Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
8.2. Sovitish suyuqliklari Ichki yonuv dvigatellari havo yoki suyuqlik bilan sovitiladi. Dvigatel ishlayotganda sovituvchi suyuqlik harorati 85-90 0 C ga, ba’zan 105-110 0 C ga etadi. Bu suyuqliklarga quyidagi talablar qo’yiladi: - qaynash harorati sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15-20 0 C yuqori bo’lishi kerak; 102 - qotish harorati havoning haroratidan 5-10 0 C past bo’lishi kerak; - metall detallarni korroziyalamasligi kerak; - suyuqliklar arzon, etarli, yong’in chiqish jihatidan xavfsiz bo’lishi kerak. Sovitish tizimida suvdan va antifrizdan foydalaniladi. Suv issiqlikni yaxshi o’tkazadi, issiqlik sig’imi katta, qovushqoqligi past bo’lib, ishlatishga qulay. Suvning umumiy qattiqligi deganda undagi kaltsiy va magniy tuzlarining umumiy miqdori tushuniladi. Suv qaynaganda kaltsiy va magniy tuzlari cho’kmasdan, eritmada qoladi. Agar suvdagi tuzlar 3,0 mG-ekvivalentlardan oshmasa, bu suv yumshoq hisoblanadi. Tarkibida 6,0mG-ekvivalentdan ortiq tuzlar bo’lgan suv qattiq hisoblanadi. Qattiq suvni yumshoq suvdan unda sovun ko’pirtirib aniqlash mumkin. Suvni yumshatishning eng oddiy usuli, uni 15-20 minut davomida qaynatishdir. 1l suvni tarkibida 20,04 mG kaltsiy va 12,16 magniy tuzlari bo’lsa bu suvning qattiqligi 1 mG ekvivalentga teng deyiladi. Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarga antifrizlar kiradi. Bu suyuqlik etilenglikol va suvning aralashmasidan (muzlaydi) hosil bo’ladi. Etilenglikol - ikki atomli spirt CH 2 ON-CH 2 ON bo’lib, rangsiz tiniq suyuqlik. U suv, spirt va atsetonda yaxshi aralashadi va neft maxsulotlarida erimaydi. Suv 0 0 C da, etilenglikol - 11,5 0 C da muzlaydi. 33,3% suv va 66,7% etilenglikoldan iborat aralashmaning qotish harorati - 70 0 C ga teng. 16-rasm. Etilenglikol va suvning muzlash harorati. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling