Movarounnahrning chig‘atoy ulusi tarkibidagi siyosiy hayoti”
II.2. Chingiziylarda markaziy idora usuli va uning Markaziy Osiyo hududlarida joriy etilishi
Download 195.97 Kb.
|
Мовароуннаҳрнинг Чиғатой улуси таркибидаги сиёсий ҳаёти
II.2. Chingiziylarda markaziy idora usuli va uning Markaziy Osiyo hududlarida joriy etilishi
1203 yildayoq mug‘ullar davlatida hali bir tizimga ega bo‘lmagan qonunlar to‘plami vujudga kelib, u o‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihatlar) larni jamlagan edi. “Buyuk yasoqlar” yoki Chingizxon yasoqlari (mug‘ullar - zasoq, yosun) “qoida”, “qonun” degan ma’noni anglatadi. Yasoqlar to‘la holatida 1206 yilgi mug‘ul zodagonlari qurultoyida qabul qilinib, 1218 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va 1225 yilda so‘nggi marta tahrir qilinadi. Juvayniy ma’lumotlariga ko‘ra, yasoqlar uyg‘ur yozuvida tumorlarga (o‘rog‘li qog‘ozlarga) yozilgan bo‘lib, “Yasoqlarning buyuk kitobi” (“Yasanomai buzurg”) deb nomlangan. Bu qog‘oz o‘ramlari nisbatan obro‘li bo‘lgan shahzodalarda saqlangan. Yasoqlarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan. Uning ayrim qismlari qisqartirilgan holda Juvayniy, Rashididdin, Vassaf, Ibn Batuta, Abul Faraj, Makriziy asarlarida uchraydi. “Yasoq” qonunlari mug‘ullarning qadimiy urf-odatlari, an’analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keslcin va juda qattiq ohangda, patriarxal tuzumni o‘zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. “Yasoq” qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quydagicha bo‘lgan: 1. Hukmdor (xon) “yasoq”qa qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmaydigan bo‘lsa, xonni umrbod qamash mumkin bo‘ladi. 2. Chingizxon mug‘ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to‘la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi. 3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo‘lganliklari uchun ham, urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim. 4. Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash. 5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga butkul rahm-shafqat qilmaslik. O‘rta asrlar tarixi tadqiqotchilaming ma’lumotlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Chingizxon qonunlarining asosiy maqsadi feodallashayotgan davlat talablariga javob beradigan huquqning yangi tizimini tashkil etish edi. Yasoqlarga rioya qilish nafaqat davlatdagi har bir fuqaroning, balki xonlaming ham majburiyati edi. Ta’kidlash joizki, Yasoqlar asosan ko‘chmanchi hayot turmush tarzini ifoda etgan. Mug‘ullar tomonidan bosib olingan ko‘pgina hududlar, xususan, qadimdan o‘zining huquqiy an’analariga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqdarini yangi qonunlarga bo‘ysundirish nihoyatda og‘ir edi. Chunki, asrlar davomida o‘troq madaniy hayot kechirgan xalqlar ko‘chmanchilar an’analarini qabul qila olmas edilar. Yasoqlarda ijtimoiy-xo‘jalik va madaniy hayotning ko‘pgina tomonlari o‘z aksini topmagan, ayrim qoidalar esa musulmon diniy huquqlari va mahalliy aholi an’analarni inkor etar edi. Shuning uchun ham Yasoq tarafdorlari va mahalliy aholi o‘rtasida ko‘plab to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Mug‘ul bosqini, umuman olganda O‘rta Osiyodagi ijtimoiy tuzimni o‘zgartira olmagan bo‘lsa-da, ko‘p hollarda dasht an’analarining jonlanishiga yo‘l ochib berdi va ko‘pchilik bo‘ysungan xalqlaming siyosiy va xo‘jalik hayotiga yangi yo‘nalishlarni olib keldi. Mug‘ullar tomonidan barpo etilgan imperiyaning davlat boshqaruvi borasida imperiya xon urug‘ining xususiy mulki, degan qarash hukmron edi. Davlat boshqaruvi dagi bu o‘ziga xoslikni o‘z vaqtida Juvayniy shunday ta’riflagan edi: “Tashqaridan qaraganda boshqaruv va mamlakat bitta shaxsga ishonib topshirilgan bo‘lsa-da, aslida o‘sha shaxsning barcha ota tomonidagi qarindoshlami (erkaklar) erlarga va umumiy boylikka birgalikda egalik qiladilar”. O‘rta asrlar manbalarida mug‘ul jamiyatidagi xon hokimiyati umumiy ko‘rinishda qo‘yidagicha beriladi: ona o‘z bolasiga g‘amxo‘rlik qilgani kabi, xon ham o‘z qaramog‘idagilarga va qo‘shinlarga g‘amxo‘rlik qilishga majbur. Uning qaramog‘idagilar va qo‘shinlar esa, hukmdorni o‘z otasi deb hisoblaydilar. Shuningdek ular hukmdorga sidqidildan buysunishlari, xoinlik qilmasdan xizmat qilishlari hamda uning hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z jonlarini qurbon qilishga rozi bo‘lishlari lozim. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak mug‘ullar davlatida xon hokimiyatinng quyidagi huquq va vazifalari bor. 1. Xon hukmdor urug‘ining boshlig‘i va qaram vassallar hukmdori sifatida butun mamlakat, uluslarga tegishli hududlar ustidan oliy huquqqa ega bo‘lib, uning asosiy vazifasi - mamlakatni tashqi dushmanlardan qurolli himoya qilish edi. 2. Xon urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqiga ega bo‘lib, mamlakat qo‘shinlarining oliy boshlig‘i edi. 3. Xon boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega bo‘lib, mamlakatning tashqi siyosiy aloqalarini ham boshqargan. 4. Xon o‘z qaramog‘idagilarni qatl etish va omon qoldirish huquqiga ega bo‘lib, mamlakatdagi bosh qozi vazifasini ham bajargan. 5. Xon qonunlar chiqarish hamda jamiyatning barcha a’zolari bajarishi lozim bo‘lgan farmonlar chiqarish huquqiga ega bo‘lib, jamoat tizimi va tartibni saqlash vazifasini bajargan. Boshqaruvning qadimgi mug‘ul an’analariga ko‘ra, davlatdagi oliy hokimiyat xon qo‘lida bo‘lgan. Oliy hokimiyat huquqini beruvchi yagona manba - oltin urug‘ (Altan urug) hohishi bo‘lib, oltin urug‘ o‘z xohish - istagini shahzoda va aslzodalaming Qurultoyida ifoda etgan. Oltin urug‘ning har qanday a’zosi o‘z fazilatlari bilan shahzodalar va oliy aristokratiya tomonidan xon bo‘lishga lozim topilsa, xon bo‘lib saylangan. Mug‘ul jamiyatida noiblar, zodagonlar va aslzodalar turli-tuman unvonlar berish ta’qiqlangan. Chingiziylar davlatida harbiy aslzodalar ko‘p bo‘lib, Chingizxonning o‘zi ham, undan keyingi mug‘ul xonlari ham ularni xon va davlat oldidagi hizmatlari uchun taqdirlab turganlar. Bunday taqdirlanganlar tarxon deb atalgan. Ular turli soliqlardan ozod qilingan bo‘lib, ov paytida va urushlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalar ularning shaxsiy mulki hisoblangan. Mug‘ilistonning o‘zida va saltanatning sharqiy qismlarida Chingiziylar xonadoni shahzodalari dastlab kobegun, keyinchalik tayji deb atalgan. Chingiziylar davlatining g‘arbiy qismida shahzodalar boshqacha atalgan. XIII-XIV asrlar musulmon mualliflariasarlarida dastlabki Chingiziylar shahzoda, podshozoda yoki oddiy forscha pisar (o‘g‘il) deb atalgan bo‘Isa, g‘arbiy chingiziylarning uchinchi, to‘rtinchi va keyingi avlodlari turkcha o‘g‘il (ogul), o‘g‘lon (oglan) (odatda shahzodaning nomidan keyin) sifatida tilga olinadi. Yuqorida eslatganimizdek, XIV asrdan boshlab (ayniqsa g‘arbiy Chingiziylarda) nisbatan keng tarqalgan shahzodalar unvoni sulton hisoblanadi. Xullas, Chingizxon asos solgan saltanat Markaziy Evropadan Yapon dengizigacha, O‘rta Er dengizidan Hindixitoygacha bo‘lgan ulkan hududni o‘z ichiga olgandi. Madaniy jihatdan bo‘ysundirilgan xalqlardan ancha orqada bo‘lgan Chingiziylar qaram o‘lkalar tarixiy taraqqiyotida salbiy iz qoldirdi. Chingizxon asos solgan saltanatda uluslarga bo‘lib boshqarish joriy qilingan bo‘lsa-da, har bir ulus mustaqil bo‘libgina qolmay, ular o‘rtasida uzoq yillar o‘zaro urushlar bo‘lib turdi. 1227 yilda Chingizxon vafot etganidan so‘ng uning davlati quyidagi to‘rtta ulusga bo‘lindi: 1. Jo‘jiylar (Jo‘ji avlodi) - Dashti Qipchoq. 2. Chig‘atoiylar (Chig‘atoy avlodi) - Yettisuv, Movarounnahr, Sharqiy Turkiston. 3. Xulagiylar (Tuluxonning o‘g‘li Xulagu avlodi) - Eron. 4. Yuan dinastiyasi (Tuluxon avlodi) - Mug‘iliston va Xitoy. Ushbu to‘rt sulolaning tarixiy taqdiri turlicha kechdi. Xitoyda hukmronlik qilgan Tuluxon avlodlari (Yuan sulolasi) xitoylashib ketadi. Ular Xitoyda 1368 yilgacha hukmronlik qilgan bo‘lsalar, Mug‘ulistonda XVII asrgacha hokimiyatni boshqaradilar. So‘nggi xulagiy hukmdori Abu Said 1335 yilda vafot etgach, Erondagi Xulagiylar davlati 1336-1353 yillarda inqirozga uchraydi. Chig‘atoiylar sulolasi XVII asr oxirlarigacha mavjud edi. Jo‘jixonlar avlodi Dashti Qipchoq va boshqa hududlarda XIX asr o‘rtalariga qadar mavjud edi. Butun hukmronlik davrida ular o‘rtasidagi o‘zaro urushlar deyarli to‘xtamadi. Chingizxonning qudratli davlat barpo etish jarayonidayoq yirik mug‘ul zodagonlari, harbiylari o‘rtasida ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan yunalish paydo bo‘ladi. Bu yo‘nalishlaming birinchisi - xon hokimiyati, davlatning markazlashuv jarayonlari, bosib olingan xalqlar, ularning iqtisodiyoti, madaniyati va diniga bo‘lgan ijobiy munosabatlardan iborat edi. Bu yo‘nalish tarafdorlari musulmonlar va karvon savdosi tashki 1 otchi 1 ari homiysi Ugedey (1229-1241 yy.), soliqlarni tartibga solib, shaharlar qurilishi va o‘troqlashuv jarayonlariga katta ahamiyat bergan Kebekxon (1318-1326 yy.) edi. XIII asr oxirlariga qadar, reaktsion, birinchi yo‘nalishga o‘ta dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan ikkinchi yo‘nalish ham kuchli bo‘lib, ularni mug‘ul harbiy - ko‘chmanchi zodagonlarining katta qismi qo‘llab-quvvatlar edi. Mug‘ul an’analari va urf-odatlarga sodiqligini saqlagan bu ko‘chmanchi zodagonlar o‘troq turmush tarziga va mahalliy aholiga dushmanlik kayfiyati bilan qarar edilar. Ular bosib olingan xalqlar mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashishni xohlamay, o‘troq aholiga nisbatan talan-taroj ob’ekti sifatida qarardilar. Ular shaharlar va qal’alami mug‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon markazlari deb bilardilar va ularni vayron etardilar. Shuningdek ular islom va mahalliy madaniyatlarning dushmanlari edilar. XIII asrning o‘rtalariga kelib bu ikki siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kurash ancha susaydi. Chunki, barcha mug‘ul zodagonlari keng ko‘lamda davom etayotgan bosqinchilik urushlariga faol ishtirok etib, bosib olingan xalqdarning boshqaruviga deyarli aralashmay qo‘ydilar. XIII asr 60-yillari oxirlarida yagona mug‘ul imperiyasi bir nechta mug‘ul davlatlariga bo‘linib ketishi natijasida Chig‘atoy ulusi tashkil topadi va Chig‘atoy zodagonlari o‘rtasida siyosiy kurash avj oladi. Dastlabki ikkita Chig‘atoy xoni - Muborakxon va Baroqxon Movarounnahrga yaqinlashishga harakat qildilar. Muborakxon bir nechta mug‘ul qabilalari (jaloyirlar, saroylar, barloslar va boshq.) bilan Yettasuvdan Angren daryosi vohasiga ko‘chib o‘tadi va 1266 yilda shu erda xon qilib saylanadi. Baroqxon esa Chag‘aniyonda (Surxon vohasi) o‘z mulkiga ega edi. Movarounnahrda olib borilayotgan siyosat ko‘chmanchi mug‘ul zodagonlarining qattiq qarshiligiga uchraydi. 1269 yilda Xayduxon Talas vodiysida mug‘ul shahzodalari va nuyonlarining qurultoyini to‘pladi. Bu qurultoyda qabul qilingan qarorlar o‘zaro kelishuv xususiyatiga ega bo‘ldi. Rashididdinning ma’lumotlariga ko‘ra, qurultoy qatnashchilari o‘zaro kelishib, “bundan buyon tog‘larda va dashtlarda yashashga, shaharlar atrofida turib qolmaslikka, ekin ekilgan erlarga chorva boqmaslikka, asoslanmagan soliqlar solmaslikka”qaror qildilar. Muborakxon va Baroqxondan so‘ng salkam yarim asr davomida Chig‘atoy xonlari Movarounnahrda o‘z qarorgohlarini bunyod etishga harakat qilmadilar. Ularning qarorgohlari Yettisuvda edi. Ko‘chmanchi mug‘ullarining Yettisuvga ko‘plab kirib kelishi, shuningdek, mug‘ul ko‘chmanchi zodagonlarining mahalliy o‘troq aholi manfaatlarini mensimasligi XIII asming oxirlariga kelib butun Yettisuv hududlarining yaylovlarga aylanishiga olib keldi. Shuningdek, I.V. Petrushevshskiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1273 yilgi Buxoroni vayron etib, o‘t qo‘yilishiga xulagiylar va chig‘atoiylar mug‘ullari birgalikda ishtirok etganlar. XIV asrning boshlarida Chig‘atoy xonlari yana madaniy rayonlar bilan barcha aloqalarni tiklashga, ular boshqaruvini qo‘llariga olishga, davlatni markazlashtirishga harakat qila boshladilar. Xonlarning bu siyosati qishloq va shahar aholisi tamonidan to‘la qo‘llab quvvatlandi. Ammo, 1316-1319 yillar davomida ko‘chmanchilik turmush tarzi va boshqa urushlar tarafdori bo‘lgan Chig‘atoy shahzodasi Yasovur (xon Yasu Munkaning o‘g‘li) Movarounnahr va Xurosonda qirg‘inbarot urushlar olib bordi. Yasovur olib borgan urushlar natijasida o‘troq aholi ko‘plab aziyat chekdi, xo‘rlandi. Ko‘plab ekin maydonlari payhon qilinib, qishloqlar, qal’alar, shaharlar vayron etildi. 1319 yil iyul oyida Kebekxon va Hirot holcimi Malik G‘iyosiddinning birlashgan qo‘shinlari Yasovur qo‘shinlarini tor-mor etdi. Yasovur esa o‘ldirildi. 1326-1334 yillarda hokimiyatni boshqargan Oloviddin Tarmashirin o‘troq hayot an’analarini qattiq turib himoya qiladi. Tarmashirin siyosatidan norozi bo‘lgan ko‘chmanchi mug‘ul zodagonlari 1334 yilda isyon ko‘tarib uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hokimiyat tepasida bo‘lgan Changshi (1334 y.), Bo‘zan (1334-1338 yy.), Eson Temur (1338-1342 yy.), Muhammad (1342-1343 yy.) lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmadi. Aksincha, mahalliy qabilalar hokimiyati, urug‘ boshliqlarining ta’siri bu paytga kelib yanada kuchayadi va Chig‘atoy hukmdorlari hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Chingizxon hali hayotligidayoq o‘zi tashkil etgan ulkan saltanatni o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlab bergan edi. Natijada mug‘ullar bosib olgan hududlarda to‘rta davlat, ya’ni, to‘rtta ulus vujudga keldi. Manbalarga ko‘ra, Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyga Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo‘lgan erlar berilgan bo‘lib, bu ulus tarkibiga Sharqiy Turkiston, Ettisuvning katta qismi va Movarounnahr hamda o‘ng qirg‘oq Amudaryodagi Balx, Badaxshon, G‘azna, Qobul kabi hududlar kirgan. Mug‘ullar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar natijasida hududlar qo‘ldan qo‘lga o‘tib turgan bo‘lsa-da, ulusning o‘zagi saqlanib qolgan edi. Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan Chig‘atoyning qachon tug‘ilganligi aniqlanmagan. Hali Chingizxon hayotligidayoq Chig‘atoy “Yasoqlar” va mug‘ul qonunlarining hamda an’analarining bilimdoni sifatida shuhrat qozongan edi. Chig‘atoy mulklarining asosiy qismi Ettisuvda bo‘lib, El Alargu deb atalgan. Uning bosh shahri Ili daryosi vodiysidagi Olmaliq shahri edi. Manbalarning xabar berishichi, Botuxon (1227-1255 yy.), O‘gedey (1229-1241 yy.) va Munkexon (1251-1259 yy.) lar zamonida mug‘ullar saltanati ijtimoiy- siyosiy hayotda muhim o‘rin to‘tib, Oltin O‘rda xonligiga asos solindi. Bulg‘or viloyati, Qrim va unga qarashli dengiz bo‘yi shaharlari, Kavkazning Darband, Boku shaharlarigacha, Xorazmning shimoli Urganch shahri bilan G‘arbda Dnestrdan boshlangan cho‘llar, Sharqda esa G‘arbiy Sibir va Sirdaryoning quyi oqimlarigacha bo‘lgan erlar Oltin O‘rdaga qaragan. Chig‘atoy o‘z erlariga mulk sifatida egalik qilgan edi. Rashididdin ma’lumotlariga ko‘ra, mug‘ullar davlatida O‘gedey hukmronligi davrida Chig‘atoy butun imperiyada shu qadar kuchli hokimiyatga ega ediki, hatto buyuk xonning o‘zi ham “uning maslahati va ko‘rsatmalarisiz” muhim qarorlar chiqara olmas edi. Ammo, shunga qaramasdan Chig‘atoy butun ulusning mustaqil hukmdori emas edi. Musulmon manbalarida bo‘lgani kabi, Xitoy manbalarida ham Chig‘atoy chehrasida kulgi bo‘lmagan, qaramog‘idagilarni qo‘rquvda ushlab turadigan, zulmkor shaxs sifatida tasvirlanadi. “Yasoqlar”ning bilimdoni va nazorat qiluvchisi bo‘lgan Chig‘atoy mug‘ul qonunlari buzilishini juda shafqatsiz jazolagan. Musulmon qonunlari ko‘pincha “Yasoq”larga mos kelmasligi tufayli u islomga yaxshi munosabatda bo‘lmagan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra Chig‘atoyning nomi quyidagilarda saqlanib qolgan: 1. O‘rta Osiyodagi mug‘ul davlatining rasmiy nomlanishi atamasida. 2. Chig‘atoy davlatining harbiy kuchlarini tashkil etgan ko‘chmanchilar nomida. 3. O‘rta asrlar O‘rta Osiyoda shakllangan adabiy til nomida. 4. Joylaming nomlanishida. Chig‘atoy ulusi tarkibiga kirgan hududlar o‘z geografik joylashuviga ko‘ra, Chingizxon asos solgan ulkan saltanatning ichki va tashqi, iqtisodiy va madaniy hayoti hamda aloqalarida, elchilik munosabatlarida katta o‘rin tutardi. Misol uchun, Chingizxon va uning dastlabki vorislari davrida saltanat poytaxti bo‘lgan Qoraqurum, keyinchalik Xonbaliq (Pekin) shaharlarini Dashti Qipchoqdagi Oltin O‘rda va Erondagi Xulagiylar davlati bilan bog‘lovchi muhim aloqa - savdo yo‘llari mug‘ullar saltanatining markazida joylashgan Chig‘atoy ulusi hududidan o‘tardi. Chig‘atoy ulusi hukmdorlari Buyuk ipak yo‘lining markaziy yo‘nalishini nazorat qilgan bo‘lsalar, Jo‘ji ulusiga bu yo‘lning shimoliy yo‘nalishi nazorati yuklatilgan. Bu yo‘nalishda Volga bo‘yi shaharlari bilan birga Xorazm vohasi ham katta o‘rin tutganligi tufayli, Xorazmning g‘arbiy qismi Jo‘ji ulusi tarkibiga lciritilgan. Umuman olganda, Chig‘atoy ulusi davrida Xitoy, Markaziy Osiyo va Dashti Qipchoqdagi ko‘pgina hududlarda turk-mug‘ul zodagonlari savdotranzit yo‘llari ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatadilar. Chig‘atoy ulusi tashkil topgach, Movarounnahr va Sharqiy Turkistonning madaniy viloyatlarini ulug‘ xon tomonidan tayinlangan Mahmud Yalavoch boshqargan. Ulug‘ xon shuningdek, Movarounnahrdagi mug‘ul qo‘shinlari boshliqlarini ham tayinlagan. Bu boshliqlar ko‘p hollarda barlos, jaloyir, qovchin va orlat qabilalaridan bo‘lgan. Ibn Arabshoh ma’lumotlariga ko‘ra, jaloyirlar Amudaryoning shimoli, Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlatlar Afg‘onistonning shimolida joylashganlar. Mahmud Yalavoch ham Movarounnahrda olib borgan siyosatida ko‘pincha shu qabilalarga suyanib ish ko‘rgan. Mug‘ullar ko‘chmanchi xalq bo‘lganligi uchun boshqaruv ishlariga no‘noq edilar. Asli xorazmlik bo‘lgan Mahmud Yalavochning Movarounnahr noibi etib tayinlanishi bejiz emas edi. Chig‘atoy ulusidagi harbiy bo‘lmagan hokimiyat, odatda, mahalliy aholi orasidagi bilimli va yuqori mavqega ega bo‘lgan shaxslarga berilgan. O‘troq xalqlarni boshqarish, zodagonlarni itoatda saqlash uchun boshqaruvdagi zarur bilimlar va tajribalar kerak bo‘lgan hollarda mug‘ullar orasida harbiy bo‘lmagan hokimiyatdagi oliy lavozimlarni egallashga qodir shaxslar deyarli yo‘q edi. Jo‘vayniy ma’lumotlariga ko‘ra, Chingizxon hayotligi davridayoq mug‘ul zodagonlarining yosh bolalari, hukmdor xonadonning bolalari maxsus o‘qitilgan bo‘lsa-da, Chingizxonning o‘zi ham, uning avlodlari ham bilimli shaxslarga, ma’muriy boshqaruvchilar va amaldorlarga, tabiblar va olimlarga, savdogarlar kabilarga juda katta ehtiyoj sezganlar. Shuning uchun ham Qoraqurumdagi buyuk xon va ulus xonlarining saroylarida bo‘ysundirilgan xalqlar vakillari, ayniqsa, musulmon madaniyati vakillari katta izzat-obro‘ga ega bo‘lganlar. Misol uchun, kelib chiqishi musulmon bo‘lgan Habash al-Hamid (ayrim ma’lumotlarda o‘trorlik, ayrimlari karmanalik deyiladi), Chig‘atoyning mahslaxatchisi bo‘lgan. Chig‘atoy ulusining harbiy bo‘lmagan boshqaruvi xorazmlik Mahmud Yalavochga, keyin esa uning o‘g‘li va nabiralariga topshirilgan. Mug‘ilistonning o‘zida va Chig‘atoy ulusida bo‘lib turgan noroziliklarga qaramay Yalavoch xonadoni Movarounnahr va Sharqiy Turkistondagi boshqaruvni XIV asr boshlariga qadar o‘z qo‘llarida saqlab qoldilar. Shuning uchun ham manbalarning ma’lumot berishicha, Chig‘atoy mug‘ul zodagonlari Movarounnahrdagi mahalliy zodagonlar, amaldorlar va savdogarlar orasidan tajribali ma’murlar, soliq yig‘uvchilar va boshqaruvchilarni topishda qiynalmaganlar. Shu sabab bo‘lsa kerakki, asta-sekinlik bilan Buxoro sadrlari, Termiz sayidlari, Shosh, Taroz, O‘tror, Xo‘jand maliklari o‘z mulklariga egalik qilishni tiklab oladilar. Chig‘atoy ulusiga dastlabki noib etib tayinlangan Mahmud Yalavoch ixtiyorida mug‘ullaming tayanchi bo‘lgan soliq yig‘uvchi mug‘ul bosqoqlari, mahalliy hokimlar, harbiy ma’murlar - dorug‘alar hamda mug‘ul harbiy bo‘linmalari bor edi. Yalavoch Xo‘jandda turib o‘z qo‘l ostidagi harbiy bo‘linmalari yordamida davlatni boshqargan va soliqlar yig‘ar edi. Buxoroda esa mahalliy zodagonlar va ruhoniylar vakillari boshqaruvni o‘z qo‘llariga olgan edilar. Ular mahalliy amirlar va sadrlar hisoblangan. Mahmud Yalavoch davridayoq (1227-1239 yy.) ko‘pchilik aslzoda zodagonlar, savdogarlar va qisman ulamolar ham o‘z jonlari hamda qolgan mol-mulklarini saqlab qolish maqsadida mug‘ullar xizmatiga o‘ta boshlagan edilar. Ulusda o‘zlarini tayanch va qo‘llab-quvvatlovchi kuchlari bo‘lishini xohlagan mug‘ul hukmdorlari ham bu toifadagi kishilarga rahnamolik qilar edilar. Buyuk Hoqon O‘gedey (1229-1241 yy.) davridayoq mug‘ullar o‘zlarining xizmatida bo‘lgan ayrim zodagonlarga,katta er egalari va savdogarlarga barot (ijara yorlig‘i) va payzalar bera boshlangan edilar. Payzalar qimmatbaho metallar (oltin, kumush, bronza) yoki yog‘och taxtachalardan ishlangan bo‘lib, unga nuyonning muhri qo‘yilgan. Bunday payzaga ega bo‘lgan kishilar, shu jumladan elchilar, soliqchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig‘im, to‘lovlami talab qilib olish huquqiga ega edilar. Shuningdek payza egalari aholidan ot-ulov, em-xashak, yotar joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli edi. Savdo yo‘llarida joylashgan bekatlar yom(jom) ulaming xizmati aholi bo‘ynida edi. 1235 yilgi xoqon farmoniga ko‘ra, har bir yomdagi aloqa xizmati ikki tuman aholisiga yuklatiladi. Ikki tuman aholisi yom uchun 20 bosh ot, so‘yishga qo‘y - echki, sog‘ishga biyalar, arava va boshqa anjomlar ajratishlari lozim edi. Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo‘lishidan qat’iy nazar umumhashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Aholiga o‘tkazilayotgan jabr-zulm mug‘ullarga qarshi norozilik isyoniga olib keldi. 1238 yil Buxoro atrofidagi Tarob qishlog‘ida Mahmud Tarobiy boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Ammo, qo‘zg‘olonchilar ayrim g‘alabalarga erishgan erishgan bo‘lsalarda, ko‘p o‘tmay mug‘ullarning Eldo‘z no‘yon va Chag‘an qo‘rchi boshliq harbiy kuchlari qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostiradilar. Mahmud Tarobiy ham halok bo‘ladi . Mahmud Tarobiy qo‘zg‘olonidan so‘ng Chig‘atoy Mahmud Yalavochni o‘z amalidan chetlashtiradi va ko‘p o‘tmasdan xoqon uni Pekin (Dasin) shahriga noib qilib jo‘natadi. Movarounnahrning noibi qilib esa uning o‘g‘li Ma’sudbek tayinlanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XIII asming 60-70-yillarida mug‘ullar orasida o‘zaro kurashlar kuchaygan bo‘lishiga qaramay, bosib olingan hududlardan mug‘ul harbiy sarkardalari, no‘yonlari, zodagonlari orasida siyosiy dunyoqarash o‘zgara boshlaydi. Ya’ni, ba’zi xonlar, harbiylar, zodagonlar va savdogarlarga o‘troq hayotga o‘tish istagi kuchaya boshladi. Mug‘ul zodagonlari dehqonchilik va savdo-sotiq xazinaning asosiy manbai ekanligini tushuna boshlagan edilar. Ya’ni, xohlagan kishi o‘z ixtiyoridagi kumush buyumlarni zarbxonaga olib borib, uni xohlagan tarzda, lekin bir xil hajm, qiymat va vaznda zarb etishi mumkin edi. Bu jarayon dastlab qiyin kechgan bo‘lsa-da, asta-sekin faollasha borib, aholining kumush tangalarga ishonchi mustahkamlandi, bunday tangalarning nufuzi ortib bordi. Natijada XIII asrning 80-90- yillarida Chig‘atoy ulusining 16 ta shahrida zarbxonalar ochilib, ularda doimiy ravishda kumush tangalar zarb etilgan. Bu davrda Eronda va Ettisuvda mug‘ul harbiy zodagonlari vayronagarchilik kelitirib chiqaruvchi urushlar qilib turgan bo‘lsalarda, ulaming bu harakatlari Movarounnahrdagi islohatlami to‘xtata olmadi. Chunonchi, 1273-76 yillarda Ma’sudbek vayron etilgan Buxoroni qayta tiklash ishlarini amalga oshirdi.Natijada Buxoroda iqtisodiy hayot, savdo-sotiq tiklanib 1273-82-yillar Buxoro zarbxonalari to‘liq ishlay boshladi. Savdo - iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan Farg‘ona vodiysida esa Chig‘atoy xoni Duvaxon (1291-1306 yy.) davrida Andijon shahriga asos solindi. XIV asrning boshlariga kelib Chig‘atoy davlati xonlari o‘z xazinalarini saqlash uchun shaharlar tanlay boshlaydilar yoki o‘zlari yangi shaharlarga asos sola boshlaydilar. Chig‘atoy xonlaridan birinchi bo‘lib Kebekxon (1309, 1318-1326 yy.), madaniy hayotga yaqinlashib, o‘troq turmush tarziga o‘tgan edi. U Nahshab shahri atrofida o‘ziga saroy qurdirdi va bu saroy (Qarshi) keyinchalik Kebekxon va uning atrofdagilaming doimiy qarorgohiga aylandi. Shu tariqa Chig‘atoy zodagonlari Movarounnahrdagi markazlarga o‘troqlashib bordilar. O‘z davrida Kebekxon davlatni idora etish, uning ma’muriy tuzilishini qayta tashkil etish, iqtisodiy hayotni qayta tartibga solish maqsadida ikki xil: ma’muriy va moliyaviy islohatlar o‘tqazdi. Ma’muriy islohatga ko‘ra, mahalliy tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar - maliklar, sadrlarning o‘rinlari turkiy-mug‘ul urug‘ boshliqlari qo‘liga o‘tdi. Noiblik esa merosiy bo‘lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha mustahkamlashda o‘zining ijobiy samarasini berdi. Ma’sudbek davrida amalga oshirilgan pul islohotani takomillashtirish, savdogarlaming pul muomalasidagi ayrim boshboshdoliklariga barham berish maqsadida Kebekxon pul islohotini ham o‘tkazadi. Bunga qadar tanga pullar Chig‘atoy ulusining ko‘plab shaharlarida mahalliy zodagonlar nomidan zarb etilardi. Kebekxon Xulagiylar va Oltin O‘rda tangalariga taqlidan ikki xil: yirilc kumush tanga - dinor va mayda kumush tanga - dirham zarb ettirishni yo‘lga qo‘ydi. Kebekxon tomonidan yagona umudavlat pullari muomilaga kiritilib, ular Kebekxon nomidan (kepakiy) asosan Buxoro, Samarqand va O‘tror zarbxonalarida zarb etilgan. Chig‘atoy dalatida ulus hukmdorlari va Chingiziylar XIV asming boshlariga qadar ko‘chmanchilar hukmdorlari bo‘lib qoldilar va Movarounnahrning ichki boshqaruviga bevosita aralashmaganlar. Chig‘atoy ulusida umuman olganda, ilgarigi ijtimoiy tuzum saqlanib qolgan va ayrim viloyatlar hamda shaharlardagi (Buxoro, O‘tror, Shosh, Xo‘jand, Farg‘ona, Talas) mahalliy boshqaruvda mug‘ullargacha bo‘lgan mahalliy aholi vakillari turgan. Ular Kebekxon davrigacha maliklar unvonida bo‘lib, mustaqil boshqaruvni amalga oshirganlar va o‘z viloyatlarida tangalar zarb etganlar. Manbalar mahalliy hokimlar va Chig‘atoy ulusining o‘troq viloyatlari oliy hukmdorlari o‘rtasidagi munosabatlar haqida to‘liq malumotlar bermaydi. Shuningdek, ulusdagi maliklar va sadrlar hamda mug‘ullardagi dorug‘achilar o‘rtasidagi munosabatlar ham uncha aniq emas. Aftidan, dorug‘achilar bo‘ysundirilgan shaharlarni mahalliy hokimlar bilan bilgalikda boshqarganlar. Movarounnahr bosib olinganidan so‘ng Chingizxon barcha shaharlarda dorug‘achilarni qo‘yib, keyinchalik ularga aholini ro‘yxatga olish, mahalliy aholi orasidan qo‘shin yig‘ish, pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish, turli soliqlar, o‘lponlar va yig‘inlar to‘plash hamda ularni saroyga etkazish vazifasi yuklatilgan. Chig‘atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim davrlardan bo‘lib qolgan siyosiy hayotdagi bunday tizim XIV asr boshlariga qadar saqlanib qoldi. Mug‘ul shahzodalari musulmon madaniyati an’analarini qabul qila borib, asta-sekinlik bilan ko‘chmanchilar an’analari bilan aloqani uzib, Movarounnahrning turli viloyatlariga joylasha boshlaydilar. Misol uchun, Iloq vodiysining Ohangaron deb atala boshlashi va bu erda o‘zbek - quramalarning paydo bo‘lishi mug‘ullar davriga to‘g‘ri keladi. Chig‘atoy o‘zbeklari degan tushunchaning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan Muborakshoh (Chingizxonning nabirasi, Chig‘atoyning o‘g‘li) 1246 yilda hozirgi Ohangaron shahri yaqinidagi Shavkat (qad. Sakokat) degan shaharchada qarorgoh qurib, mug‘ul hukmdorlari orasidan birinchilardan bo‘lib musulmonchilikni qabul qiladi va mahalliy aholi bilan juda yaqin qavm- qarindoshlik aloqasiga kirishadi. U hattoki, o‘zi mansub bo‘lgan olmaliq urug‘i vakillarining katta qismini mug‘ilistondan ko‘chirib keltirib, Sakokatning qarshisidagi daryoning so‘l sohilida, sero‘t adirlarga joylashtiradi. O‘sha qavm tufayli Olmaliq degan shahar hozir O‘zbekistonda ham, Mug‘ulistonda ham mavjud. O‘z davrida Kebekxon o‘tkazgan islohatlar o‘troq hayot, mahalliy aholi bilan yaqinlashuvga ko‘pdan beri qarshi bo‘lgan guruhlarning ham faoliyatini kuchaytirib yuboradi. 1326-1334 yillarda hukmronlik qilgan Tarmashirin Muborakshoh va Kebekxon siyosatini davom ettiradi. U butun Movarounnahr, Ettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilish jarayonida islomni rasmiy din deb e’lon qiladi va mazkur hududlar aholisini islomga majburan da’vat etadi. Tarmashirin siyosatidan norozi bo‘lgan ko‘chmanchi mug‘ul zodagonlari isyon ko‘tarib, 1334 yilda uni o‘ldiradilar. Download 195.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling