9.2. Organik perekis birikmalarining xosil bo’lishi.
Yonilg’ining detonatsiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyati oktan soni bilan
baholanadi. Shu sababli dvigatelning detonatsiyali ishlashini kamaytirish uchun
benzinni dvigatel konstruktsiyasiga tug’ri keladigan oktan sonli rusimini tanlab
olish zarur(alangalanishi optimallashtirishni biroz kamaytirish, drosselni yopish,
valning xarakat tezligini ko’paytirish natijasida ham detonatsiyani to’xtatish
mumkin).
Benzinning oktan soni bir silindrli dvigatelda ishlatilib ko’rilib, namunaviy
(ètalon) yonilg’i bilan taqqoslanib ikki xil usulda aniqlanadi.
1) Motor usuli (qo’zg’almas) - GOST 511-66, dvigatel IT9-2
2) Tadqiqot (avtomobilda tekshirish)-GOST 8226-66,IT9-2
Ikkala usulda ham dvigatelda siqish darajasini o’zgartirish imkoniyati
mavjud bo’lib, benzin va namunaviy yonilg’i ishlatilib ko’riladi va dvigatel
detonatsiya bergandagi siqish darajasi bo’yicha solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |