9.4. Dizel yonilg’ilari uchun ekspluatatsion talablar.
Dizel dvigatellarida yonilg’i to’la va sifatli yonishi uchun ular quyidagi
ekspluatatsion talablariga javob berishi kerak:
1. Yuqori bosim nasosi uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg’i yaxshi
so’rilishi va haydalishi (buning uchun yonilg’i optimal qovushqoqlikka, zarur past
harorat xossalariga ega bo’lishi) lozim.
2. Mayin to’ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo’lishi (buning
uchun fraktsion tarkibi va qovushqoqligi optimal darajada bo’lishi) zarur.
3. Dvigatel oson yurg’izib yuborishi va "yumshoq" ishlashi uchun
tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (bu yonilgining oktan soni,
qovushqoqligi va fraktsion tarkibiga bog’liq), barkaror yonishi, hamda yonganda
mumkin qadar ko’p issiqlik chiqarishi zarur.
4. Klapanlarda, porshenlarda va porshen xalqalarida ko’p qurum hosil
bo’lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunkalarning to’zitkichlari
kokslanmasligi lozim (bular esa yonilg’ining kimyoviy hamda fraktsion tarkibiga,
tozalash usuli va darajasiga bog’liq).
5. Rezervuarlarni, yonilg’i berish tizimini va dvigatel detallari
korroziyalamasligi kerak (bular oltingugurtli birikmalar, organik hamda mineral
kislotalar, suv miqdoriga bog’liq):
6. Uzoq muddat saqlanganda xossalarini o’zgartirmasligi zarur.
Ekspluatatsion sifatini bildiruvchi fizik va kimyoviy xossalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |