Moylar va maxsus suyuqliklar
IV 39 3.5. Neft bitumlari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
IV
39 3.5. Neft bitumlari Bitumlarni iste’mol qilish barcha mamlakatlarda to’xtovsiz o’sib bormoqda. Bitum asosan sanoat qurilishida, uy-joy qurilishida va yo’llar qurilishida, xamda ta’mirlashda ishlatiladi. Bitumdan yasalgan apparatlar (toshlarini yopish uchun ishlatiladigan materiallar) xuddi shunday betondan yasalgan materiallardan 2-2,5 marta arzondir. Bitumlar qora plastik neft mahsuloti bo’lib markasi va ishlatish soxasiga qarab suyuq, yarim qattiq va qattiq bo’ladi. Bitumlar barcha neft mahsulotlarga qaraganda yopishqoqligi yuqoriroq. Fizik-kimyoviy xossalariga ko’ra bitumlar asfalten va yuqori molekulyar smolani moylardagi assostirlangan birikmasi va plastmolekulyar smolalarning murakkab kolloid sistemasidir. Asfaltenlar moylar va smolalar bilan qanday nisbatda ekanligiga qarab mustaxkam karkasli yoki aloxida-aloxida misstellali birikmalar xosil qiladi. Moylar smolalarni eritadi, asfaltenlarni esa shishirtiradi. Bitumlarga umuman va yo’l qurilishida ishlatiladigan bitumlarga nisbatan qo’yilgan talablarnng asosiy vazifasi mineral materiallarni (qum, tosh) bir-biriga yopishtirish, ularga gidrofob xususiyatini berish va zarrachalar orasidagi bo’shliqlarni to’ldirishdir. Shuning uchun asfaltlangan yo’llarni mustaxkamligi va uzoq vaqt ishlashga chidamliligi bitumlarning sifatiga bogliqdir. Yo’l qurilishida ishlatiladigan bitumlarga quyidagi talablar qo’yiladi: Sovuqqa chidamli bo’lishi kerak yoki sovuqda o’z egiluvchanligini yo’qotmasligi kerak. Xarakat qilayotgan transportning ta’siriga, ya’ni siqilish, uzilish, urilishlarga chidamli bo’lishi kerak. Mineral materiallarning quruq yoki nam yuzasi bilan yaxshi yopishishini ta’minlashi kerak. Uzoq vaqt davomida o’zining boshlangich yopishqoqligini va mustaxkamligini saqlashi kerak. Qurilishda ishlatiladigan bitumlar elastik bo’lmasalar xam nisbatan qattiqroq bo’lishi kerak. Ekspluatastiya jarayonida bitumlar quyosh ta’sirida havodagi kislorod, issiq sovuq haroratni keskin o’zgarishi va dinamik kuchlarini zo’rayishni (ortishi) natijasida maydalanib ketadi. Bitumni kolloid tuzilishi buziladi, smola, asfaltenlar karben va karboidlarga o’tadi, bitum yaxlit ko’rpa xosil qilish qobiliyatini yo’qotadi, mo’rt bo’lib qoladi. Bundan tashqari materiallarga - tosh, qumlarga yopishish sifatini yo’qotadi. Bu esa o’z navbatida yo’llarni, truboprovodlarni izolyastiyasini, tomga yopiladigan to’llarni bizilishiga olib keladi. Yo’l qurilishi uchun tez, o’rta, sekin qotuvchi bitum markalari: BG, SG, MG, xamda sifati yaxshilangan yopishqoq bitum (BND) ishlatilsa, sanoat va fuqarolar qurilishi uchun - BN markali neft bitumlari qo’llaniladi. Tayyor bitumlarni ekpluatastiya xususiyatlari bir qancha ko’rsatkichlar bo’yicha tekshirib turiladi: Ninani 25 o S dagi bitumga botishi (MM) chuqurligi bilan. Yumshash harorati bilan ( o S), (uzuk va shar usuli). Cho’ziluvchanligi, 25 o S. Mo’rtlik harorati, o S. 40 Kogeziya (MPa 20 o Sda) va adgeziya bilan. Ignani bitumga botishi va yumshashi uni qattiqligin ko’rsatadi, cho’ziluvchanligi uni elastikligini ko’rsatadi. Kogeziya-bitumni yuqa qatlamini uzilishiga sinalgandagi mustaxkamligini belgilasa, mo’rtlik harorati uni sovuqqa chidamliligini ko’rsatadi. Adgeziya - bu bitumni minerallarga yopishqoqlik xususiyatini ko’rsatadi va sifatiga qarab belgilanadi. Yo’l qurilishida ishlatiladigan cho’ziluvchan bitumlarga qo’yilgan texnik talablar jadvalda keltirilgan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling