, harbiy, moddiy va ma’naviy madaniyatda transformatsion oʻzgarishlarga imkon berganligi ochib berilgan.
Mavzuning amaliy ahamiyati. Tadqiqot mazmunini qamrab olgan tarixiy ma’lumotlar O‘zbekiston va Xorazm tarixini XIII asrning dastlabki choragini qamrab olgan bo‘limini yoritishda nazariy manba bo‘ladi. Shuningdek, Urganch davlat universiteti Tarix fakultetining “Tarix” guruhlari talabalari ishtirokida tashkil etilgan Tarix to‘garaklarida mavzular tayyorlash jarayonida tarixiy ma’lumotlar qo‘l kelishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim maktablarining 7 sinf o‘quvchilarining O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida mavzu materiallaridan foydalanishdan xoli bo‘lmaydi.
Mavzu tuzilishi: Kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


Download 195.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling