Moylar va maxsus suyuqliklar


-MAVZU. KARBYURATORLI DVIGATELLAR UCHUN YONILG’ILAR


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   151
9-MAVZU. KARBYURATORLI DVIGATELLAR UCHUN YONILG’ILAR. 
DIZEL DVIGATELLARI UCHUN YONILG’ILAR. GAZLI YONILG’ILAR.
 
 
Reja: 
1. Umumiy ma'lumotlar  
2. Benzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar 
3. Benzinlarning asosiy xossalari va sifat ko`rsatkichlari 
4. Yonilg`ining oktan soni  
5. Etillangan benzinlar 
6. Benzinning markalari va turlari 
 
Ichki  yonuv  dvigatellarida  yonilg’ilarning  ximiyaviy  energiyasi  issiqli 
energiyasiga, issiqlik energiyasi mexanik ishga aylanadi. Dvigatelning foydali ish 
koeffitsienti  qancha  yuqori  bo’lsa,  uning  ko’rsatkichlari  ham  shuncha  yuqori 
bo’ladi. Yonuvchi aralashma hosil bo’lish xarakteriga ko’ra dvigatellar ikki turga: 
aralashma  silindrlar  ichida  hosil  bo’ladigan  dizel  dvigatellari  va  aralashma 
silindrlar tashqarisida hosil bo’ladigan karbyuratorli gaz dvigatellariga bo’linadi. 
Neftdan  olingan  barcha  yonilg’ilar  turli  qaynash  haroratiga  ega  bo’lgan 
uglevodorodlarning  murakkab  aralashmasidir.  Masalan,  dizel  yonilg’isi  170-
200
0
C  haroratda,  benzin  esa  35-200
0
C  da  qaynaydi.  Qishki  sort  yonilg’i  va 
benzinlar yengil fraktsion tarkibga ega, past haroratda bug’lanadi. 
Yonilg’ilarning  sifati  ko’rsatiladigan  pasportlarda  bug’lanuvchanligi  fraktsion 
tarkib bilan baholanadi. Fraktsion tarkib qo’yidagicha aniqlanadi. Maxsus priborda 100 
ml  yonilg’i  qizdiriladi.  Ajralib  chiqayotgan  bug’lar  sovutiladi.  Natijada  u  suyuqlikka 
aylanadi.  Bu suyuqlik o’lchov  silindriga  yig’iladi.  Haydash  vaqtida avval  benzinning 
qaynay boshlash harorati, so’ngra 10, 50, 90% benzinning qaynab bo’g’lanish harorati 
hamda,  qaynab  bo’g’lanish  oxiridagi  harorati  yozib  qo’yiladi  (dizel  yonilg’isi  uchun 
faqat  50  va  96%  qaynash  nuqtalari  yozib  ko’yiladi).  Bu  ma’lumotlar,  odatda, 
standartlarda va sifat pasportlarda keltiriladi. Ba’zi yonilg’ilarning haydash egri chizig’i 
3 rasmda ko’rsatilgan. 
 


108 
 
 
4-rasm. Yonilg’i haydashning egri chiziqlari 
1-qishki benzin; 2-yozgi benzin, 3-qishki dizel yonilg’isi, 4-yozgi dizel 
yonilg’isi, 5-avaatsiya benzini. 
Benzinlarning yengil fraktsiyalari (egri chiziqda 10% yonilg’ining qaynay 
boshlashidan  to  qaynab  bug’languncha  bo’lgan  oraliq)  yurgizib  yuborish 
frakiyalari  deb  ataladi.  Bu  fraktsiyalarning  ma’lum  miqdori  dvigatelni  yurg’izib 
yuborish  va  qizdirish  uchun  kerak  bo’ladi.  Agar  benzin  yomon    berkitiladigan 
rezervuar va baklarda saqlansa, bo’g’langanda uning yurg’izib yuborish xossalari 
keskin yomonlashadi. 
Yonilg’ida  osongina  bug’lanadigan  fraktsiyalarning  juda  ko’p  bo’lishi 
maqsadga  muvofiq  emas.  Bu  holda  dizel  dvigatellarida  yonilg’i  kuchli  yonadi, 
karbyuratorli dvigatellarning yonilg’i naychalarida bo’g’lar tiqilib qoladi, buning 
natijasida dvigatel normal ishlamaydi (o’ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, ba’zan 
to’xtab  qoladi  va  uni  sovitmasdan  yurgizib  yuborish  mumkin  bo’lmaydi).  Bu 
xodisa  ko’pincha  qishki  sort  benzinlarni  yozda  ishlatganda  so-dir    bo’ladi. 
Shuning   uchun  xam  yengil   fraktsiyalarning  miqdori cheklanadi, benzin qaynay 
boshlash temperaturasi 35
0
S dan past bo’lmasligi lozim. 
Yonilg’ining 10 %  dan 95 %  gacha qismi  qaynab bug’lanadigan harorat 
uning asosiy  qismining bug’lanishini  xarakterlaydi. U  ish  fraktsiyasi deb ataladi. 
Dvigatelning  ish  xarakteri,  qizish  muddati  karbyuratorli  dviga-tellarni  bir  ish 
rejimidan boshqasiga tez o’tkazish imkoniyati (yoqilg’ini qabul qiluvchanligi) ish 
fraktsiyasiga  bog’liq.  Standartda  ish  fraktsiyasi  50%  qaynash  nuqtasi  bilan 
normallanadi.  U  qancha  past  bo’lsa,  yonilg’ining  tarkibi  shuncha  bir  xil  bo’ladi 
hamda dvigatel shuncha turg’un ishlaydi. 
90%  qaynash  nuqtasidan  to  qaynab  bug’lanishning  oxirigacha  og’ir 
uglevodorodlar  bug’lanadi  (egri  chiziqning  pastki  qismi).  Bu  nuqtalar  orasidagi 
temperaturalar  farqi  qancha  kam  bo’lsa,  yonilg’ining  sifati,  uning  tejamligi 
shuncha  ko’p  bo’ladi  va  dvigatellar  shuncha  kam  eyiladi.  Yonilg’ida  og’ir 
uglevodorodlarning  bo’lishi  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki  ular  batamom 
bug’lanib ketmaydi. Ular suyuq tomchi holatida qolib, porshen xalqalari orasidagi 
tirqishdan  dvigatel  karteriga  tushadi,  surkov  moylarini  yuvib  ketadi,  moyni 
suyultiradi, natijada dvigatel qismlari tez eyiladi va yonilg’i sarfi ortadi. 
Yonilg’ining  fraktsion  tarkibi  karbyuratorli  dvigatellar  uchun  muxim 
ahamiyatga  ega.  Dizellarda  yonilg’ining  to’zitilish  sifati,  chiqayotgan  gazning 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling