Moylar va maxsus suyuqliklar
Jadval 1 Yonilg’i va yonuvchi aralashmalarning yonish issiqligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Jadval 1
Yonilg’i va yonuvchi aralashmalarning yonish issiqligi. Yonilg’i Hisoblab topilgan havo miqdori, kg/kg Yonilg’ining yonish issiqligi kJ/kg(kkal/kg) Yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi, kJ/kg(kkal/kg) Avtomobil benzini 14.8 43961 (10500) 2780 (664) Aviatsiya benzini 14.9 44380 (10600) 2788 (666) Dizel yonilg’isi 14.4 42700 (1020) 2771 (662) Etil spirti 8.4 25958 (6200) 2763 (660) Benzol 13.2 39356 (9400) 2771 (662) Yonilg’i bug’larining havo bilan har qanday aralashmasi ham dvigatelda alangalanib yonavermaydi. Aralashmaning yuqori va past alangalanish chegaralari bo’ladi aralashmaning yuqori chegarasiga havoda yonilg’i bug’lari 112 shuncha miqdorda bo’ladiki, aralashma bundan ham quyuqlashib ketganda u alangalanmaydigan bo’lib qoladi. Alangalanishning past chegarasida havoda yonilg’i bug’lari etarli bo’lmaydi, agar èndi aralash-ma bundan xam suyuqlashsa, u yonmaydigan bo’lib qoladi. q0.450.5 bo’lganda benzinning alangalanish chegarasi yuqori, q1.351.40 da past bo’ladi. Bosim va haroratni ko’tarilish bilan bu chegaralar bir oz kattalashadi. Karbyuratorli dvigatellar uchun asosiy yonilg’i sifatida turli sort va markadagi benzinlar ishlatiladi. Benzinlar oson bug’lanadigan yonuvchi suyuqlikdir. Ularda massasi bo’yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod va juda oz mikdorda kislorod, azot va oltingugurt bo’ladi. Benzinlarning zinchligi 0,712-0,742 g/sm 3 , yonganda chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJ/m 3 . Zichligi nisbatan katta va yonganda ko’p issiqlik ajralib chiqqanligi uchun yonilg’ining bu turi bilan ishlaydigan avtomobillar ancha katta yurish yo’liga ega èkanligi (400 km va undan ortiq) bilan farq qiladi. Dvigatel hosil qiladigan quvvat, uning tejamkorligi, ishonchligi va samarali ishlashi ko’p jixatdan tanlanadigan benzinning xossalariga bog’liq bo’ladi. Benzin qo’yidagi ekspluatatsion talablariga javob berishi kerak. 1) karbyuratsion xossalari yuqori bo’lishi, ya’ni barcha rejimlarda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va barqaror ishlashini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilish kerak; 2) yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo’lishi, ya’ni har qanday ish rejamida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi lozim; 3) yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli darajada yuqori bo’lishi zarur; 4) baklarda, yonilg’i berish apparatlarida smolalar xamda dviga-telning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum xosil qilishi zarur; 5) uzoq saqlanganda ham xossalari o’zgarmasligi uchun yuqori barqarorlikka ega bo’lishi kerak; 6) rezervuar, baklar, trubalarni korroziyalamasligi, uning yonish maxsullari esa dvigatel detallarini korroziyalamasligi lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling