Moylar va maxsus suyuqliklar


 Dizel yonilg’isining setan soni va uni aniqlash


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151
9.6. Dizel yonilg’isining setan soni va uni aniqlash. 
Yonilg’i tarkibidagi normal parafin uglevodorodlar harorat va siqilgan havo 
bosimi ta’sirida eng avval parchalanadi  va  oksidlanadi.   
Aromatik  uglevodorodlar  qiyin  oksidlanadi  va  qiyin  alangalanadi(o’z-
o’zidan  alangalanish  harorati  juda  yuqori).  Bular  qatoriga    -  metilnaftalin 
C
10
H
7
CH
3
 kiradi.                       
bo’lib,  ètalon  aralashmaning  ikkinchi  tashkil  ètuvchisi  sifatida  qabul  qilingan. 
Uning o’z-o’zidan alangalanishga moyilligi "0" birlik  bilan baholanadi. 
Dizel  yonilg’isining  setan  soni  deb,  setan  va  -metilnaftalindan  tashkil 
topgan,  yonish(o’z-o’zidan  alangalanish)  taCHifi  sinalayotgan  yonilg’inikiga 
teng(o’xshash) bo’lgan sun’iy tayyorlangan aralashmadagi protsentda  hisoblangan 
oktan miqdoriga(hajmi bo’yicha) aytiladi. 
Setan  soni  bir  silindrli  IT9-3  ustanovkasida  aniqlanadi.  Bu  ustanovka 
o’zgaruvchan siqish darajasida(7 dan-23 gacha) ishlash imkonini beradi. Aniqlash, 
sinaladigan  dizel  yonilg’isini  va  ètalon  yonilg’ini  qiyosiy  yondirish  yo’li  bilan 
amalga oshiriladi. 
Avval  qat’iy  belgilangan  sharoitda  dizel  yonilg’isi  sinaladi,  keyin 
alangalanuvchanligi  xuddi  shunday  bo’lgan  ètalon  aralashma  tanlanadi.  Kritik 


127 
 
siqish  darajasi  bo’yicha  tekshirilayotgan  yonilg’inikiga  mos  kelgan  ètalon 
yonilg’ining setan soni qabul  qilinadi. 
Dizel  dvigatellarini  ishlatishda  yonilg’i  purkalishini  ilgarilatish  burchagi 
to’gri o’rnatilgandagina  yonilg’i  yaxshi  yonadi,  ya’ni bu burchak optimal  bo’lishi 
zarur. U katta yoki kichik bo’lganda dvigatel quvvati kamayadi, yonilg’ining chala 
yonishi, ortiqcha sarflanishiga hamda dvigatelning F.I.K. kamayishiga olib keladi. 
Setan soni  yonilg’ining  yonish protsessidagina emas, balki  uning  yurgizib 
yuborish  sifatlariga  ham  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Yozda  setan  soni  45  birlikka, 
qishda  esa  50  birlikka  teng  bo’lgan  yonilg’i  ishlatilganda  dvigatelni  normal 
yurgizib  yuborish  va  bosimni  asta-sekin  oshirish(dvigatel  yumshoq  ishlashi) 
mumkin.  Setan  soni  40  dan  kichik  bo’lsa,  dvigatel  qattik  ishlaydi,  50  dan  katta 
bo’lsa, alanga yonish kamerasidar  bir xil tarqalmaydi va forsunka oldida yonadi. 
Setan  sonini  oshirish  uchun  1%  gacha  maxsus  prisadka-izopronil  nitrat 
ko’shish mumkin. U setan sonini 10-12 birlikka oshiradi. 
 
 
 
Setan  soni  dizel  yonilg’isining  o’z-o’zidan  o’t  olishni  tavsiflaydi. 
Dizelning  silindrlariga  tushayotgan  yonilg’i  darxol  emas,  bir  oz  vaqt  o’tgach 
alangalanadi,  bu  vaqt  yonilg’ining  o’z-o’zidan  alangalanishining  kechikish  davri 
deyiladi,  bu  vaqt  qancha  kam  bo’lsa,  silindrlarida  yonilg’i  shuncha  ko’p  vaqt 
yonadi. Gaz bosimi bir tekis oshib boradi va dvigatel ravon(keskin taqillanmasdan) 
ishlaydi.  Yonilg’ining  o’z-o’zidan  alangalanishi  boshlaguncha  bo’lgan  davr  katta 
bo’lganda  silindrda  to’plangan  yonilg’i  qisqa  vaqt  ichida  yonadi,  gaz  bosimi  bir 
zumda  oshib  ketadi.  Shuning  uchun  ham  dizel  ravon  ishlamaydi  (taqillangan 
tovush  chiqadi).  Dvigatel  qattiq  ishlaganda,  uning  detallari,  ayniksa,  podshipnik 
vkladishlari tez eyiladi, porshen xalqalari deformatsiyalanadi, yonilg’i sarfi ortadi. 
Setan  soni  qancha  katta  bo’lsa,  dizel  yonilg’isining  o’z-o’zidan  alangalanishi 
boshlaguncha  bo’lgan  davr  shuncha  kichik  bo’ladi,  dvigatel  shuncha  ravon 
ishlaydi, dvigatelni ishga tushurish harorati xam shuncha past bo’ladi. 
12-rasm. Dizel yonilg’isining setan sonini sovuq dvigatelni ishga tushirish 
bog’liqligi grafigi.
 


128 
 
 
13-rasm. Setan sonini o’zgarishini dizel dvigatelining parametralariga 
bog’liqlik  grafigi. 
1-alangalanishni kechikish davri, T
k
 2-bosimining oshish tezligi, 3-yonilg’ining 
solishtirma sarfi, g. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling