Moylar va maxsus suyuqliklar
Dizel yonilg’isining setan soni va uni aniqlash
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
9.6. Dizel yonilg’isining setan soni va uni aniqlash.
Yonilg’i tarkibidagi normal parafin uglevodorodlar harorat va siqilgan havo bosimi ta’sirida eng avval parchalanadi va oksidlanadi. Aromatik uglevodorodlar qiyin oksidlanadi va qiyin alangalanadi(o’z- o’zidan alangalanish harorati juda yuqori). Bular qatoriga - metilnaftalin C 10 H 7 CH 3 kiradi. bo’lib, ètalon aralashmaning ikkinchi tashkil ètuvchisi sifatida qabul qilingan. Uning o’z-o’zidan alangalanishga moyilligi "0" birlik bilan baholanadi. Dizel yonilg’isining setan soni deb, setan va -metilnaftalindan tashkil topgan, yonish(o’z-o’zidan alangalanish) taCHifi sinalayotgan yonilg’inikiga teng(o’xshash) bo’lgan sun’iy tayyorlangan aralashmadagi protsentda hisoblangan oktan miqdoriga(hajmi bo’yicha) aytiladi. Setan soni bir silindrli IT9-3 ustanovkasida aniqlanadi. Bu ustanovka o’zgaruvchan siqish darajasida(7 dan-23 gacha) ishlash imkonini beradi. Aniqlash, sinaladigan dizel yonilg’isini va ètalon yonilg’ini qiyosiy yondirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Avval qat’iy belgilangan sharoitda dizel yonilg’isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi shunday bo’lgan ètalon aralashma tanlanadi. Kritik 127 siqish darajasi bo’yicha tekshirilayotgan yonilg’inikiga mos kelgan ètalon yonilg’ining setan soni qabul qilinadi. Dizel dvigatellarini ishlatishda yonilg’i purkalishini ilgarilatish burchagi to’gri o’rnatilgandagina yonilg’i yaxshi yonadi, ya’ni bu burchak optimal bo’lishi zarur. U katta yoki kichik bo’lganda dvigatel quvvati kamayadi, yonilg’ining chala yonishi, ortiqcha sarflanishiga hamda dvigatelning F.I.K. kamayishiga olib keladi. Setan soni yonilg’ining yonish protsessidagina emas, balki uning yurgizib yuborish sifatlariga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Yozda setan soni 45 birlikka, qishda esa 50 birlikka teng bo’lgan yonilg’i ishlatilganda dvigatelni normal yurgizib yuborish va bosimni asta-sekin oshirish(dvigatel yumshoq ishlashi) mumkin. Setan soni 40 dan kichik bo’lsa, dvigatel qattik ishlaydi, 50 dan katta bo’lsa, alanga yonish kamerasidar bir xil tarqalmaydi va forsunka oldida yonadi. Setan sonini oshirish uchun 1% gacha maxsus prisadka-izopronil nitrat ko’shish mumkin. U setan sonini 10-12 birlikka oshiradi. Setan soni dizel yonilg’isining o’z-o’zidan o’t olishni tavsiflaydi. Dizelning silindrlariga tushayotgan yonilg’i darxol emas, bir oz vaqt o’tgach alangalanadi, bu vaqt yonilg’ining o’z-o’zidan alangalanishining kechikish davri deyiladi, bu vaqt qancha kam bo’lsa, silindrlarida yonilg’i shuncha ko’p vaqt yonadi. Gaz bosimi bir tekis oshib boradi va dvigatel ravon(keskin taqillanmasdan) ishlaydi. Yonilg’ining o’z-o’zidan alangalanishi boshlaguncha bo’lgan davr katta bo’lganda silindrda to’plangan yonilg’i qisqa vaqt ichida yonadi, gaz bosimi bir zumda oshib ketadi. Shuning uchun ham dizel ravon ishlamaydi (taqillangan tovush chiqadi). Dvigatel qattiq ishlaganda, uning detallari, ayniksa, podshipnik vkladishlari tez eyiladi, porshen xalqalari deformatsiyalanadi, yonilg’i sarfi ortadi. Setan soni qancha katta bo’lsa, dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanishi boshlaguncha bo’lgan davr shuncha kichik bo’ladi, dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushurish harorati xam shuncha past bo’ladi. 12-rasm. Dizel yonilg’isining setan sonini sovuq dvigatelni ishga tushirish bog’liqligi grafigi. 128 13-rasm. Setan sonini o’zgarishini dizel dvigatelining parametralariga bog’liqlik grafigi. 1-alangalanishni kechikish davri, T k 2-bosimining oshish tezligi, 3-yonilg’ining solishtirma sarfi, g. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling