Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.11. Biostid qo’ndirmalari
4.10. Deaktivatorlar
Antioksidlovchi qo’ndirmalar yoqig’ilar saqlanganda xususan bazi bir metallar va splavlar ishtrok etganda yomonlashadi. Yoqilg’ilar oksidlashdagi metallarning katalitik ta’sirini yo’qotish uchun va antioksidlovchilar sarfini kamaytirish uchun maxsus qo’ndirmalar deaktivatorlar qo’shiladi. Ular metall ionlarini kompleks birikmalari bilan bog’laydi. Maxalliy sanoatda metall deaktivatorlari xozircha qo’llanilmaydi. 4.11. Biostid qo’ndirmalari Tropik iqlim rayonlarda yuqori harorat va havo namligi yuqori bo’lgan sharoitlarda mikroorganizmlarni ko’p xillari neft mahsulotlari xossalarini yomonlashtiradi. Yoqilg’i va suv orasidagi yuzada mikrobiologik massalarning hosil bo’lishi, korrozion agressivlikni ortishi filtrlarning va ximoya vositalarini yoqilg’i baklarining korroziyasini tezlashtiradi. Mikroorganizmlarni zararli oqibatlariga qarshi biostit qo’ndirmalari qo’shiladi. Ularning ta’siri mikroorganizmlarni o’sishini, yoqilg’ilarning ifloslanishini to’xtatishga asoslangan. Tropik iqlim rayonlarida biostid qo’ndirmalarni qo’llash chegaralangan. Yoqig’ilarning surkov qobiliyatini oshiruvchi qo’ndirmalar. Bu turdagi qo’ndirmalarni ishlab chiqarish yaqindan boshlangan lekin ularni ayrim turlari keng tarqalgan. Dizel va reaktiv dvigatellarda yoqilg’i yonish kamerasiga maxsus plunjer nasoslari yordamida forsunkalar orqali uzatiladi. Bunday nasoslar yoqilg’ini o’zi bilan moylanadi, bu detallarning axvoli yoqilg’i xossalariga bog’liq. Ularning surkov (moylik) qobilyatini xossasini yaxshilash uchun maxsus qo’ndirmalar ishlatiladi. Ular detal sirtida yuqori ximoya xossasiga ega bo’lgan chidamli yupqa plenkalar xosil qiladi. Sirt aktiv moddalar - yoqilg’ilarni bunday xossasini yaxshilaydi. Shuningdek ayrim antioksidlovchilar yog’li kislotalar qo’ndirmalari ham termik stabillikni yaxshilashda effektivdir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling