Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
To’yingan bug’ bosimi. Bu bosim benzin tarkibida oson bug’lanadigan
fraktsiyalar borligini bildiradi va uni yurgizib yuborish xususiyatini xarakterlaydi. Benzinning to’yingan bug’ bosimi ezgi benzinlar uchun 667Pa dan katta bo’lmasligi va qishki benzinlar uchun esa 667-933Pa atrofida bo’lishi lozim. Bosim past bo’lsa, sovuq dvigatelni yurgizib yuborish qiyin bo’ladi, bosim belgilangandan yuqori bo’lsa, ta’minlash tizimida yozda bug’ tusini hosil bo’lishi mumkin. Bundan tashqari benzinni saqlash va tashish vaktida uning ko’p qismi bug’lanib isrof bo’ladi. Benzin tarkibida mexanik aralashmalar va suv bo’lmasligi kerak. Mexanik aralashmalar jiklerlarning tez eyilishiga va filtrlar xizmat muddatining kamayishiga sabab bo’ladi. Qishda suv muzlab, muz tusini hosil bo’lsa, buning oqibatida karbyuratorda uzluksiz benzin kelishi buziladi. Benzinlar detonatsion xossalariga ko’ra markalarga ajratiladi. Avtomobil benzinlarining markasida motor usulida aniqlangan oktan soni (A-72, A-95) yoki tekshirish yo’li bilan aniqlangan oktan soni (Ai-93, Ai-98) ko’rsatilgan bo’ladi. Aviatsiya benzinlarining markasi (B-70 benzini bundan mustaCHo) kasr son bilan ko’rsatiladi, kasrning suratida motor usulida aniqlangan oktan soni, maxrajida esa navi ko’rsatilgan bo’ladi (B-91/115, B-95/130, B-100/130). Benzin markasining dvigatelga mos tushish-tushmasligi, birinchidan, uning siqish darajasiga, ikkinchidan bir silindrning ish xajmiga va uchinchidan, dvigatelning tuzilishiga bog’liq. Dvigatelning siqish darajasi qanchalik yuqori va silindrning ish hajmi qanchalik katta bo’lsa, unda ishlatiladigan benzinning oktan soni shuncha katta 121 bo’lishi zarur, siqish darajasining 0,2-0,25 xissa ortishi oktan sonining bitta birlikka oshirilishini talab qiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling