Moylar va maxsus suyuqliklar
-rasm. Moyni ishqor bilan uzluksiz tozalash qurilmasini texnologik chizmasi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
9-rasm. Moyni ishqor bilan uzluksiz tozalash qurilmasini texnologik chizmasi.
I - Xom ashyo, II - 2,5% N a OH rastvor, III - Ishqoriy chiqindilar, IV - Suv, V - Havo, VI - Tozalangan moy. Xom ashyo nasos N-1 orqali issiqlik almashuv apparati T-1ga beriladi va 50 o S gacha qizdiriladi, keyin pech P-1ga berilib, u erdan 150-170 o S harorat bilan chiqadi. So’ng aralashtirgich S-1 da 1-2,5% li ishqorli eritma bilan aralashtiriladi. Aralashtirma tindirgich E-1 ga beriladi va u erda sovun va ishqordan tozalanadi. Ishqorli chiqindilar o’z ogirligi bilan sovutgich X-1 da 70 o gacha sovutilib naften kislotalarni ajratish uchun rezervuarlarga beriladi. Tindirgich E-1ni yuqori qismidan ishqorsizlangan moy 130-140 o S harorat bilan aralashtirgich S-2 ga beriladi, aralashtirgichga nasos N-3 bilan harorati 60 o Sbo’lgan suv beriladi. Suv bilan moy aralashmasi tindirgich E-2 ajratiladi. Tindirgichni tagidan yuvilgan suv sovutgich X-2 orqali o’tib 70 o S li harorat bilan neft kislotalarini ajratish uchun rezervuarga beriladi. Ishqorsizlantirilgan va yuvilgan moy tindirgich E-2 ni ustki qismidan olinib T-1ga beriladi, u erda 80 o S gacha sovutiladi, so’ngra kolonna K-1 ga berilib u erda havo bilan quritiladi. Kolonna K-1ni pastki qismidan ishqorsizlantirilgan moy chiqarib olinadi. Kislota ishqor usuli bilan moylarni tozalash jarayonini selektiv tozalash jarayoniga nisbatan o’ziga xos kamchiliklari bor. H 2 SO 4 bilan tozalangan moyni (10-12 birlik) yopishqoqlik indeksi past, kislota effektivligi 40-50%. Nordon gudron ko’pincha foydalanilmaydi. Moy gudron bilan yo’qotiladi (3-10% mass) - distillyat moylar uchun va 25-30% mass qoldiq moylar uchun. ~ К-1 П-1 С-1 Е-1 С-2 Е-2 Х-2 Н-3 Х-1 III III Н-2 II V VI Н-4 V Н-1 I Т-1 ~ Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling