3.4. Moylarni ishqor bilan tozalash
Moyda sulfat kislotalar, sulfat kislotani qoldiqlari, neft kislotalari
bo’ladi.Bu mahsulotlar moy distillyatlaridan 3-10% NaOH eritmasi bilan
neytrallanib chiqarib tashlanadi. Jarayonni harorati 45-50
o
S. Moydagi nordon
(javxar) mahsulotlar tuzlar xosil qilib ishqor eritmasiga o’tadi. Ishqoriy
chiqindilardan tozalangandan so’ng moyni neft kislotalarni qoldiqlaridan tozalash
uchun issiq par kondensati bilan yuviladi va havo bilan quritiladi. Ishqorni sarfi
tozalanadigan moyni 0,2-1,5% (mass) ni tashkil qiladi. Bunda 2-5% mass moy
yo’qotiladi.
Yuqori yopishqoq distillyat va qoldiq moylar uchun ishqor bilan tozalash
usulini qo’llash mumkin emas, chunki barqaror emulyasiya xosil bo’ladi. Nordon
yopishqoq moylar oqartiruvchi tuproqlar bilan tozalanadi. Ishqor bilan tozalash
jarayoni uzluksiz va uzlukli bo’lishi mumkin.
Uzlukli jarayon
ishqoriy aralashtirgichda olib boriladi.
Kislotali
aralashtirgichdan farqli ishqoriy aralashtirgichni ichki qismi korroziyaga qarshi
ximoyalangan bo’lib, viniplast yoki diabaz plitalari bilan qoplangan, chunki
moydagi kislotali muxit korroziyaga olib keladi.
Uzluksiz jarayon 0,6-1,0 MPa
bosimida olib boriladi. Uzluksiz jarayonni
uzlukli jarayondan afzalligi 1) moy yaxshi tindiriladi, 2) moyni isrof bo’lishi
kamayadi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |