Moylar va maxsus suyuqliklar
Dizel yonilg’isining qovushqoqlik xossalari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Dizel yonilg’isining qovushqoqlik xossalari. Yonilg’ining yonuvchi
aralashma tarkibida silindrdagi ish sifatiga ta’sir ètuvchi xossalaridan biri- qovushqoqlik xossasidir. Qovushqoqlik deb, suyuqliklarning ichki ishqalanishiga qarshilik ko’rsatish xossasiga aytiladi. Suyuqliklarning bunday xossasi ularning molekulalarini xarakati orqali hosil bo’ladi. Qovushqoqligi deganda oquvchanlikni ham tushunish mumkin. Masalan jumrakli kanistrdan(bakdan) benzin, moy, dizel yonilg’isini ko’yib vaqtni belgilasak, benzin tezroq to’ladi, dizel yonilg’isi ozgina sekinroq, moy esa yana ham kechroq oqadi. Demak, qovushqoqlik deb, tashqi kuch ta’sirida suyuqlik zarralari haraktlanganda bir-biriga ko’rsatadigan qarshilikka aytiladi. Dizelli dvigatellar uchun yonilg’ining qovushqoqligi katta axmiyatga ega. Suyuqlikning ichki xossalarini belgilaydigan absolyut qovushqoqlik va shartli(mavxum qiymatga ega bo’lgan) qovushqoqlikga bo’ladi. Absolyut qovushqoqlik, o’z navbatida, dinamik qovushqoqlik va kinematik qovushqoqlik bo’linadi. Dinamik qovushqoqlik - puazda (P, o’lchamligi gsm/s) o’lchanadigan ichki ishqalanish koeffitsientidir. Puaza-yuzi 1 sm 2 bo’lgan bir-biridan 1 sm masofada turuvchi ikkita suyuqlik qatlamining 1 dina(gsm/s 2 )ga teng tashqi kuch ta’sirida 1 sm/s tez-likda o’zaro harakatlanishiga bo’ladigan qarshilikdir. Xalqaro o’lchov bir-liklari tizimi SIda yuza m 2 da, kuch-nyutonda, masofa metrda o’lchalanadi. Binobarin, qovushqoqlik o’lchamligini ns/m 2 bo’ladi. 1Pq0,1ns/m 2 . Neft maxsulotlarining xossalarini baholashda, odatda kinematik qovushqoqlik - ichki ishqalanishning solishtirma koeffitsienti ko’rib chiqiladi. Kinematik qovushqoqlik va dinamik qovushqoqlik o’zaro bog’liq , ya’ni bir xil haroratdagi dinamik qovushqoqlik()ning suyuqlik zichligi nisbatiga teng. Kinematik qovushqoqlik stoks(St) yoki undan 100 marta kichik bo’lgan birlik-santistoksda(sSt) o’lchanadi. SI sistemasida kinematik qovushqoqlik m 2 /s da o’lchalanadi, chunki kgmskgm 3 ya’ni kgms kgm 3 kgm 3 mskgm 2 s 1St10 -4 m 2 s 1sSt10-6m 2 s Dizel yonilg’isi uchun 20 0 S haroratdagi qovushqoqlik meyorlanadi, turli markadagi yonilg’ilar uchun qovushqoqlik 1,86,0 sSt atrofida bo’lishi kerak. qovushqoqligi o’rtacha bo’lgan (20 0 Sda, 2,54,0 sSt)dizel yonilg’isidan foydalanishi ma’qul. Qovushqoqlik kamayib ketishi yoki oshib ketishi yonilg’i berish apparatlarining ishi hamda aralashma xosil bo’lish va yonilg’ining yonish protsessi buziladi. Yonilg’i yuqori bosim nasosi plunjer juftidagi zazor orqali o’tadi, shu sababli qovushqoqlik pastligi purkash bosimining kamayishiga olib keladi, bu 124 holda yonilg’i forsunka teshiklari orqali purkalmasda sizib chiqadi natijada yonuvchi aralashma sifatsiz bo’ladi. Yonilg’i nasosining pretsizion juftlari yonilg’i bilan moylanadi, yonilg’i qovushqoqligi pasayishi natijasida moylash xossalari yomonlashadi, bu esa eyilishning oshishiga yonilg’i sarfini oshishiga, dvigatel quvvatini pasayishiga olib keladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling