Moylar va maxsus suyuqliklar
Yoqilg’ilarning to’liq yonishini oshiruvchi qo’ndirmalar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.7. Yoqilg’ilarning to’liq yonishini oshiruvchi qo’ndirmalar
Yoqig’ilarning dvigatellarda to’liq yonmasligi natijasida kamera devorlarida cho’kindilar hosil bo’lishi va qayta ishlangan gazlarda taksik moddalar hosil bo’ladi. Yonish kamerasida yoqilg’ilarni to’liq yonmasligidan hosil bo’lgan cho’kindilarning klapanlarda, purkash oynalarida, forsunkalarning ignalarida hosil bo’lishi ularning ishonchliligi, mashina va mexanizm ishlarining iqtisodiy effektivligini pasaytiradi. Qo’ndirmalarni yoqilg’ilarga qoldiqlarni kamaytirish, tarkibini o’zgartirish uchun va qo’shimcha xossalarni kamaytirish uchun qo’shiladi. Etillangan benzinga bunday qo’ndirma sifatida trikrezilfosfat 0,014% miqdorda qo’shiladi. Xisoblashlaricha tetraetilqo’rg’oshin yonish mahsulotlari uglerodni qizdirishdagi yonish haroratini pasaytiradi kamerada qizishning qoldiqlari hosil bo’ladi. Ishchi aralashmaning bunday uchqun yonishidan emas balki qizish yuzasining ta’sirida yonish kuzatiladi. Etillangan benzinga fosfor va borning qo’shilish natijasida TEQ birikmasi hosil bo’ladi. Maxalliy neftni qayta ishlash sanoatida xozirgacha benzinlarga fosforli qo’ndirmalar ishlatilgani yo’q. Gaz turbinalari va isitish qurilmalari metallarining vanadiyli koroziyasi bilan kurashish uchun Ba, Ca, Si, Al, Mg, P, Zn va boshqa element birikmalari 56 qo’shilmoqda. Bu qo’ndirmalarni % ni bir necha 100 dan bir miqdorida qo’shiladi. Uning qo’shilishidan Na va vanadiyning korroziyalanmaydigan birikmalari hosil bo’ladi. Xattoki eng zamonaviy dvigatellar ishlashida bir qancha miqdor karbonat angidridi bo’lgan gazlar, qattiq uglerodli chiqindilar va boshqa toksik moddalar hosil bo’ladi. Bunday dvigatellarni kar’er, shaxta, shtolen va boshqa qiyin shamollatiladigan joylarda ishlatish uchun «tutunsiz» qo’ndirmali yoqilg’ilar ishlatiladi. Eng effektiv birikmalari birinchi navbatda 100 dan bir miqdor % da dizel yoqilg’ilarga qo’shiladi. Tutunsiz qo’ndirmalarni yoqilg’ilarga qo’shish atrof- muxitni ifloslanishini oldini oladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling