Somoniylar davlatida iqtisodiy hayot


Download 13.64 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi13.64 Kb.
#1466207
Bog'liq
Farmonqulov taqriz


Jizzax davlat pedagogika universiteti, Tarix fakulteti, 310-21-guruh talabasi
Y. Farmonqulovning “Somoniylar davlatida iqtisodiy hayot” mavzusida yozilgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan berilgan
T A Q R I Z
310-21-guruh talabasi Y. Farmonqulov tomonidan tayyorlangan kurs ishi kirish, ikki bob, 4 paragraf, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalaridan iborat bo’lib, birinchi b o b i Somoniylar davlatining tashkil topishi va siyosiy hayoti deb nomlanib, birinchi paragrafi Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi, ikkinchi somoniylar davlatining siyosiy hayoti masalalariga bag`ishlangan. Ikkinchi bobi esa Somoniylar davlatining xo‘jalik hayoti, ishlab chiqarish munosabatlari va iqtisodiy hayot deb nomlanib, Somoniylar davlatining xo`jalik hayoti, Somoniylar davlatining iqtisodiy hayoti va ishlab chiqarish munosabatlari haqidagi ma`lumotlari bayon etilgan. Kurs ishi 31 varaq hajmida yozilgan bo’lib, ma’lumotlar manba va adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Kurs ishida 19 nomdagi zamonaviy darsliklarni, o’quvqo’llanmalarni, huquqiy-me’yoriy hujjatlarni, statistik ma’lumotlarni va ko’pchilik tomonidan keng foydalanilayotgan internet saytlarini o’z ichiga oladigan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Ammo kurs ishida yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjud.Jumladan: -kurs ishining 20 betida keltirilgan ma’lumotining manbasi keltirilmagan;
-foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati tarkibida kurs ishining 16 betidagi
“havola” (snoska)da ko’rsatilgan manba keltirilmagan.
Ushbu kamchiliklar kurs ishining sifat ko’rsatkichini pasaytirmaydi va kurs
ishini talaba tomonidan himoya qilishga tavsiya etiladi.
Umid qilamizki, kelgusida talaba tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqot ishlarida yuqorida keltirilgan kamchiliklarga yo’l qo’yilmaydi.


Ilmiy rahbar p.h.d. D.Xolmurodov
Download 13.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling