Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlatilishi. L markali dizel yonilg’isi atrof havo harorati 0 0 S dan yuqori, Z markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 20 0 S gacha, A markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 50 0 S gacha bo’lganda ishlatiladi. 9.8. Gazli yonilg`ilar Mamlakatimiz yonilg’i bazasida gazsimon yonilg’i kattagina o’rin egallaydi. Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki avtomobil tranportida ham yildan- yilga ortib bormoqda. Gazsimon yonilg’i boshqa yonilg’i turlariga nisbatan qator afzalliklarga ega: keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud, u havo bilan osongina aralashadi (taqsimlanadi) va rostlanadi. Gaz yonilg’ilarni issiqlik berishi yuqori. Ular yonganida yuqori harorat hosil qiladi, tarkibida korroziyalovchi agressiv moddalar yo’q. Gazsimon yonilg’idan foydalanish juda qulay: xonalar ifloslanmaydi, chunki u yonganda qorakuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo’lmaydi, yonish maxsullari tarkibida tirik tabiat uchun zaxarli moddalar yo’q. Gazsimon yonilg’i markazlashtirilgan usulda saqlanadi , bu esa foydalanish uchun qulay, individual omborxona, maxsus omborlar talab etilmaydi. Gaz magistrallaridan foydalanish, ayniksa, qattiq va suyuq yonilg’i zaxiralari bo’lmagan xududlar uchun juda muxim. Gazsimon yonilg’ilarning asosiy kamchiliklari, ularning portlovchanligidadir. Agar xavfsizlik texnikasi hamda yong’inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinsa, shuningdek tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz ustanovkalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanish mumkin. 130 Eng yuqori kaloriyali gazlar(yonganida 20000 kJ/m 3 yoki 5000 kkal/m 3 issiqlik chiqaradigan)ga tabiiy gazlar, neft gazlari, yo’ldosh gazlar, shuningdek neftni qayta ishlashda olinadigan turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling