Mexanik aralashmalar va suv. Yonilg’i apparati detallarini va
dvigatelning o’zini eyilishiga sabab bo’lgani, shuningdek yonilg’ining uzluksiz
uzatilib turilishiga zararli ta’sir ko’rsatgani uchun dizel yonilg’isi tarkibida
mexanik aralashmalar va suv bo’lmasligi kerak.
Yonilg’ining rusmlari. Avtomobillar uchun uch rusmdagi:
L (yozgi)
Z (qishki)
A (arktik) dizel yonilg’ilari ishlab chiqariladi.
129
Dizel yonilg’isining turlari.
Tarkibida oltingugurtning miqdoriga ko’ra ikki xil:
1-massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,2% gacha
2-massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,5% gacha (arktik moylar uchun
0,4%) bo’lgan dizel yonilg’ilari bo’ladi.